#Ijtimoiy_aksiya
❗️Shtat qisqarishi natijasida xodimni ishdan bo'shatishdan avval unga boshqa ish taklif qilinishi kerak
🔰 Xodim ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo'shatilganda ishdan bo'shatish asoslangan bo'lishi kerak, YAngi Mehnat kodeksida quyidagi sabablar bo'lsa, ishdan bo'shatish asosli deb topilishi belgilangan:
🔸 korxona tugatilganligi (ta'sischilar yoki vakolatli organ qarori asosida);
🔸 texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o'zgarishi, ishlar hajmining qisqarishi oqibatida xodimlar soni yoki shtat o'zgarganligi;
🔸 xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
🔸 xodim o'z mehnat majburiyatlarini muntazam buzganligi;
Mehnat majburiyatini muntazam buzish deganda xodim avval intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoki qandaydir boshqa ta'sir chora qo'llanilgandan keyin 1 yilda yana takroran intizomiy nojo'ya harakat sodir etishi tushuniladi.
🔸 xodim mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzganligi.
Mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzish holatlari (masalan, ishga 1 soat kech kelish, spirtli ichimliklar ichib kelish, korxona mulkiga qasddan zarar yetkazish va h.k.) aniq belgilangan bo'lishi kerak, mazkur holatlar ichki mehnat tartibi qoidalarida, mehnat shartnomasida intizom to'g'risidagi ustavlar hamda nizomlarda belgilanadi.
🔸Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan boshqa sabablar (asoslar).
❕Xodim shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli bo'lmagani uchun ishdan bo'shatilayotganda, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq boshqa ishga o'tkazishni, bunday ish bo'lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo'lgan boshqa har qanday ishni taklif etishi shart.
➡️ Xodim taklif etilgan ishni rad etsa, ish beruvchida boshqa ish bo'lmasa, shundan so'ng xodim ishdan bo'shatiladi.
⚠️ Kollej, texnikum, kasb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda grantda o'qigan OTM bitiruvchilari o'qishni tugatganidan 3 yilda birinchi bor ishga kirganda ularni ish beruvchi tashabbusi bilan 3 yil ichida ishdan bo'shatish mehnat organlarini xabardor qilish bilan amalga oshiriladi.
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/surxondaryoadliya
➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site

Telegraph
Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz
#Ijtimoiy_aksiya
❗️Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo'shatish mumkin emas
🚫 Ish beruvchi xodimni quyidagi holatlarda ishdan bo'shatishi mumkin emas:
1️⃣ Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda belgilanmagan asoslar bilan;
2️⃣ kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (talablar bu yerda);
3️⃣ xodim “bolnichniy”da bo'lganda (ya'ni, kasal bo'lganda), har qanday “otpusk” (ta'til)ga chiqqanida;
4️⃣ xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;
5️⃣ xodim xizmat safarida bo'lganda;
6️⃣ homilador ayollar homiladorlik davrida.
⚠️ Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo'pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo'shatish mumkin. SHtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo'shatish mumkin emas.
❕Korxona tugatilganda esa yuqoridagi holatlardagi cheklovlar qo'llanilmaydi, ya'ni xodim “bolnichniyda”, ta'tilda, xizmat safarida bo'lganda yoki homilador bo'lganda ham ishdan bo'shatilaveradi.

🚫 Jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida xodimni ish beruvchi tomonidan ishdan bo'shatishda kasaba uyushmasining roziligini olish belgilangan bo'lsa, kasaba uyushmasi roziligisiz xodimni ishdan bo'shatish mumkin emas.
❕Quyidagi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi talab qilinmaydi:
🔹korxona tugatilganda;
🔹ish beruvchi ishdan bo'shatishi mumkin bo'lgan istalgan asos bilan tashkilot rahbari, alohida tarkibiy bo'linma rahbarini ishdan bo'shatishda;
🔹tashkilot mulkdori o'zgarganda tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini ishdan bo'shatishda, bunda mulkor tashkilotni o'ziga mulk qilib olgandan keyin 3 oyda ularni ishdan bo'shatishga yo'l qo'yiladi.
📝 Kasaba uyushmasi roziligini olish uchun unga taqdimnoma kiritiladi, kasaba uyushmasi 10 kunda uni ko'rib chiqib xulosa beradi, xulosa 1 oy amal qiladi, 1 oydan keyin mazkur xulosa bilan xodimni ishdan bo'shatib bo'lmaydi. O'z vaqtida xulosa berilmasa, xodim kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo'shatiladi.

❗️Ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish topishi uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi va bu kunga haq to'lanadi
✅ Ish beruvchi xodimni bir qator asoslar bilan ishdan bo'shatishi mumkin, mazkur holatlarda ish beruvchi quyidagi muddatlarda xodimni ishdan bo'shatish haqida ogohlantirishi shart:
🔸tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtatlar o'zgarganda – kamida 2 oy oldin (ya'ni, 2 oydan ko'proq muddat 3, 4 oy, 2 oy-u 10 kun va h.k);
🔸tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va alohida bo'linma rahbari mulkdor o'zgarganligi uchun ishdan bo'shatilganida – kamida 2 oy oldin;
🔸xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli bo'shatilganda – kamida 2 hafta oldin;
🔸xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun ishdan bo'shatilganda – kamida 3 kun oldin.
🔘 Ayrim toifadagi xodimlar uchun ogohlantirish muddatining alohida muddati belgilangan:
🔸mavsumiy ishda ishlaydigan xodimni tashkilot tugatilganda, shtat o'zgarganda kamida 7 kun oldin, malakasi yetarli bo'lmaganida kamida 3 kun oldin, o'zining aybli harakati bilan bo'shatilganda 1 kun oldin;
Mavsumiy ishlar – iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ish.
🔸vaqtinchalik xodimlar korxona tugatilganda, shtat o'zgarganda xodim malakasi yetarli bo'lmaganda kamida 3 kun oldin, o'zining aybli harakati bilan bo'shatilganda kamida 1 kun oldin.
⚠️ Ikki oygacha bo'lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo'lgan shaxslardir.
📝 Ogohlantirish yozma shaklda, imzo qo'ydirib amalga oshiriladi.
❕Ogohlantirish muddati pulli kompensasiya bilan almashtirilishi mumkin.
☑️ Ogohlantirish muddati ichida xodimga boshqa ish topish uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi, bu kunda xodimning ish haqi saqlanadi. Ushbu imtiyoz xodim o'zining aybi bilan ishdan bo'shatilganda berilmaydi.
➡️ Ogohlantirish muddatiga xodimning kasal bo'lgan vaqti, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Korxona tugatilganda esa hamma vaqt kiritiladi, istisno yo'q.
📌 Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik, Senat a'zosi vazifalarini bajarish, harbiy majburiyatni bajarish va boshqa bir qator ishlarni bajargan vaqt kiradi, bu ishlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

❗️Ishga qabul qilish qoidalari buzilganligi asosi bilan ishdan bo'shatishga faqat o'sha qoidabuzarlikni bartaraf qilish iloji bo'lmaganda yo'l qo'yiladi
🔰Ishdan bo'shatish ish beruvchi va xodimga bog'liq bo'lmagan asoslar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mehnat kodeksida quyidagilar taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlar sifatida ko'rsatilgan:
1️⃣ xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi;
2️⃣ shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi (masalan, xodim noqonuniy ishdan bo'shatilsa, sud uni qayta tiklasa). Bunda xodimni bo'shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;
3️⃣ xodim sud hukmi bilan ishlashni cheklaydigan jazoga hukm qilinganda (masalan, ozodlikdan mahrum qilinganda);
4️⃣ ishga qabul qilish qoidalari buzilganda, agar qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo'lmasa va u ishni davom ettirishga to'sqinlik qilsa;
5️⃣ ishni davom ettirishga to'sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganda (xodim tibbiy xulosa asosida to'liq mehnat qilishga qobiliyatsiz deb topilganda, lisenziya yoki ruxsatnoma tugatilganda). Bunda xodimni bo'shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;
6️⃣ sud qarori asosida tashkilot tugatilganda;
7️⃣ xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori yoki Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganda;
8️⃣ xodim vafot etganda, sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb e'tirof etilganda yoki vafot etgan deb e'lon qilinganda;
9️⃣ Qonunchilik palatasi deputati, Senat a'zosi vakolati tugaganligi yoki ular tarqatib yuborilganligi uchun ular avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi. Bunda xodimni bo'shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;
🔟 qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar.
⚠️ Saylanadigan yoki tanlov asosida tayinlanadigan lavozim muddati tugaganidan keyin xodim qayta saylanmasa yoki tanlovdan o'tmasa, u ishdan bo'shatiladi.

Telegram
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
#Ijtimoiy_aksiya
✅ Tashkilot mulkdori o'zgarganda, tashkilot qayta tashkil etilganda (qo'shib yuborilganda, qo'shib olinganda, bo'linganda, ajratib chiqarilganda, o'zgartirilganda) xodim roziligi bilan ish davom etaveradi.
📝 Tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini esa yangi mulkdor ishdan bo'shatishi mumkin.
➡️ Tashkilotning idoraviy bo'ysunuvi o'zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi xodimlarni ishdan bo'shatishga asos bo'lmaydi.
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/surxondaryoadliya
➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
✅ Tashkilot mulkdori o'zgarganda, tashkilot qayta tashkil etilganda (qo'shib yuborilganda, qo'shib olinganda, bo'linganda, ajratib chiqarilganda, o'zgartirilganda) xodim roziligi bilan ish davom etaveradi.
📝 Tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini esa yangi mulkdor ishdan bo'shatishi mumkin.
➡️ Tashkilotning idoraviy bo'ysunuvi o'zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi xodimlarni ishdan bo'shatishga asos bo'lmaydi.
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/surxondaryoadliya
➡️ Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
#Ijtimoiy_aksiya
🚫 Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxslar meros ochilgungacha vasiyatnomaga oid ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin emas.
❕ Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini vasiyatnomada ko‘rsatgan, merosxo‘r hisoblanmaydigan shaxsga topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi bo‘lishga roziligi uning o‘z qo‘li bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.
▶️ Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘rlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmaganda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo‘rning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari #Ijtimoiy_aksiya
🔰Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o'tkaziladi.
🗓 Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi.
✔️ Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹sayyor qabullar;
🔹mehnat yarmarkalari;
🔹yoshlar bilan uchrashuvlar;
🔹“Yoshlar sayili”;
🔹“Targ'ibot poezdi” loyihasi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#ijtimoiy_aksiya #xotin_qizlar
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida "Guliston" mahallasida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari, hamda aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsadlarini ilgari surdi.
Tadbirda “Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan ayollarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.
Muloqot mobaynida xotin-qizlarning huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya

Termiz tuman va Termiz shahar adliya bo'limlari tomonidan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida mahallalarda xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari hamda aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Mazkur tadbirda “Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan ayollarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

🔰 Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
🗓 Aksiya 2024-yilning 14-oktyabridan 28-oktyabrgacha davom etadi.
✔️ Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹sayyor qabullar, “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari;
🔹mehnat yarmarkalari;
🔹bepul yuridik yordam;
🔹huquqiy maslahatlar;
🔹ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish.