Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.79K subscribers
11.7K photos
1.37K videos
59 files
10.2K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan (Qizil toifadagi) mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish davom etmoqda

Bugun Surxondaryo viloyatida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish mahallalarda "Obod xonadon - Obod ko‘cha - Obod mahalla" mezonlarini joriy etish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishchi guruh a'zosi B.Anvarjonov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Yangi shahar" mahallasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining taklif va muammolari o‘rganildi.

Xususan, Ishchi guruh a'zolari tumandagi "Yangi shahar" mahallasida uyma-uy yurgan holda 20 dan ortiq xonadonlarga kirib bordi hamda aholining kundalik yumushlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, "Mahalla yettiligi" a’zolarini kurslar, huquqiyportal.uz platformasidagi maxsus kursda o‘qitish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari #jinoyatchilik #firibgarlik

Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Navbatdagi manzilimiz shaharning ''Farhod" mahallasida joylashgan Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bo‘ldi.

Mazkur tibbiyot markazida, avvalambor, xodimlarga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, energiya tejamkorligi masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Prezidentimizning "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1 sonli qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

"Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa

🏢 Boysun tuman YXKM va DXM xodimlari tomonidan tumandagi Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan (Qizil toifadagi) "Temir Darvoza" MFY fuqarolarga  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mavzuga doir bukletlar tarqatilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
#Adliya_xabari

Denov tuman adliya bo‘limi binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Denov tuman adliya bo'limini tomonidan fuqarolarning manfaatini ko'zlab Fuqarolik ishlari bo'yicha Denov tumanlararo sudiga kiritilgan da'vo arizalari joriy yilning 5-fevral kuni sud tomonidan Denov tuman adliya bo'limi binosida sayyor tartibda ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida fuqarolar X.K, M.O, M.Sh, N.X, Ch.O, A.O, va X.M. larning "O'zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik faktini belgilash haqida”gi arizalari fuqarolik ishlari bo'yicha Denov tumanlararo sudi tomonidan ko'rib chiqilib to'liq qanoatlantirilishiga erishildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan (Qizil toifadagi) mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish davom etmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 199-sonli Bayoni bilan Surxondaryo viloyatdagi 77 ta mahallalar ro‘yxati "Obod mahalla"ga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Shunga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish mahallalarda "Obod xonadon - Obod ko‘cha - Obod mahalla" mezonlarini joriy etish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishchi guruh a'zosi B.Anvarjonov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Tayfang" mahallasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining taklif va muammolari o‘rganildi.

Shuningdek, "Mahalla yettiligi" a’zolarini kurslar, huquqiyportal.uz platformasidagi maxsus kursda o‘qitish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi bosh maslahatchisi B.Sharipov tomonidan Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi.

Suhbat jarayonida xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etish lozimligi haqida tushuntirib o‘tildi.

Xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish, huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish ham sohaga oid “Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyati, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq Qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Termiz shahridagi "Chegara" mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylantirilmoqda

Termiz shahar "Chegara" mahallasida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabrdagi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug'ining 7-bandi ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasi tashkil etildi.

Tadbir davomida shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mahalladagi xonadonlarda uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari oʻrganildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Probatsiya nazoratidagi shaxslar hamda tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan profilaktik suhbat olib borildi

Uzun tumani adliya bo‘limi hamda viloyat IIB probatsiya nazorati bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi probatsiya nazorati ostidagi yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mazkur toifadagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmaslik va kasbga o‘qitish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Uzun tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan (Qizil toifadagi) “Chaqar” mahallasida va unga tutash bo'lgan "Beshkappa", "Mustaqillikning 22-yilligi", "Dehqon", "Obod yurt" mahalla fuqarolari hamda "Mahalla yettiligi" bilan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Shu bilan birga ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati ham tanishtirib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilarga qaror mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya