Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#qulaylik

📨 Xorijga chiqish biometrik pasportini Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!


🚗 Endilikda tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasportini olish uchun migratsiya bo'linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borishingiz shart emas.

Buning uchun ariza berayotganda xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berilishini ko‘rsatsangiz kifoya.

💰Bunda pochta xarajatlari xizmatdan foydalanuvchi hisobidan qoplanadi.

⌛️Tayyor bo'lgan xorijga chiqish pasporti pochta xizmati orqali 1-2 ish kunida yetkazib beriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-son qarori.

Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Oltinsoyda 10 yillik huquqiy muammo hal etildi

Oltinsoy tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan 2025-yil
8-iyul kuni nikohi qonuniy qayd etilmagan fuqarolar M.Rashidov va D.Jummayevalarning qonuniy nikohlari qayd etilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Sizda ham shu kabi muammolar mavjudmi? Darhol tuman(shahar) adliya bo'limlariga murojaat qiling.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍4
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi


“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1073-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qonunga ko'ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🔹 davlat hisobini yuritish;

🔹 maqsadli ko'rsatkichlarni belgilash;

🔹 issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo'yicha faoliyatni qo'llab-quvvatlash.

📝 Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.

✔️ O'zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to'liq tasarruf etiladi.

🔗 "Yashil" loyihalar to'g'risidagi ma'lumotlar uglerod birliklari reestriga kiritiladi.

📃 Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to'g'risidagi hisobotda ko'rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo'lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko'zda tutilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_hudud

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqovning navbatdagi tashrifi Sherobod tuman adliya bo‘limiga bo'ldi.

Sherobod tumaniga tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Muloqot davomida boshqarma boshlig‘i A.Isoqov sohada, xususan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan  o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍5
Ҳайдовчилик гувоҳномасини йўқотган тақдирда қандай ҳаракат қилиш керак?

Ҳайдовчилик гувоҳномасини йўқотган тақдирда ариза берувчи ДЙҲХХ органи (Давлат йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати) ёки Давлат хизматлари марказига ўзи келиб мурожаат қилиши ёки Ягона интерактив давлат хизматлари порталида (ЯИДХП) рўйхатдан ўтиши мумкин.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official
#Adliya_hudud

Angor tuman adliya bo'limining faoliyati kompleks tartibda o'rganildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Isoqov Angor tumaniga tashrifi davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limi xodimlari bilan individual suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i A.Isoqov tuman adliya bo'limida nikohni qonuniy qayd etish uchun zamonaviy dekoratsiyalar asosida tashkil etilgan tantanalar saroyi bilan tanishdi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilib, ularning yechimi yuzasidan  o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍41🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-219-son, 07.07.2025 y.) qabul qilindi


🔰 Qarorga ko'ra, 2010-yil 10-dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to'g'risidagi shartnomasiga o'zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.

🗓 Bayonnoma 2024-yil 18-oktabrda Moskva shahrida imzolangan.

🏢 Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

📝 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari #OAV

"Qumqo‘rg‘on sadosi" gazetasining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari S.Yuldasheva hamda Sh.Mirzayevning maqolasi chop etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-220-son, 08.07.2025-y.) qabul qilindi


🔰 Qarorga ko'ra, O'zbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati o'rtasidagi readmissiya to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

🗓 Mazkur bitim 2025-yil 12-martda Parij shahrida imzolangan.

🏢 Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

📝 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM