Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
2024-yil yanvar-mart oylarida sayyor qabullarda 1,6 mingdan ortiq murojaat hal etildi

♻️2024-yil yanvar-mart oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan Toshkent viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan
341 ta sayyor qabullarda 2 361 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:

▫️hal etilgan – 1,605 mingta (68%);
▫️tushuntirish berilgan – 446 ta (19 %);
▫️o‘rganish jarayonida –287 ta (12%);
▫️rad etilgan – 23 ta (1 %).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:

📍 Qibray tumani – 20 ta.
📍 Bo‘stonliq tumani – 18 ta;
📍 Ohangaron shahar – 18 ta;

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#barqarorlik_reytingi

Toshkent viloyati soliq boshqarmasida Toshkent soliq texnikumi o‘quvchilari uchun “ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi


🔹Tadbir avvalida o‘quvchilar boshqarma faoliyati, tizim xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

☑️Shundan so‘ng, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgani xususida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berildi..

‼️Barqarorlik reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi toifalarga ajratilishi, natijalari esa Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantirilishi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilishi tushuntirildi.

❇️Aytish kerakki, mazkur tadbir o‘quvchilarning davlatimiz soliq siyosati, soliq tizimi haqidagi tushunchalari, soha faoliyatiga oid bilimlarini boyitishga yordam beradi. Qolaversa, ularning kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlashga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Fazilatli
kechgan ulug‘ oyda yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun qilingan duoyi fotihalar Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan barchangizni tabriklayman.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Assalomu alaykum qadrli Vatandoshlar!

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan barchangizni tabriklayman.

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida, siz azizlarga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman.

Yurtimiz tinch, Vatanimiz obod, osmonimiz musaffo bo'lsin!

Hurmat bilan
Alovitdin Inagamov, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i
⭕️⭕️⭕️

❗️Firibgarlar yaqinlaringiz ovozida qoʻngʻiroq qilishmoqda!

Soʻnggi kunlarda Toshkent viloyati hududida, fuqarolarga telefon orqali biror yaqin kishisi ovozida qoʻngʻiroq qilib, baxtsiz hodisa roʻy berganligini aytib aldov yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirishga urinishlar aniqlanmoqda!

Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Agar sizga nomaʼlum shaxslar qoʻngʻiroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi boʻlganligini aytib, shoshilinch pul talab qilishsa ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Ogoh boʻling! Firibgarlarning yangi nayrangiga aldanib qolmang!
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi.

❇️Xususan, Toshkent viloyatida joriy yilda “Turar joy ob’ektlari hisobidan 480,9
mlrd.so‘m mol-mulk va yer soliqlari undiridishi va Mahalla byudjeti ixtiyorida qoladigan summa 48,1 mlrd.so‘mni tashkil etadi.
#mol_mulk_soligi
#Jismoniy_shaxs

Soliqlarni tеng ulushlarda tolash muddati

U uy-joy, dala-hovli, yashash uchun moljallanmagan bino, kop qavatli uylardagi xonadonlarga uzviy bogliq bolgan avtoturargohlar, shuningdеk boshqa imoratlar va inshootlar uchun tolanadigan soliq mol-mulk soligidir.

❗️Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obеktining bahosi mavjud bolmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkеnt va Nukus shaharlarida, shuningdеk viloyat markazlarida —
Soliq kodеksi 420-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida korsatilgan summaning bеsh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

🗓Hurmatli soliq tolovchi, Siz 15 aprеlga qadar joriy yil uchun bеlgilangan yer va mol-mulk soligini tеng ulushlarda (50%) tolashni unutmang!
#savol_javob

Savol:
— Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtish jarayonida ayrim savollar tug‘ilmoqda. Jumladan, yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtilgach qo‘shimcha yoki o‘zgartirish kiritish zarurati tug‘ilsa buni amalga oshirish imkoniyati mavjudmi?

❗️Javob:
— Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi
249-son qarori 3-1-ilovasi 3-bob 19-bandiga asosan, avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatiga qo‘shimcha va tuzatish kiritish mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
___________________________
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda
belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉
Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan
ozod etiladi.
👉
PQ-419-son, 10.11.2022-y.
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-12-aprel dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 13-aprelga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda