Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
120 files
4.61K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹F
oyda soligʻini 7,5% (pasaytirilgan ) stavkada qoʻllashga haqli:

▪️ Jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmagan, ilk marotaba* foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan AOS toʻlovchilar. Pasaytirilgan stavka soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi soliq davrida** qoʻllaniladi.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻini 7,5 % stavkada to‘laydi.

▪️ Jami daromadi ilk marotaba* 10 mlrd soʻmdan oshgan QQS to‘lovchilari. Pasaytirilgan stavka joriy va keyingi yil uchun qoʻllaniladi. Ushbu yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2024-yil yanvarda faoliyati davomida jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona 2024-2025-yillarda foyda solig‘ini 7,5 % stavkada to‘laydi.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari;
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari;
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda;
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*mazkur soliq imtiyozi 2022-yil 1-sentabrdan keyingi davrlar uchun amal qiladi
**foyda soligʻining soliq davri
kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi


Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

👉Batafsil
____________
#льготы

Оплата за контракт не облагается налогом

Воспользоваться льготой можно, если оплачиваете обучение:
▫️за себя;
▫️за своих детей;
▫️за супруга (супругу) до 26 лет.

1. Оплату можно перечислять в учебное заведение сразу с заработной платы со своего места работы и тогда налог на эти доходы не начисляется.

2. Либо можно оплатить самостоятельно наличными, безналичными или электронно, а затем подать в налоговые органы декларацию по итогам года и вернуть сумму уже уплаченного налога.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Talabalarga uy-joyni ijaraga bersangiz, soliq to'lamaysiz!

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

Ijara shartnomalarini ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida hisobga qo‘yish mumkin.
_________
#льготы

Сдаете жилье в аренду студентам? Налог платить не нужно!

Доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду, не облагаются налогом на доходы физических лиц.

Зарегистрировать договор аренды жилья можно как на сайте ijara.soliq.uz, так и в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'ini qaytarib olishi mumkin

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga ota-ona (farzandlikka oluvchi)lar tomomidan, har bir farzandi uchun oyiga 3 mln so‘mgacha yo'naltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda foydalanishi mumkin. Deklaratsiya yuborilgandan so'ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.
👉Deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma
___________
#льготы

Родители могут вернуть налог на доходы при оплате частных детских садов и школ

Платежи родителей до 3 миллионов сумов в месяц за каждого ребенка, который посещает негосударственную дошкольную образовательную организацию и школу, освобождаются от уплаты налога на доходы.
👉п.16 ст.378 НК

Как применить льготу?

Родитель может применить льготу:
▫️по месту работы, предоставив в бухгалтерию своей организации заявление о перечислении средств в негосударственную дошкольную или школьную образовательную организацию и счет на оплату (договор);
▫️представив в орган государственной налоговой службы декларацию о доходах по итогам года через сайт my3.soliq.uz или мобильное приложение Soliq, прикрепив договор и квитанции. После отправки декларации необходимо также подать заявление на возврат суммы уплаченного налога.
👉Видеоинструкция по заполнению декларации

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi #imtiyoz

Tadbirkorlarning maktab qurishga ketgan xarajatlari foyda solig‘idan 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #imtiyoz

📊Soliq to‘lovchilar 9 oyda 18 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.

🤔Toshkent viloyatida 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida 11 403 ta tashkilot 995,2 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.

➡️Batafsil...

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi


Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozlari muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Avval ushbu imtiyozdan foydalanish muddati 2025-yil 1-yanvargacha edi

👉PQ-403, 22.11.2024-yil

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bogʻcha va maktablar 113 mlrd soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #imtiyoz

2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida 12 107 ta tashkilot 1 062,9 mlrd so‘m miqdorida soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #imtiyoz

Xususiy bog'cha va maktablar uchun maqsadli imtiyozlar

2030-yil 1-yanvargacha:

🏫Xususiy bog'cha va maktablar barcha soliqlar va yig'imlardan ozod qilingan.
❗️Ijtimoiy soliqdan tashqari.

Imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar quyidagilarda foydalanishi kerak:
▫️zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash;
▫️zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish;
▫️binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash;
▫️shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun.

👉 Soliq kodeksi 483-modda 64-qismi

Imtiyoz kodlari:
ID 104218 – QQS
ID 104219 – foyda solig'i
ID 104220 – AOS
ID 104221 – mol-mulk solig'i
ID 104222 – yer solig'i
ID 104223 – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

👩‍🏫Xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan chet el o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilingan.
👉 Soliq kodeksi 483-modda 67- va 68-qismlari

Imtiyoz kodlari:
ID 104224 - JShODS
ID 104225 - ijtimoiy soliq

Imtiyozlardan foydalanish uchun my3.soliq.uz orqali murojaat yuborish kerak.
Muhim❗️"Hujjat turi" qatoridan "Soliq kodeksi"ni tanlash kerak.
👉 Murojaat yuborish bo'yicha qo‘llanma
__________
#налоговая_политика_2025
#льготы

Целевые льготы для частных детсадов и школ

До 1 января 2030 года:

🏫Частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов.
❗️Кроме социального налога.

Высвобождаемые средства должны целенаправленно использоваться для:
▫️оснащения современными учебными пособиями,
▫️приобретения необходимых товаров и оборудования,
▫️реконструкции и капитального ремонта зданий и сооружений,
▫️предоставления бесплатных образовательных услуг социально уязвимым слоям населения.

👉ч.64 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104218 - НДС
ID 104219 - налог на прибыль
ID 104220 - налог с оборота
ID 104221 - налог на имущество
ID 104222 - земельный налог
ID 104223 - налог за пользование водными ресурсами

👩‍🏫Зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.
👉ч.67-68 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104224 - НДФЛ
ID 104225 - соцналог

Чтобы воспользоваться льготами, нужно подать обращение через my3.soliq.uz.
Важно❗️В строке "Тип документа" следует выбрать "Налоговый кодекс".
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi


Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

👉Batafsil
____________
#льготы

Оплата за контракт не облагается налогом

Воспользоваться льготой можно, если оплачиваете обучение:
▫️за себя;
▫️за своих детей;
▫️за супруга (супругу) до 26 лет.

1. Оплату можно перечислять в учебное заведение сразу с заработной платы со своего места работы и тогда налог на эти доходы не начисляется.

2. Либо можно оплатить самостоятельно наличными, безналичными или электронно, а затем подать в налоговые органы декларацию по итогам года и вернуть сумму уже уплаченного налога.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) uchun imtiyozlar

Yuridik shaxslar:

👉
Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan QTEM qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad uchun foyda solig‘i 0% stavkada qo'llaniladi.
👉Mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan belgilangan muddatga ozod qilinadi.

Jismoniy shaxslar:

👉Mol-mulk solig‘i summasi kamaytiriladi (2 BHMdan oshmaydigan summaga).
👉Yer soligʻi summasi kamaytiriladi (1 BHMdan oshmaydigan summaga).
👉"Quyoshli xonadon" dasturi bo‘yicha subsidiya oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #imtiyoz

Ta’lim xarajatlari soliqdan ozod: imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi


Ta‘lim uchun to‘lovlar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bunda:

◽️ xususiy bog‘cha, maktabda o‘qitishda har bir farzand uchun oyiga to‘lanadigan 3 million so‘mgacha to‘lovlar;
◽️o‘zining yoki farzandlarining, 26 yoshga to‘lmagan eri (xotini)ning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishiga to‘langanida imtiyozdan foydalanish mumkin.
👉 Soliq kodeksi 378-modda

Shuningdek, bu imtiyoz soliq to‘lovchilarga tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan ta’lim kreditlarini to‘lash uchun ajratilgan daromadlarga ham tegishli.

📌 Batafsil ma’lumot va ushbu imtiyozdan qanday foydalanish haqida videoda bilib oling.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#xabaringiz_bormi
#imtiyoz

👍Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

O‘zbekiston professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

➡️Batafsil..https://lex.uz/uz/docs/-6461609

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Agar xususiy bog‘chaga to‘lovni ota-onadan boshqa qarindoshlar to‘lagan bo‘lsa soliqdan ozod qilinadimi?


Imtiyoz faqat bolaning ota-onasiga beriladi. Shuningdek, ular rasmiy ish bilan band bo‘lishi kerak.

Xususiy bog‘cha yoki maktab uchun har bir bolaga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.

👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band
__________
#льготы

Освобождаются ли от налога платежи за частный детский сад, если оплату делают не родители, а другие родственники?

Льгота предоставляется только родителям ребенка. При этом они должны быть официально трудоустроены.

От налога освобождаются платежи за частный детский сад или школу до 3 млн сумов в месяц за каждого ребенка.

👉п.16 ст.378 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#xabaringiz_bormi
#imtiyoz

👍Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

O‘zbekiston professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

➡️Batafsil..https://lex.uz/uz/docs/-6461609

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va ularning ish beruvchilari uchun soliq imtiyozlari


🔹2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha kam taʼminlangan oila aʼzolarini ishga olgan tadbirkorlar ijtimoiy soliqni 1% stavkada to‘laydilar.
❗️Shart — MHTEKM (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori)ning* 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi (1 732 500 so‘m)
👉 Soliq kodeksining 483-moddasi

🔹 Agar soliq to‘lovchilarning yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo'lgan va xodimlarning umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50%ni tashkil etadigan hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50%ni tashkil etsa, ular foyda solig‘i va AOSni 0% stavkada to‘laydilar. Shuningdek, ular yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘idan ozod qilingan va yer solig‘iga 0,25 koeffitsientni qo'llagan holda to'laydilar.
👉Soliq kodeksi 337-modda
👉Soliq kodeksi 414-modda
👉Soliq kodeksi 429-modda
👉Soliq kodeksi 467-modda

🔹 O‘zida ishlovchilarning umumiy o‘rtacha yillik sonining 3 %idan ko‘prog‘i nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning har 1%iga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi.
👉Soliq kodeksi 337-modda

🔹I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 %ni, biroq BHMning 50%dan (187,5 ming so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.
👉Soliq kodeksi 383-modda

🔹 Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 4,7% stavkada to‘laydilar. Hozirgi stavka 12%ni tashkil etadi.
👉Soliq kodeksi 405-modda

🔹 I va II guruh nogironligi bor shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullansa, ijtimoiy soliq miqdori minimal miqdorning 50%idan kam bo‘lmasligi kerak.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun homiylik tashkilotlari tomonidan beriladigan BHMning 100 baravari (37,5 mln so‘m)gacha bo‘lgan xayriya mablag‘lariga soliq solinmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun homiylik tashkilotlaridan 100 BHM (37,5 million so‘m)gacha bo‘lgan xayriya mablag‘lari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga barqarorlik reytingida ball beriladi. Agar ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslar jami xodimlar ulushida:
10-20% bo‘lsa – 5 ball;
20% dan ortiq bo‘lsa 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob #imtiyoz

Yolg'iz pensionerman, menga yer solig‘idan imtiyoz bormi

Yolg‘iz pensionerlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

Yolg‘iz pensionerlar – Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar tushuniladi.


❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


2025-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar:

👍 bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar, shuningdek, Markaz:

👍 foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;

👍 ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi;

👍 yuridik shaxslarga bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi;

👍 yuridik shaxslar va Markaz tomonidan bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish uchun budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq hisobotlari taqdim etilgandan keyin Davlat budjetidan ularga to‘liq miqdorda qaytariladi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Xususiy bog'cha va maktablar uchun maqsadli imtiyozlar

‼️Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.

⚡️Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari 2030-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq bundan mustasno) ozod qilinadi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

📝Nashriyot va matbaa korxonalari uchun soliq imtiyozlari

📆2029-yil 1-yanvarga qadar:

“Nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

❗️Eslatma, bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno

👉Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM