Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#savol_javob #imtiyoz

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018-yildagi 595-sonli qaroriga asosan Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiya tarbiyachilarning ish haqlarini qoplash uchun beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018-yildagi PQ-3651-sonli qaroriga asosan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat boshlagandan buyon 10 yilgacha barcha soliq va yig‘imlardan ozod etilgan. Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilarining ish haqlarini qoplash uchun ajratilgan subsidiya mablag‘laridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlanadimi yoki imtiyoz mavjudmi?

Soliq kodeksining 371-moddasiga asosan ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Soliq kodeksining 370-moddasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jami daromadlarga kiritiladi va Soliq kodeksining 366-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018-yildagi PQ-3651-sonli qarorida belgilangan imtiyozlar tashkilotga berilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari esa jismoniy shaxslar hisoblanadi. Shu bois ushbu imtiyoz jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunda faoliyat yurituvchi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti soliq to‘lovchiga daromad to‘lovchi soliq agenti sifatida soliqni hisoblab chiqadi va budjetga to‘laydi (Soliq kodeksining 385-moddasi).
_____________

#вопрос_ответ #льгота

На основании ПКМ РУз от 30.07.2018 № 595 семейным негосударственным дошкольным образовательным организациям выделяются субсидии. Субсидия предоставляется для покрытия расходов на выплату заработной платы воспитателей. Постановлением Президента №3651 от 05.04.2018 предусмотрено освободить негосударственные дошкольные образовательные организации от уплаты всех видов налогов и обязательных отчислений в течение 10 лет с начала осуществления деятельности. Удерживается ли налог на доходы физических лиц с субсидий, выделенных для покрытия расходов на выплату заработной платы воспитателей и их помощников, или есть льгота?

Согласно ст.371 Налогового кодекса доходами в виде оплаты труда признаются все выплаты, начисляемые и выплачиваемые работнику, состоящему в трудовых отношениях с работодателем и выполняющему работу по заключенному трудовому договору (контракту), в том числе начисленная заработная плата за фактически выполненную работу, исчисленная исходя из сдельных расценок, тарифных ставок и должностных окладов в соответствии с принятыми формами и системами оплаты труда.

На основании ст.370 НК доходы в виде оплаты труда входят в состав совокупного дохода и в соответствии со ст. 366 НК облагаются налогом на доходы физических лиц.

Поскольку льготы, обозначенные в Постановлении Президента №3651 от 05.04.2018, предоставляются организациям, а плательщиками НДФЛ являются физические лица (ст.364 НК РУз), значит освобождение от налогообложения не распространяется на налог на доходы физических лиц.

В связи с этим негосударственная дошкольная образовательная организация, выступая налоговым агентом, выплачивающим доход налогоплательщику, исчисляет и уплачивает налог в бюджет (ст.385 НК).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #deklaratsiya

Soliq mobil ilovasi orqali "kontrakt"dan to‘langan soliqni qaytarib oling

Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

📲 Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) 📎 ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq imtiyozini qaytarish” elekrton xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

📲Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi.

Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang.

Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada.
________________
#льгота #декларация

Налог на доходы, направленные на оплату контракта, можно вернуть через мобильное приложение Soliq

Физические лица могут дистанционно вернуть 12% налога на доходы, направленные на оплату контракта.

📲 Для этого вы можете, не посещая налоговые органы, подать декларацию через мобильное приложение Soliq, прикрепив 📎договор и платежные документы (в отсканированном виде в одном pdf-файле).

✔️ В электронной услуге "Возврат налоговых льгот" сведения о заработной плате и других доходах пользователя формируются автоматически.

📲Следующий шаг после подачи декларации – отправить заявление на "Возврат переплаты" – в разделе "Кешбэк и льготы".

Подтвердите свою личность путем авторизации Face ID

☝️Подробнее об этом в видеоинструкции.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tikuv_trikotaj,_poyabzal_va_charm_attorlik_mahsulotlari_MXIKlar.xlsx
35.2 KB
#imtiyoz

Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati sohasidagi imtiyozlar avtomatik tarzda qoʻllaniladi

Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida javob bergan taqdirda, foyda soligʻini 2% stavkada, ijtimoiy soliqni 1% stavkada toʻlaydi:

Xodimlar umumiy sonining kamida 15 %i Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari bo‘lishi yoxud mazkur reyestrlarga kiritilmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qo‘llanishi 6 oy davomida amal qiladi;

Har bir xodimga har oyda belgilangan ish haqi miqdori Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida 2 baravari (2 310 000 so‘m) bo‘lishi;

soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan tushumi jami tovar (xizmat)lar realizatsiyadan olingan daromadning kamida 90 %ini tashkil etishi;
👉PF-229 27.12.2024-yil.

tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda shartnomaga muvofiq daval xom ashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi.
👉 PF-67 18.04.2025-yil.

✍️ Imtiyozdan foydalanish uchun hisobot choragidan keyingi oyning my3.soliq.uz shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi lozim.

📊 Agar yuqoridagi shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozlari ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.

📎 Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari MXIKlar ro’yxati biriktirilgan faylda.
__________
#льгота

Льготы в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности применяются автоматически

Производители в сфере швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной промышленности уплачивают налог на прибыль по ставке 2% и социальный налог по ставке 1% при одновременном соблюдении следующих условий:

не менее 15% от общего количества работников - члены семей из Единого реестра социальной защиты или Реестра бедных семей либо лица с инвалидностью I и II группы, не включенные в данные реестры. При этом после исключения в установленном порядке работника из соответствующего реестра льгота применяется в течение 6 месяцев;

ежемесячная зарплата каждого работника - не менее 2 МРОТ (2 310 000 сумов);

в налоговый период общая выручка от реализации швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной продукции - не менее 90% совокупного дохода, полученного от реализации товаров (услуг);
👉 УП-229 от 27.12.2024 г.

при определении общей выручки от реализации швейно-трикотажных, обувных или кожгалантерейных изделий в отчетном периоде учитывается также доход, полученный в соответствии с договором за оказанные услуги по переработке давальческого сырья.
👉 УП-67 от 18.04.2025 г.

✍️Чтобы применить льготу необходимо подать обращение через персональный кабинет налогоплательщика my3.soliq.uz в срок до 25-го числа месяца, следующего за отчетным кварталом.

📊При выполнении указанных условий в каждом месяце соответствующего квартала налоговые льготы применяются на данный квартал.

📎Перечень ИКПУ швейно-трикотажной, обувной и кожгалантерейной продукции в закрепленном файле.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM