#Muhim_sana
Bugun, 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi. Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yilning 9-aprelida Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.
Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan.
Sohibqiron Amir Temur Koʻragon 1405-yilning 18-fevral kuni, chorshanba kuni Shaʼvon oyining oʻn yettisida vafot etgan va Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.