Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Viloyat 4-sektor rahbari Kogon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘inida aholini qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, kambag‘al oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda hududda ishsizlikni kamaytirish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman xalq qabulxonasi, tuman sektor rahbarlari, mahalla yettiligi va tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda 25 nafardan ortiq shu yerlik fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi.
Unda asosan moddiy yordam, dori-darmon, ichki yo‘llarni ta’mirlash, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq turli mazmundagi masalalar yuzasidan fuqarolar sektor rahbariga murojaat qildilar. Quvonarlisi murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.

Xususan, 5 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari, 6 nafar ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, 2 nafar nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachasi va shu kabi murojaat qilgan fuqarolarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, shu kuni ushbu mahallada xotin-qizlarni hamda ishsiz aholiga kasb o‘rgatib ularning bandligini ta’minlash maqsadida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazining ochilishi bo‘ldi.

Ochilish marosimida ishtirok etganlar, markazda yaratilgan shart-shoroitlar kasbga o‘rgatish xonalari bilan tanishdilar. Endilikda ushbu markazda xotin-qizlar tikuvchilik bo‘yicha o‘qitilib, ularga sertifikatlar beriladi. Ushbu sertifikatlar orqali ularning mahoratiga qarab doimiy ishga joylashtirilib boriladi.

Tadbirda tikuvchilik hunarini puxta egallagan markazning birinchi 5 nafar bitiruvchi xotin-qizlarga sertifikatlar topshirdi.

Bir so‘z bilan aytganda qilinayotgan bu kabi ishlar aholining mushkulini oson qilish, kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz aholini doimiy ish bilan band qilishdan iboratdir.


Тelegram | Facebook|Instagram
#Yashil_makon

Ayni kunlarda viloyat 4-sektor hududlarida “Yashil makon” - umummilliy loyihasi doirasida turli xildagi mevali hamda manzarali ko‘chatlarni ekish ishlari olib borilmoqda.

🌳 Bugun 4-sektordagi “Niyozxoji” mahalla fuqarolar yig‘ini yo‘l yoqqasida tuman 4-sektor boshchiligida 500 tupga yaqin mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.
👉Soliq kodeksining 60-moddasi

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar uchun ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish 3 kun ichida (QQSdan tashqari) amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun. Boshqa soliq toʻlovchilar uchun - 15 kun ichida qaytariladi.
👉Soliq kodeksining 104-moddasi

Eng yuqori “AAA” toifadagi reytingga ega tadbirkorlarda:

▪️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar bundan mustasno.
👉Soliq kodeksining 137-moddasi

▪️QQS summasi 1 kun ichida qoplab beriladi, shu bilan birga kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
👉Soliq kodeksining 274-moddasi

❗️Davlat korxonalari hamda ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50% miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan.
👉 OʻRQ-1000, 15.11.2024-yil
__________
#рейтинг_устойчивости

Рейтинг устойчивости предпринимателей предусматривает выявление и поощрение предпринимателей, осуществляющих деятельность с соблюдением требований законодательства.
👉ст.60 НК

Предпринимателям с высоким рейтингом устойчивости возврат переплаты по налогам осуществляется в течение 3-х дней (кроме НДС).
К сведению. Для остальных налогоплательщиков - в течение 15 дней.
👉
ст.104 НК

У предпринимателей с самым высоким рейтингом категории «ААА»:

▪️не проводятся налоговые проверки, кроме проверок, проводимых в рамках уголовных дел.
👉ст.137 НК

▪️сумма НДС возмещается за 1 день, а камеральная налоговая проверка при этом не проводится.
👉ст.274 НК

❗️Исключение составляют госпредприятия и юрлица с долей государства в уставном фонде (уставном капитале) в размере 50% и более.

Данные изменения и дополнения внесены в Налоговый кодекс Законом РУз.
👉№ ЗРУ-1000 от 15.11.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads