Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.3K photos
1.61K videos
59 files
11.4K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim maktablarda fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi


🔰 Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:

🔹chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o'qitish amaliyoti joriy etiladi;

🔹matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan o'qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lanadi.

Prezident maktablarining mahalliy o'qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo'shimcha ustama to'lash tartibi joriy etiladi.

🔘 Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to'lanadi:

🔸Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta'lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o'qitish bo'yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;

🔸Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo'yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo'lish.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Turon yo'lbarslari” harbiy sport musobaqalari o'tkaziladi


🔰Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Agentlik tizimidagi maktablarda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy qilish maqsadida darsdan tashqari mashg'ulotlar sifatida quyidagi mashg'ulotlar tashkil etiladi:

1️⃣ 5–8-sinflarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarimizning ibratli hayotini bugungi harbiylarimiz jasorati bilan bog'lab, Vatan himoyachisi ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan;

2️⃣ 9–11-sinflarda harbiy o'yinlar va sport musobaqalarini o'tkazish, o'quvchilarning harbiylar bilan bevosita uchrashuvlarini tashkil etish orqali harbiy-vatanparvarlik tuyg'ularini oshirish va harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini o'tashga yo'naltirilgan.

Har yili o'quvchilar o'rtasida “Turon yo'lbarslari” harbiy sport (“Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o'q otish, qurolni to'liq bo'lmagan qismlarga ajratish va yig'ish, sport qurolidan o'q otish, birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish) musobaqalari o'tkaziladi.

▶️ Milliy an'ana va qadriyatlarni aks ettiradigan namunaviy maktab burchaklari tashkil etiladi.

📋 O'quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-hissiy va estetik didni rivojlantirish, tarixiy siymolar hayotini badiiy talqinda aks ettirish, milliy qadriyatlarni ulug'lashga yo'naltirilgan “Turon” teatr studiyasi faoliyati tajriba-sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirish takomillashtiriladi


"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:

🔹33 million so'mgacha, bir yildan so'ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo'shimcha 50 mln so'mgacha revolver asosida;

🔹ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

🔹yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo'lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so'mgacha garovsiz;

🔹10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so'mgacha garovsiz.

✔️ Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi


Hukumat qarori (169-son, 29.03.2024 y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning yagona ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi

🔰 Unga ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarga 10 dan ortiq xulosalar berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning tartibi belgilandi, jumladan:

Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqlik to'g'risida;

Bino (inshoot) va xonalarning yong'in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to'g'risida;

Gidrogeologik xulosa berish;

Avtomobillarga yonilg'i quyish shaxobchalarining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to'g'risida;

Radiotexnik inshootlarning sanitariya xulosasini (sanitariya pasporti) berish;

Diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish yuzasidan xulosa berish;

Dori vositalari va biologik faol qo'shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish bo'yicha.

📝Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat etadi yoki YIDXP
(my.gov.uz) orqali murojaat etadi.

📌 YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, arizani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Davlat xizmatini ko'rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi:

🔹ariza beruvchi belgilangan talablarga javob bermaganda;
🔹hujjatlarda yolg'on yoki qalbaki ma'lumotlar ko'rsatilganligi aniqlanganda;
🔹talabgor tomonidan belgilangan muddatda hujjatlar qayta taqdim etilmaganda.

🚫Davlat xizmatini ko'rsatishni boshqa asoslarga ko'ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emaslik vaji bilan rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

📃 Davlat xizmatini ko'rsatish rad etilganda, ariza beruvchi 1 oy muddatda davlat xizmatini ko'rsatishni rad etish asoslarini bartaraf qilgan holda yig'im to'lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.

📤 Xulosa obyekti mazkur Reglament va tegishli pasportlar talablariga muvofiq bo'lganda, vakolatli organ tomonidan QR-kod qo'yilgan xulosa avtomatik ravishda shakllantiriladi va tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

🗂 Xulosaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo'ladi:

🔸ariza beruvchi xulosaning amal qilishini bekor qilish bo'yicha murojaat qilganda;
🔸xulosaning amal qilish muddati tamom bo'lganda;
🔸xulosa obyekti tugatilganda, o'zgartirilganda va yo'q qilinganda.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi


“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o'tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
Prezident Qarori (PQ-146-son, 01.04.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Unga ko'ra, Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 2024 yilda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda ularni eksport qilish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 1,5 trillion so'mgacha bo'lgan miqdorda kredit resurslari yo'naltiriladi.

✔️ Mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xo'jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda jozibador lokasiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va Savdoga ko'maklashish jamg'armasiga amalda ajratilgan mablag'lar hisobidan oldindan 100 foiz to'lab berish tartibi joriy qilinadi.

⚠️ Bunda, ko'rgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda, jumladan “AAA” bo'lganda 100 foiz, “AA” – 95 foiz, “A” – 90 foiz, “BBB” – 85 foiz, “BB” – 75 foiz hamda “B” – 65 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

🗓 2024-yil 1-apreldan:

🔹meva-sabzavot mahsulotlari bo'yicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati o'tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo'llanmaydi;

🔹2026-yil 1-yanvargacha mahallalarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yig'ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni o'zini o'zi band qilgan shaxslar sifatida ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat beriladi.

📁 O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizasiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yo'lga qo'yadi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

Yo'qolgan kadastr pasportini qay tartibda tiklash mumkin?

Ushbu savolga Sho'rchi tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi V.Xoliyorov javob beradi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
👍3
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, 2024-yilda o'rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko'chat yetishtirish ishlarini yo'lga qo'yish orqali kamida 10 ming nafar aholining bandligi ta'minlanishi belgilangan.

🔘Bunda:

🔹o'rmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida ko'chat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;

🔹kasanachilik asosida ko'chat yetishtirish belgilangan sxema bo'yicha amalga oshiriladi;

🔹kasanachilik asosida ko'chat yetishtirishni yo'lga qo'yish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablag'lar Ekologiya jamg'armasi hisobidan ajratiladi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish tartibi qanday?

Ushbu savolga Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo'limi YXKM bosh yuristkonsulti S.Choriyev javob beradi.

Huquqiy savodxonlik davr talabi!


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
👍2
Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

batafsil✍️

🗯 Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
F
.Mamatov

Kanalga ulanish 👉 
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
👍2
Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi.

batafsil✍️

🗯 Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i S.Mengliqulov

Kanalga ulanish 👉 
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ish vaqtidan tashqari ishlarning eng ko‘p davomiyligi qancha bo‘lishi kerak?


Manba: Mehnat kodeksi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
👍1
☑️ Qonunchilikka ko'ra, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin:

🔹aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun;

🔹zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.

🚫 Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

⚠️ Shuningdek, tovush signalini sababsiz berish, transportlarga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o'rnatish, xuddi shuningdek ularni o'zgartirib o'rnatish, BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2
#Bilasizmi

Aliment uchun chet elga chiqishga qo'yilgan taqiqni olib tashlash tartibi: muhim 6 ta qoida


Aliment to'lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migrasiya bilan bog'liq. Bunday hollarda chet elga chiqishga qo'yilgan taqiqni alimentni oldindan to'lash yoki aliment bo'yicha garov shartnomasini tuzish orqali olib tashlash mumkin.

Batafsil 👉 O'qish

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xodim boshqa ishga o'tkazilayotganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Manba: Mehnat kodeksi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Farzandi xususiy maktab yoki xususiy bog'chaga borayotgan ota-onalarga soliq imtiyozi bor.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Ishlaydigan onalarga bolasini ovqatlantirishga tanaffus beriladi.

Batafsil ✍️

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti O.Xursandov

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Bilasizmi

❗️Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi


🔰 Qonunchilikka ko‘ra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

💰 Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.

☑️ Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:

▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;

▫️ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;

▫️xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;

▫️nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;

▫️norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;

▫️odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;

▫️umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;

▫️muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Bilasizmi

✔️Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblash to'xtatilishi belgilangan.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

✔️ Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi.

👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya 👈