Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.46K subscribers
12.5K photos
1.72K videos
113 files
3.98K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 14-noyabr kuni

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 14 ноября

на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_kodeksi
#82_modda

👨🏻‍💻Yuridik shaxs bolgan soliq tolovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini ozi hisobga olingan joydagi soliq organiga bеlgilangan shakllar bo'yicha elеktron hujjat tarzida taqdim etadi.

Yirik soliq tolovchilar, joylashgan yeridan qati nazar, soliq hisobotini Yirik soliq tolovchilar boyicha hududlararo soliq inspеksiyasiga taqdim etadi.
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz”
mavzusidagi onlayn seminar-trening quyidagi havola orali davom etmoqda

🌐👉 https://youtube.com/live/nZ-t-wpFM3g?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#JShODS

Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Paxta va yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi. “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan fermerlar uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Xarid chekini talab qilmaslik “yashirin iqtisodiyot”ga yo‘l ochadi

🔰Bugun Zangiota tumani soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvi sho‘basi xodimlari tomonidan tumandagi “Bek baraka” savdo majmuasi hamda Xo‘jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksi MCHJdagi tadbirkorlarga xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari noqonuniy ekanligi tushuntirildi.

♦️Tadbir avvali “Mo‘min xoji ota jome’ masjidi imom-xatibi ma’ruzasi bilan boshlanib, sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun onlayn-NKTdan xarid chekini taqdim etib, qonun doirasida faoliyat yuritish kerak ekanligi,  muqaddas Islom dinida  halol nasiba topish farzligi tushuntirildi.

Shuningdek, mazkur targ‘ibod tadbirda ishtirok etgan soliq organi xodimlari tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat’i nazar xaridorga berilishi xususida to‘xtalib o‘tdilar.

📍Aytish kerakki, iste'molchilar  tadbirkorlar tomonidan chek berilmaganligi uchun Soliq (mobil ilovasining "Soliq hamkor bo‘limi orqali shikoyat yo‘llashlari mumkin. Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik hamda  xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi bu esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#markirovka

🔰Toshkent viloyati Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari, tuman ichki ishlar bo‘limi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida nazorat tadbirli o‘tkazildi.

📍O‘tkazilgan tadbir davomida Zangiota tumani fuqarosi S.A. boshqaruvidagi «Neхia 2» rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, unda ushbu fuqaro tomonidan o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslardan sotib olingan va qayta sotish maqsadida aksiz markasi bo‘lmagan jami 871 quti, umumiy kiymati 12
mln.so‘mli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.Bu mahsulotlar vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi.

✔️Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15 noyabr

oktabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 ноября 2023 года последний день

за октябрь:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4 и 5 ст. 407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3 и 4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads