Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#alkogol #yigim

Aprel oyi uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashning oxirgi kuni – 9-aprel

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.
👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
__________
#алкоголь #cбор

9 апреля – последний день уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции за апрель

Сбор за право реализации алкогольной продукции
уплачивается с момента направления уведомления о начале реализации алкогольной продукции.

❗️Подать уведомление необходимо через систему электронного лицензирования license.gov.uz

При направлении уведомления:
▫️до 20 числа текущего месяца сбор исчисляется в полном объеме за данный месяц,
▫️после 20 числа текущего месяцас 1 числа следующего месяца.

В случае если реализация алкогольной продукции осуществляется через несколько пунктов стационарной торговли и (или) общественного питания, сборы за право реализации алкогольной продукции исчисляются и взимаются в пределах установленных ставок пропорционально количеству стационарных пунктов торговли и (или) общественного питания, а также размерам территории расположения каждого из них.

👉Ставки сбора за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

При приостановлении или прекращении деятельности по розничной торговле алкогольной продукцией исчисление сбора приостанавливается с 1 числа следующего месяца.
👉ст.460 НК

При возобновлении приостановленной или прекращенной деятельности субъект предпринимательства должен направить новое уведомление для получения разрешения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Тошкент ҳақиқати 20-сон.pdf
17.9 MB
#matbuot
#Press_anons

🗞"Toshkent haqiqati" gazetasining 2024 yil 6 apreldagi 20-sonida:

📌“Qonuniy ishlagan qoqilmaydi”sarlavhasi ostidagi maqolani mutolaa qiling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳Toshkent viloyatidagi Toshkent dengizi sohilida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda hududga yuzlab koʻchatlar oʻtqazildi.

Batafsil "Sevimli" telekanali lavhasida.
Toshkent viloyatining qaysi hududida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

🔹2024- yilning 1- mart holatiga ko‘ra viloyatda jami 30 003 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

🔺Oqqo‘rg‘on tumani – 703 ta
🔺Ohangaron tumani– 804 ta
🔺Bekobod tumani– 839 ta
🔺Bo‘stonliq tumani– 1 319 ta
🔺Bo‘ka tumani– 877 ta
🔺Quyi Chirchiq tumani– 838 ta
🔺Zangiota tumani– 3 863 ta
🔺Yuqori Chirchiq tumani– 1 507 ta
🔺Qibray tumani– 2 827 ta
🔺Parkent tumani– 1 384 ta
🔺Piskent tumani. – 745 ta
🔺O‘rta Chirchiq tumani– 1 213 ta
🔺Chinoz tumani– 805 ta
🔺Yangiyo‘l tumani– 1 402 ta
🔺Toshkent tumani– 2 013 ta
🔺Nurafshon shahri– 676 ta
🔺Olmaliq shahri– 1 294 ta
🔺Angren shahri– 1 799 ta
🔺Bekobod shahri– 1 077 ta
🔺Ohangaron shahri– 842 ta
🔺Chirchiq shahri– 2 144 ta
🔺Yangiyo‘l shahri– 1 032 ta
#munosib_ragbat

🔹Bugun soliq tizimida ayollarning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarishga ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

♻️Shu boisdan bo‘lsa kerak, sohada xotin-qizlarning faolligi kishini hayratda qoldiradi. Bu kasb qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, unda faoliyat ko‘rsatuvchi xotin-qizlar o‘z kasbining chin ma’nodagi fidoiylaridir.

📍Tizimda samarali faoliyat olib borayotgan soliqchi ayollarni rag‘batlantirish maqsadida Soliq Qo‘mitasining Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan Toshkent viloyati soliq organlarida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlariga hordiq chiqarishlari uchun yo‘llanma taqdim etildi.

🔰Viloyatning bahavo maskanlaridan biri bo‘lgan Bo‘stonliq tumaniga dam olish yo‘llanmasini mahallabay ishlash tizimida samarali faoliyat olib borib, KPI ko‘rsatgichlari 90 balldan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar qo‘lga kiritdilar.

📎Sayohat davomida ular uchun psixologik treninglar ham tashkil etildi, va xotin-qizlarga hayotiy ko‘nikmalar, oiladagi hamda jamiyatdagi ularning o‘rni bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2024-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 563,3 mingtani tashkil etdi. Shundan 20 525 tasi yanvar-mart oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 149,5 mingta;
🏕 qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi125,5 mingta;
🏭 sanoat 65,2 mingta;
🏗
qurilish33,1 mingta;
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar27,2 mingta.

Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.
____________
#цифровизация #юридические_лица

Информация о юридических лицах, осуществляющих свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 апреля 2024 года количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет около 563,3 тыс. Из них 20 525 зарегистрированы в январе-марте.

📈ТОП-5 сфер деятельности юрлиц:

🛒
торговля – 149,5 тыс.;
🏕
сельское, лесное, рыбное хозяйство – 125,5 тыс.;
🚚
промышленность 65,2 тыс.;
🏗строительство33,1 тыс.;
🍽услуги по проживанию и питанию - 27,2 тыс.

Примечание. Коммерческие организации, не осуществляющие в течение 9 месяцев банковские операции и не представляющие налоговую отчетность, переводятся в категорию бездействующих.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #YTT

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar

2024-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda YTTlar soni 262 743 nafarni tashkil etdi.
Shundan:
83,5 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
15,6 % – AOS to‘lovchi;
0,9 % – QQS to‘lovchi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar qaysi sohalarda faoliyat yuritadi?

🔹chakana savdo 128 933;
🔹hunarmandchilik 22 580;
🔹maishiy xizmat koʻrsatish 25 537;
🔹boshqa faoliyat turlari 85 693.

👉 Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?
___________
#цифровизация #ИП

Индивидуальные предприниматели, осуществляющие свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 апреля 2024 года в Узбекистане 262 743 индивидуальных предпринимателя. Из них:
83,5 % – плательщики налога на доходы в фиксированном размере;
15,6 % – плательщики налога с оборота;
0,9 % – плательщики НДС.

В каких сферах осуществляют деятельность индивидуальные предприниматели?

🔹Розничная торговля – 128 933;
🔹ремесленничество – 22 580;
🔹бытовое обслуживание – 25 537;
🔹другие виды деятельности – 85 693.

👉 Как стать индивидуальным предпринимателем?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Toshkent viloyatida so‘nggi yillarda korxona va tashkilotlar qanchani tashkil qildi?

‼️2024- yil 1- mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 584 tani tashkil etdi.

🔹2020- yil – 39 856 ta
🔹2021- yil – 46 866 ta
🔹2022- yil – 50 973 ta
🔹2023- yil – 44 325 ta
🔹2024- yil – 43 584 ta
#mahallabay

Президент Шавкат Мирзиёев Шароф Рашидов туманидаги Туёқли маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан танишди.
——-
#махаллабай

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Туёкли в Шараф-Рашидовском районе, где ознакомился с условиями жизни населения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat turi yana bittaga ko‘payadi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi
👉 PQ-115-son, 05.03.2024 y.

Qarorga ko‘ra,
Xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari
ro‘yxatiga kiritiladi.
Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 212,0 ming nafarga yetdi

Joriy yilning 1-aprel holatida o‘z uyida daromad topishni boshlagan fuqarolarimizning soni 211 606 nafarga yetdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu fuqarolarning 54 959 nafari 2024-yilning yanvar-mart oylari davomida ro‘yxatdan o‘tganlarni tashkil etadi.

♻️Hududlar kesimida eng yuqori natijalarni

📍Zangiota tumanida – 18 638 nafar,

📍Yangiyo‘l tumanida– 14 954 nafar,

📍Toshkent tumanida – 13 739 nafar,

📍Parkent tumanida – 12 170 nafar hududlari qayd etgan.

🟢Yo‘nalishlar kesimida:

📍Maishiy xizmatlar - 29077

📍Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar - 8031

📍Ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar - 6528

📍Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish 5838

📍Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar - 3726

📍Axborot komunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar - 1759

📌Eslatib o‘tamiz, o'zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.Ushbu imtiyozda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanishi mumkin.

📍O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan bugungu kunda 101 turdagi faoliyatni yuritishiga ruxsat etilgan.

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroga mehnat staji ham hisoblanadi.
#QQS #bilasizmi

2024-yil 1-apreldan quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaga QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilingan:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

Bunda agar korxonaning 2024-yil 1-aprel holatiga QQS imtiyozi bekor qilingan qoldiq tovarlar mavjud bo‘lsa, ushbu tovarlar realizatsiya qilinganda EHF QQS bilan rasmiylashtiriladi

👉 VMQ-489-son 14.07.2020 yil
_______
#НДС #знаете_ли_вы

С 1 апреля 2024 года отменены льготы по НДС на оборот по реализации:
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств,
▫️изделий медицинского и ветеринарного назначения.


При этом, если по состоянию на 1 апреля 2024 года у организации имеются остатки товаров, по которым отменена льгота по НДС, при реализации этих товаров ЭСФ оформляются с НДС.

👉 ПКМ №489 от 14.07.2020

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Muhim_sana

Bugun, 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi. Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yilning 9-aprelida Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.

Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan.

Sohibqiron Amir Temur Koʻragon 1405-yilning 18-fevral kuni, chorshanba kuni Shaʼvon oyining oʻn yettisida vafot etgan va Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.
2024-yil yanvar-mart oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 2 527 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
🔹2 262 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹120 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹4 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹141 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 1018 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 570 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100,0 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

📍Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2024-yil davomida to‘langan mukofot summalari 843 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 518,0 mln soʻmga yetdi.