Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 25-noyabr

noyabr oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 ноября 2024 года последний день

за ноябрь:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/775

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Bilasizmi

"Avtokameral" soliq toʻlovchiga mavjud kamchiliklarni tuzatishga imkon beradi

“Avtokameral” tizimi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotidagi maʻlumotlar va tashqi manbalardan olingan axborotlarni solishtirish yoʻli bilan nomuvofiqliklarni aniqlaydi.

Soliq organi mavjud kamchiliklar toʻgʻrisida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.

Soliq toʻlovchi
10 kun ichida aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart va bu bilan soliq tekshiruvlari tayinlanishining oldi olinadi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Diqqat❗️

🔍 Qurilish materiallariga tegishli MXIKlarni tasnif.soliq.uz sayti orqali quyidagi qidiruv tugmalari bo‘yicha topishingiz mumkin:

▫️matn bo‘yicha;
▫️Qurilish resurslari milliy klassifikatori kodlari bo‘yicha;
▫️Excel jadvallari roʻyxatida.

☝🏻Soliq to'lovchilar uchun videoqo‘llanma.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ИКПУ

Внимание❗️

🔍 Найти нужный ИКПУ строительных материалов можно на сайте tasnif.soliq.uz через поиск:

▫️по тексту;
▫️по кодам Национального классификатора строительных ресурсов;
▫️в Перечне таблицы Excel.

☝🏻 В помощь налогоплательщикам - видеоинструкция.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Buxoroda 2024-yil 1-noyabr holatiga Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 25 916 tadan oshdi

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev “Yandeks”ning global bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashdi.

Taksi agregatorlari orqali yo‘lovchi tashish sohasida muvaffaqiyatli fiskalizatsiya bo‘yicha fikr almashildi.

Soliq maʼmurchiligida shaffof mexanizmlar kutilayotgan tushum ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirdi.

Dastlab yillik soliq tushumlari miqdori 100 milliard so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan edi, ammo haqiqatda 10 oyda 125 milliard so‘m byudjetga tushumlar taʼminlandi.

Ushbu natijalar kompaniya bilan hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini va yo‘lovchilarni tashish sohasida shaffof soliqqa tortishning ahamiyatini tasdiqlaydi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida shaffoflikni taʼminlash orqali faoliyat turlarini legallashtirish yo‘lida hamkorlik davom ettiriladi.
_______
#встреча

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев встретился с глобальным генеральным директором компании «Яндекс» Даниилом Шулейко.

Состоялся обмен мнениями по успешной фискализации в сфере пассажирских перевозок через агрегаторы такси.

Прозрачные механизмы налогового администрирования значительно повысили ожидаемые показатели поступлений.

Изначально планировалось, что в этом году сумма налоговых поступлений составит 100 млрд сумов, однако за 10 месяцев текущего года фактически обеспечено 125 млрд сумов.

Эти результаты подтверждают эффективность совместной работы и значимость прозрачного налогообложения в сфере пассажирских перевозок.

Дальнейшее сотрудничество будет продолжено в целях обеспечения прозрачности рынка и "обеления" других видов деятельности в сфере услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Xarid cheklarni taqdim etmaslik yoki toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Xarid cheklarni taqdim etmaslik yoki toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish bilan bogʻliq savdo qoidalariga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Soliq mobil ilovasi orqali “Soliq hamkor” bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilda xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi.

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#новое_в_законодательстве

В этом году частные детсады и школы воспользовались льготами на сумму 113,5 млрд сумов

Продлен срок действия налоговых льгот для частных детских садов и школ.

До 1 января 2030 года:


🔹частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов, кроме социального налога;

🔹зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

👉№ ПП-403 от 22.11.2024 г.

Для информации. Льготы сначала были предоставлены до 1 января 2021 года, затем продлены до 1 января 2025 года.

За 9 месяцев текущего года 679 частных детских садов и школ воспользовались налоговыми льготами на сумму 113,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#OAV_nigohida

“Yashirin iqtisodiyot” o’rnini tashabbuskorlik, shaffoflik egalladi


📌Joriy yil oktabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Buxoro viloyatidagi 544 ta mahallaga biriktirilgan 261 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) - 86,5 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda 88 nafar soliq inspektorlari 90 balldan yuqori, 9 nafar soliq inspektorlari esa 100 ball samaradorlik ko‘rsatgichlariga erishdilar.

100 ballilar qatorida viloyatimizning eng chekka hududi Olot tumanida faoliyat olib borayotgan soliq inspektori Dilshodbek Sharapov ham bor.

Bu haqida "Mahalla" gazetasining 75-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
BILASIZMI

Tomchilatib sug'orish tizimini joriy etgan soliq to'lovchilar uchun yer solig'idan imtiyozlar bor!

🔰Soliq kodeksining 428-moddasiga asosan tomchilatib, yomg'irlatib, diskret va boshqa suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e'tiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#elon

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Qurilish resurslari milliy klassifikatori Soliq qoʻmitasining 190 mingdan ortiq MXIKlari bilan uygʻunlashtirildi.

“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi va qurilish materiallari MXIKlari yuzasidan tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan savollar, ularni qiynayotgan masalalarga yechim berish maqsadida Soliq qo‘mitasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Texnik meʼyorlash va stnadartlashtirish ilmiy- tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Uchrashuv 2024-yil 27-noyabr kuni soat 11:00 da Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosida boʻlib oʻtadi.

📍Manzil: Abay ko‘chasi, 6
__________
#объявление

Вниманию предпринимателей, производящих строительные материалы!

Более 190 тысяч ИКПУ Налогового комитета приведены в соответствие с Национальным классификатором строительных ресурсов.

В целях решения вопросов предпринимателей, связанных с электронной платформой "Национальный классификатор строительных ресурсов" и ИКПУ строительных материалов, Налоговый комитет совместно с Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства, а также Научно-исследовательским институтом технического нормирования и стандартизации проведет открытый диалог.

Встреча состоится 27 ноября 2024 года в 11:00 в здании Министерства строительства и ЖКХ.

📍Адрес: улица Абая, 6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM