Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.46K subscribers
12.5K photos
1.72K videos
113 files
3.98K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Jismoniy_shaxslardan_olinadigan_daromad_soligʻi_JSHODS_va_ijtimoiy.pdf
240.8 KB
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining paket kodi: 11101_16

🌐 “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusidagi seminar
_______________
#НДФЛ #социальный_налог

Инструкция по заполнению отчетности по налогу на доходы физических лиц (НДФЛ) и социальному налогу

👉Код пакета отчетности по НДФЛ и социальному налогу:
11101_16

🌐 Cеминар на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Xatlov jarayonlarida 225,3 mlrd.so‘m mablag‘ undirildi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi soliq qarzlarini undirishni tashkil qilish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📊Tadbirlarga 20 nafardan ortiq xodimlar jalb etilgan bo‘lib, kuni kecha mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirishga qaratilgan galdagi tadbir Ohangaron tumanidan ro‘xatdan o‘tgan "Metan Propan Ohangaron" MCHJda tashkil etildi.

✔️Mazkur korxonaning 2023-yil 15-noyabr holatiga 650,2
mln.so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnomalar yuborilgan. Talabnomalarda soliq majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarilishi, aks holda soliq xizmati organlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, 15 kundan so‘ng xatlov ishlarini amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

♻️Shunga qaramasdan, jamiyat tomonidan bugungi kungacha soliq qarzdorligi so‘ndirilmagan. Natijada soliq organi rahbari tomonidan chiqarilgan xatlov qarori bo‘yicha tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari xatlanib jarima maydonlariga joylashtirildi.

📌Shuningdek, Ohangaron tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan “ABC Oqqo`rg`on Agro Classter” MCHJda ham xatlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur korxonaning 2023 yil 15 noyabr holatiga 34,8
mlrd.so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, Soliq organlari tomonidan korxonaga soliq majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlashi yuzasidan talabnomalar yuborilgan bo‘lsa ham mavjud qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmagan.

🔺Shu asosida xatlov qarori chiqarilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar binolari Soliq qo‘mitasi xodimlari bilan birgalikda xatlandi, shuningdek, avtotransporti soliq qarzdorligi xisobiga xatlanib jarima maydoniga joylashtirildi.

💥Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 269,7 milliard so‘m soliq qarziga ega 597 ta ob’ektda xatlov tadbiri o‘tkazilib, 302 ta holatda 225,3 mlrd so‘m mablag‘ undirildi. Shu bilan birga, 597 ta qarzdorning 328,1
mlrd.so‘m soliq qarzdorligi hisobiga mol-mulklari, shundan 289 ta bino va inshoot, 91 ta transport vositalari va 217 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi.

🌱Aslida soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kimnidir jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas, aksincha mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#KESHBEK

Savol: Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Javob: Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.
#sayyor_qabul

⚡️ Bugun Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Olmaliq shahri 4-sektor hududida joylashgan 10-umumta’lim maktabida fuqarolar bilan sayyor qabuli o'tkazdi.

📌 Qabulda 46 nafar fuqaro ishtirok etib, ularning 18 nafari turli masalalar yuzasidan murojaat qildi va 8 tasi joyida hal qilindi.

Jumladan, 4-sektorda yashovchi "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turuvchi yoshga subsidiya asosida tikuv mashinasi va mehnat qurollari berildi. 9 nafar olimpiada sovrindorlari bo‘lgan yoshlarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

☑️2 nafar yoshlar daftariga turibchi fuqarolarga tikuv mashinalari ham berildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Korrupsiyaga_qarshi

VILOYATDA "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" OYLIGIGA START BERILDI

🔰Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabridan 14-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligiga start berildi.

📌Mazkur oyda jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilgan.

✔️Shuningdek, hududlarda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida bu illatning oldini olishga qaratilgan seminar, tadbir, davra suhbatlari hamda ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilishi belgilangan.
#Tadbirkorlik

TOSHKENT VILOYATIDA YANGI KORXONALAR SONI ORTMOQDA

🔰Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni jami 6 121 tani tashkil qilib, ularda aholi bandligi taʼminlanmoqda.

❗️Shu jumladan, hududlar kesimida:

Oqqo‘rg‘on tumani – 170 ta;
Ohangaron tumani – 221 ta;
Bekobod tumani – 300 ta;
Bo‘stonliq tumani – 258 ta;
Bo‘ka tumani – 235 ta;
Quyi Chirchiq tumani – 121 ta;
Zangiota tumani – 670 ta;
Yuqori Chirchiq tumani – 258 ta;
Qibray tumani – 459 ta;
Parkent tumani – 403 ta;
Piskent tumani – 142 ta;
O‘rta Chirchiq tumani – 286 ta;
Chinoz tumani – 135 ta;
Yangiyo‘l tumani – 226 ta;
Toshkent tumani – 418 ta;
Nurafshon shahri – 203 ta;
Olmaliq shahri – 252 ta;
Angren shahri – 297 ta;
Bekobod shahri – 215 ta;
Ohangaron shahri – 217 ta;
Chirchiq shahri – 411 ta;
Yangiyo‘l shahrida – 224 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Viloyatda sanoat korxonalari va tashkilotlari soni

2023- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 7334 tani tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoati (jami sanoatdagi ulushi 93,2 foiz), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (jami sanoatdagi ulushi 4,6 foiz), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish (jami sanoatdagi ulushi 1,7 foiz) va elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (jami sanoatdagi ulushi 0,6 foiz) tashkil etdi.
Chirchiq shahrida nechta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda?

⚡️2023- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Chirchiq shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 850 tani tashkil qildi va shundan 362 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.

Hududda nisbatan ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar bular savdo sohasida 905 ta, sanoat sohasida 454 ta va qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar 293 tani tashkil qildi.
#savol_javob

Savol: - Yakka tartibdagi tadbirkor daromadidan soliqlarni dеklorasiya asosida qanday to`laydi?

Javob:
-Yakka tartibdagi tadbirkor joriy yilning 25 yanvariga qadar yangi ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlar tadbirkorlik subektini ro'yxatdan o'tkazish chog'ida o'zi tanlagan daromad solig'ini to'lash tartibi haqida soliq organiga bildirish xatini beradi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning mazkur bildirish xatini soliq organiga bermasligi, uning daromad solig'ini qatiy belgilangan summada to'lashga roziligini bildiradi.

Shu bilan birga, yakka tartibdagi tadbirkor joriy yilning 1 fevraliga qadar yangi ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik subektlari ro'yxatdan o'tkazilgan oyning oxiriga qadar o'rtacha oylik daromadi miqdoridan kelib chiqib dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi va har oyda deklaratsiyada ko'rsatilgan summasida daromad solig'ini to'lab boradi.

Bunda, yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart.

Daromad solig'ini deklaratsiya asosida to'lashni tanlagan yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega.