Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.45K subscribers
11.5K photos
1.32K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Joylarda_sayyor_qabullar_tashkil_etildi

Joriy yilning 30-may kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Raxmatov tomonidan Angor tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 9 nafar fuqaroning huquqiy masalalarga oid savollariga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 14 nafar fuqaroning murojaatlari esa o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun

Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Tadbirkorlik kodeksi loyihasida 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan.

Loyiha muhokamasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Диққат_танлов

Йўл ҳаракати қоидалари бўйича билимингизни синовдан ўтказинг!

Хабарингиз бор, Адлия вазирлиги томонидан жорий йил 15 майдан 15 июнга қадар “Қоидаларга йўл ҳам бўйсунади” шиори остида йўл ҳаракати хавфсизлиги бўйича ҳуқуқий саводхонлик ойлиги эълон қилинган.

➡️ Ойлик доирасида Йўл ҳаракати қоидалари бўйича аҳолининг ҳуқуқий саводхонлигини ошириш ва билим даражасини синовдан ўтказиш мақсадида тест ўтказиш белгиланган.

🗓 Тест синови 6 июнь куни соат 09.00 дан 13.00 гача онлайн тарзда бўлиб ўтади.

🔢 Бунинг учун ҳар бир иштирокчи yhq.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтиши керак.

☑️ Тест синови 20 та савол ва 1 та ижодий саволдан иборат.

❗️Тест саволларининг барчасига энг тез ва тўғри жавоб берган иштирокчиларнинг 10 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга берилган жавоблари кўриб чиқилади. Натижаларга кўра, энг юқори балл тўплаган иштирокчи ғолиб деб топилади

🎁 Тест синови ғолиби велосипед билан тақдирланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat muzeylariga soat 22:00 gacha xizmat ko'rsatish huquqi beriladi

“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–261, 27.05.2022-y) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:

davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha xizmat ko'rsatish huquqi beriladi;
zaruratga ko'ra, davlat muzeylari tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;
pulli xizmatlar ko'rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo'shimcha to'lovlar to'lanadi va ular moddiy rag'batlantiriladi;
davlat muzeylariga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qo'shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi.

Davlat tashkilotlari va muassasalari o'zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi.

➡️ Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag'batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etiladi.

🔘 “Moziyga sayohat” dasturi doirasida, jumladan:

▫️“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo'lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi;
▫️“Daftar”larga kiritilgan fuqarolarning temir yo'l chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari to'liq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg'armalari hisobidan qoplanadi.
#Huquqiy_savodxonlik_davr_talabi

Joriy yilning 31-may kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining bir guruh xodimlari ishtirokida tashkil etilgan telelavhada qonunchiligimizdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, jumladan, 1-iyundan kuchga kirayotgan qonunchiligimizdagi yangiliklar, shuningdek, "Bu mening Konstitutsiyam" portali va mazkur tizim orqali ulkan siyosiy jarayon, xususan Konstitutsiyamizga o‘zgartishlar kiritishda fuqarolarimizning bevosita ishtirokini taʼminlash, taklif va mulohazalarini bildirish imkoniyati hamda belgilangan boshqa tartiblar, soha faoliyatiga oid amalga oshirilayotgan ishlar va tizimli muammolar haqida so‘z yuritildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot
#Давлат_хизматлари_регламент

Фуқароларнинг номида шахсий уй-жойи бор ёки йўқлиги тўғрисида маълумотнома олиш тартиби

⚠️ Хизмат: Фуқароларнинг номида шахсий турар жой мавжуд ёки мавжуд эмаслиги тўғрисида маълумотнома бериш

🙎‍♂️ Хизматдан фойдаланувчилар: Жисмоний шахслар

🔄 Хизматни кўрсатиш тартиби:

1. Ариза берувчилар маълумотнома олиш учун Давлат хизматлари марказларига ўзи келиб мурожаат этади ёки ЯИДХПда давлат хизматларидан электрон шаклда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтади.

2. Сўровнома тўлдирилиб, ваколатли орган (Ер ресурслари, геодезия, картография ва давлат кадастри давлат қўмитасининг Давлат кадастрлари, геодезия ва картография миллий маркази)га электрон тарзда юборилади.

3. Марказ сўровнома тушган ва тўлов амалга оширилган вақтдан бошлаб 3 иш куни мобайнида QR-код қўйилган маълумотномани расмийлаштиради ва Давлат хизматлари марказларига ёки давлат органларига ёхуд ариза берувчига ЯИДХП орқали юборади.

🗓 Хизматни кўрсатиш муддати:

3 иш куни мобайнида

🔰 Хизмат нархи:

БҲМнинг 3 фоизи миқдорида – 8 100 сўм;
Ягона портал орқали топширилганда миқдори – 7 290 сўм.

📋 Ҳуқуқий асос: Ҳукумат қарори (535-сон, 02.09.2020 й.)

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_muloqot

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi

Ertaga, 1-iyun kuni soat 16:00 da “O‘zbekistonda bola huquqlari: qonunchilik va amaliyot" mavzusida “Online” muloqot bo‘lib o‘tadi.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya va Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi

Yangi kodeks bilan o‘ndan ortiq qonun, qonunosti hujjati birlashtiriladi. Sohaga oid yaxlit kodeks joriy etilishi tadbirkorlarga katta qulaylik yaratadi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda nimalar nazarda tutilmoqda?

Batafsil 👉 videoda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Farzandingizga beradigan eng yaxshi hadyangiz – vaqtingizdir!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlaridan berilishi taqiqlangan ortiqcha hujjatlar talab qilinganda qaysi davlat organiga murojaat qilasiz?
Anonymous Poll
71%
Adliya organlariga
20%
Prokuraturaga
0%
MIBga
3%
IIBga
1%
Sudlarga
3%
Boshqa
2022-yil 1-yanvaridan davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan qaysi turdagi ma’lumotnomalar olinishi bekor qilinganidan xabardormisiz?
Anonymous Poll
70%
Ha, habarim bor
30%
Yo`q, habarim yo`q
Mahalladan ma’lumotnoma olib turasizmi?
Anonymous Poll
47%
ba’zan, lozim bo‘lganda
47%
umuman olmaganman
6%
tez-tez
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

Хабарингиз бор, Адлия вазирлиги томонидан Тадбиркорлик кодекси лойиҳаси ишлаб чиқилиб, жамоатчилик муҳокамасига қўйилган.

📲 Фуқаролар ва тадбиркорлардан мазкур Кодекс лойиҳаси бўйича таклифлар тўплаш мақсадида @tklt_bot телеграм боти ишга туширилди.

Лойиҳа муҳокамасида фаол иштирок этинг!

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot