Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.3K subscribers
11.4K photos
1.3K videos
59 files
9.94K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Sariosiyo tuman adliya bo‘limi FXDY bo‘limi xodimlari "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tuman tug‘ruqxonasiga tashrif buyurib, bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni tantanali ravishda taqdim etishdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_aralashuvi_bilan

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro murojaatiga asosan tumandagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi (sport targ‘ibotchisi) Sh.Nurmatovaning manfaatini ko‘zlab, FIB Denov tumanlararo sudiga 7 003 530 so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini undirish haqida kiritilgan ariza qanoatlantirilib, sud buyrug‘i chiqarilishiga erishildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari Termiz shahridagi 2-sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga bayram homiylik sovg'alari hamda OTMga kirish uchun qo'shimcha darslarga qatnashish uchun sertifikat taqdim etildi.
#Sayyor_davlat_xizmatlari

Angor tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan markazga kelish imkoni bo‘lmagan “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro II guruh nogironi D.Bobomuratovaning xonadoniga tashrif buyurib, sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi. (Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
2022-yil 1-iyun kuni Sariosiyo tumani adliya bo‘limi 1 va 2-son FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan tuman oila va xotin qizlar qo‘mitasi bo‘limi, FIB Sariosiyo tumanlararo sudi hamda Sariosiyo tumani bosh imom xatibi bilan hamkorlikda tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, yarashtirish choralari ko‘rildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_jamiyat_sari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, S.Abrayev va S.Yuldashevalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha o‘z ishini boshlagan komissiya faoliyati, fuqarolarimizning ham mazkur siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishining o‘ziga xos ahamiyati hamda takliflarni bildirish, bu jarayonlarda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha Surxondaryo teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Huquqiy jamiyat sari” ko‘rsatuvida chiqish qilindi.

Siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmang

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi Sh.Safarov ishtirokida joriy yilning 1-iyunidan qonunchiligimizda kuchga kirgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati hamda amalda qo‘llanish tartibiga oid mavzuda Surxondaryo teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Kun mavzusi” ko‘rsatuvida chiqish qilindi.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish tartibi belgilandi

“Xalq ta'limi tizimida davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (295-son, 01.06.2022-y.) qabul qilindi

🔰Qaror bilan quyidagilar bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlandi:

🔹bolalarni davlat maktablariga qabul qilish hamda o'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o'tkazish;
🔹chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar farzandlarini maktabga qabul qilish uchun arizalar olish;
🔹eksteriat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish;
🔹umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish.

Shunga ko'ra, har yili 1-maygacha o'quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir maktab (sinf)dan boshqasiga o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladigan hududlar ro'yxati tasdiqlanadi va Xalq ta'limi vazirligi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

❗️1-sinfga bolalar ular 7 yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi.

☑️ Davlat xizmati ko'rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig'im undirilmaydi.

🗓 Ariza beruvchi mikrohudud bo'yicha maktabga qabul qilish uchun har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YAIDXP yoki Xalq ta'limi vazirligining elektron xizmatlar portalida ro'yxatdan o'tadi.

🔘 Ariza beruvchining yashash manzili bo'yicha maktabda tanlagan ta'lim olish tilidagi sinf bo'lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa maktab mikrohudud sifatida biriktiriladi.

So'rovnoma to'ldiriladi hamda hududiy xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan 3 ish kunida ko'rib chiqilib, mikrohudud bo'yicha maktabga yuboriladi yoki sababi ko'rsatilgan holda qaytariladi. Bu haqda ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.

📋 Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda mikrohudud bo'yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnomani maktabga taqdim etadi.

Maktab qabul komissiyasi tomonidan 1 ish kunida bolani maktabga olish yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi.

🚫 Quyidagi hollarda qabul komissiyasi bolani maktabga qabul qilishni rad etishi mumkin:

▫️tibbiy ma'lumotnomada maktabda ta'lim olish tavsiya etilmagan bo'lsa;
▫️tanlangan tilda bola boshlang'ich so'zlashuv ko'nikmasiga ega bo'lmasa;
▫️so'rovnomadagi ma'lumotlar noto'g'riligi aniqlansa.

📌 Mikrohududdan tashqaridan bolalar maktabga har yili 1–15-avgust kunlari qabul qilinadi.

⚠️ Mazkur tartib Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi maktablarga nisbatan qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Bilasizmi

💊 Farmasevtika faoliyatining quyidagi yo'nalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi:

🔸 tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
🔸 dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo'yicha
ilmiy-tadqiqot ishlari;
🔸 dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
🔸 dorivor o'simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Joriy yilning 03-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqaramasi bosh maslahatchisi J.Choriyev va Bandixon tumani adliya bo’limi boshlig’I R.Xurramov tomonidan tumandagi Bandixon mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqorolarning murojatlari tinglanib, 5 dan ortiq murojaatlar ko'rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
#Adliya_aralashuvi_bilan

Termiz tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning aprel oyida tuman irrigatsiya bo‘limida monitoring o‘tkazilib, monitoring natijalariga ko`ra, xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarorida belgilangan ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, xodimlarning murojaatlariga asosan fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga arizalar kiritildi hamda 11 nafar xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan 22 million 13 ming so‘m miqdoridagi ustama pullarni to‘lab berish yuzasidan sud buyruqlari chiqarildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarma tomonidan Chiroqchi tumani “Dodiq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔹 Shahrisabz shahar adliya bo‘limi ko‘magi bilan 33 nafar kutubxonachiga 64 mln so‘mdan ortiq mablagʻ undirib berildi.

🔹 Qashqadaryoda yigirma yildan beri "o‘g‘il bola" bo‘lib kelgan qizga nihoyat o‘zining haqiqiy ismi yozilgan guvohnoma berildi.

🔹Kitob tumani “Nurafshon” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹Boyovut tuman adliya bo‘limi feldsherning huquqini sudda himoya qildi.

🔹 Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Shodiyona” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy axborot kuni” tadbiri xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning tashvish va muammolarini o‘rganish imkonini berdi.

🔹 Oqoltin tumanida yangi adliya bo‘limi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

🔹Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro murojaati qanoatlantirildi.

🔹 Xovos tumani “Afrosiyob” mahallasidagi sayyor qabulda aholi muammolari o‘rganildi, 22 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida “Huquqiy avtobus” loyihasi o‘tkazildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shovot, Bog‘ot va Urganch tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 4 nafar fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan 10 mln so‘m miqdoridagi ma’muriy jarima qarorlari bekor qilindi.

🔹 Bo‘ston tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tadbirkorning buzilgan huquqlarini tiklandi.

🔹 Baliqchi tumanining “Kattabuloq” mahallasida Andijon viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan “Uztelekom” AJning telefonisti muammosi hal etildi.

🔹 Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan Ikki fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, 67 mln soʻmdan ortiq mablagʻ undirib berildi.

🔹 Chust tuman adliya boʻlimi aralashu bilan tadbirkor foydasiga 1 mlrd 250 mln soʻm undirib berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “salon”dan nosoz chiqqan avtomashina almashtirib berilishi ta’minlandi.

🔹 Pop tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🔹 Kattaqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi ko‘magi bilan tadbirkor sudda haqligini isbotladi.

🔹 Qorakamarlik Aysahat Uralova adliya aralashuvi bilan 70 yoshli fuqaro hujjatli bo‘ldi.

🔹 Rishton tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning 1 mlrd 560 mln so‘m ish haqlari sud orqali undirib berildi.

🔹 Quva tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tojik” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Quvasoy shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

🔹 Surxondaryoda do‘koni buzilgan tadbirkorlarga adliya aralashuvi bilan 1 milliard so‘mdan ortiq kompensasiya pullari undiriladigan bo‘ldi.

🔹 Termizda “Korzinka” tovar belgisidan noqonuniy foydalanilgan do‘kon aniqlandi.

🔹 Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaroga 7 mln so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undirib berildi.

🔹 Termiz tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 11 nafar xodimga 22 mln so‘m miqdorida ustama pullari to‘lab berildi.

🔹 Navoiyda o‘tkazilgan respublika ommaviy sayyor qabulida adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning 100ga yaqin huquqiy masalalariga yechim topildi.

🔹 Xatirchida fuqarolarning kadastr bilan bog‘liq masalasiga yechim topildi.

🔹 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan xalq ta’limi tizimi xodimlariga ustama mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Konimexda bir kunda 12 nafar fuqaroning ish staji tiklab berildi.

🔹 Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan 38 nafar xodimga 93 mln so‘mga yaqin ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘lab berildi.

@adliyangiliklari