Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.46K subscribers
12.5K photos
1.72K videos
113 files
3.98K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Bilganingiz_foyda

SOLIQ TO'LOVCHILARNING HUQUQLARI


🔸soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to'g'risida, soliq to'g'risidagi qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi to'g'risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdеk ularni to'ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bеpul olish;

🔸o'z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo'lgan malumotlarni olish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan asoslar mavjud bo'lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;

🔸soliqlar, pеnyalar va jarimalarning ortiqcha to'langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o'z vaqtida hisobga o'tkazish yoki qaytarish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to'lashni kеchiktirish yoki bo'lib-bo'lib tolash;

🔸soliq solish obеktlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va tolashda o'zlari yol qo'ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

🔸Soliq kodеksida muvofiq op'z hududida otkaziladigan sayyor soliq tеkshiruvini va soliq auditini o'tkazish chog'ida hozir bo'lish;

🔸sayyor soliq tеkshiruvi va soliq auditi matеriallari bilan tanishish, shuningdеk ushbu tеkshiruvlarning dalolatnomalarini olish;

🔸soliq tеkshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to'g'risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar boyicha tushuntirishlar bеrish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining Soliq kodеksida va (yoki) soliq to'grisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan talablarini bajarmaslik;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bolmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bеlgilangan tartibda shikoyat qilish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o'rni qoplanishini bеlgilangan tartibda talab qilish;

🔸Soliq kodеksida nazarda tutilgan hollarda, soliq tеkshiruvi matеriallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etish;

🔸soliq munosabatlari masalalariga oid oz manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o'z vakillari orqali ifodalash;

🔸soliq siriga rioya etish va uni saqlash.

🟢Soliq to'lovchilar Soliq kodеksida va soliq to'g'risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida bеlgilangan o'zga huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

Soliq to'lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bolish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdеk vakilning ishtirok etishi soliq to'lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.

Soliq to'lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tеgishli majburiyatlari bilan ta'minlanadi.

Soliq to'lovchilarning huquqlarini taminlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O'zbеkiston Rеspublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boladi.
#hamkorlik

Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi Nyu-Yorkda soliqlar va barqaror rivojlanish xalqaro muloqot dasturida ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari M. Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya AQSHning Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida tashkil etilgan xalqaro darajadagi “Soliqlar va barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha muloqot” dasturida ishtirok emoqda.

Tadbir doirasida nufuzli davlat arboblari va olimlar tomonidan soliqlarning barqaror rivojlanishga taʼsiri, xalqaro soliqqa tortishning dolzarb tendensiyalari kabi mavzularda taqdimotlar qilinmoqda.

Jumladan, Nobel mukofoti sohibi, Kolumbiya universiteti professori Joseph Stiglitz, XVJ boshqaruv direktori Kristalina Georgieva, Norvegiya Xalqaro rivojlantirish vaziri Anne Beathe Tvinnereim va bir qator xalqaro ekspertlar ma'ruzalari tinglandi.

Boʻlib oʻtayotgan tadbir yakunida rivojlangan davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar va soliq yoʻnalishidagi xalqaro darajadagi olimlar bilan Oʻzbekistonda kelgusida amalga oshiriladigan soliq maʼmurchiligi islohotlarida keng hamkorliklar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
__________________
#сотрудничество

Делегация Налогового комитета участвует в программе диалога по налогам и устойчивому развитию в Нью-Йорке

В настоящее время делегация Налогового комитета под руководством первого заместителя председателя М. Мирзаева участвует в программе международного уровня «Диалог о налогах и целях устойчивого развития», организованной в Колумбийском университете в Нью-Йорке, США.

В рамках мероприятия видные государственные деятели и ученые выступают с докладами на такие темы, как влияние налогов на устойчивое развитие, современные тенденции в международном налогообложении.

В частности, заслушаны лекции лауреата Нобелевской премии, профессора Колумбийского университета Джозефа Стиглица, директора-распорядителя Международного валютного фонда Кристалины Георгиевой, министра международного развития Норвегии Анне Беате Твиннерейм, а также целого ряда заслуженных международных экспертов.
 
По итогам проводимого мероприятия планируется создать предпосылки для налаживания широкого сотрудничества, включая взаимодействие с приглашенными экспертами из развитых стран и учеными международного уровня в области налогообложения в будущих реформах налогового администрирования в Узбекистане.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
93 mln so‘mdan ortiq aksiz markasiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

🔰Toshkent viloyati soliq xizmati organlari xodimlari hamda Bosh prokurotura huziridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda bir qator noqonuniy savdolar aniqlandi.

Mazkur tadbirlar davomida jami 93. 299. 000 so‘mlik aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga chek qo‘yilganligi aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

✔️Xususan, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Parkent tumani bo‘limi tezkor ma’lumotiga asosan, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.D ga tegishli bo‘lgan alkogol mahsulotlari omborxonasi kirib tekshirilganda, u yerda 2021-yilda faoliyati tugatilgan va hozirda mavjud bo‘lmagan “KOMSAR” MCHJ tomonidan 2023-yilda ishlab chiqarilganligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan yorliq yopishtirilganligi, ushbu MCHJ aksiz markasi bilan markalangan umumiy qiymati 69 mln. 116 ming so‘mlik har xil xajmli jami 14 turdagi 50 ming 53 dona alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi.

🔸Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar QFY, TXAY yoqasida joylashgan “ZANGIOTA GOLD STAR BUSINESS"ga qarashli alkogol mahsilotlari savdo tarmag‘ida navbatdagi Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida aksiz markasi shubhali bo‘lgan 5 turdagi 226 dona (shisha) umumiy qiymati 12mln 160 ming so‘mlik alkogol mahsulotlari vaqtichalik olib qo‘yildi.

♻️Shuningdek, Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ham mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.A aksiz markasiz 5 turdagi 10 ming 10 quti 12 mln so‘mlik tamaki maxsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu fuqaroga nisbatan belgilangan tartibda xujjatlar rasmiylashtirilib, tamaki mahsulotlari vaqtinchalik olib qo‘yildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QUYI CHIRCHIQ TUMANI_OBOD XONADON, OBOD KO‘CHA, OBOD MAHALLA
🔰 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi 4- sektor tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZANGIOTA TUMANI_BOJXONA, SOLIQ XODIMLARI VA TADBIRKORLAR UCHRASHUVI
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Toshkent viloyatida 93 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi


Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent tumani hamda Angren shaharlarida noqonuniy savdoga qoʻyilgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi.

📍Zangiota tumanida joylashgan doʻkondan 5 turdagi 226 dona qiymati 12,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Parkent tumanida fuqaroga tegishli omborxonadan 14 turdagi 5053 dona qiymati 69,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Angren shahrida 5 turdagi 1010 quti qiymati 12 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi hamda ular vaqtincha olib qoʻyildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————
#контрольные_мероприятия #алкоголь_табак

В Ташкентской области пресечена продажа алкогольной и табачной продукции на сумму 93 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, в
Зангиотинском, Паркентском районе, а также г.Ангрене Ташкентской области выявлена незаконная реализация алкогольной и табачной продукции.

Обнаружено и временно изъято:

📍из магазина в Зангиотинском районе - 5 видов алкогольной продукции в количестве 226 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 12,1 млн сумов;

📍со склада, принадлежащего гражданину, в Паркентском районе - 14 видов алкогольной продукции в количестве 5053 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 69,1 млн сумов;

📍в городе Ангрене - 5 видов табачной продукции в количестве 1010 пачек стоимостью 12 млн сумов без акцизных марок.

Оформленные по вышеуказанным случаям документы переданы в правоохранительные органы для принятия законных мер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM