Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#BILASIZMI?

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLAR;

shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▫️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar),
▫️issiqxona xo‘jaligi,
▫️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▫️quyonchilik,
▫️asalarichilik,
▫️baliqchilik,
▫️bog‘dorchilik,
▫️limonchilik,
▫️gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar);

🔶dehqon xo‘jaligining a’zolari (bundan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar;

🔶mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

🔶O’zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

🔶ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar tomonidan ixtiyoriy tartibda soliq to‘lanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial

Voqealar rivoji tobora qizg‘in tus olmoqda.

Hilola og‘ir kunda Zafarga dalda berish o‘rniga uni tashlab ketdi. Uning ketishi kimga kerak edi?..

🎞Serialning navbatdagi qismini bugun soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling.

4-qism

👉 Serialni ko‘rish

▶️1-qism / ▶️2-qism / ▶️ 3-qism...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #4_sektor

Buxoro viloyati bo‘yicha 4-sektorlarda 126 ta mahalla, 98 877_ ta xonadon bor. Ularda 123 530 ga yaqin oila istiqomat qiladi, aholi soni 444 596 nafarni tashkil etadi.

I. Xatlov natijalari
:

Mahallalardagi 98 877 ta xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib 3 ta toifaga ajratildi:

▫️1-toifa –13 702 ta (14%) xonadon;
▫️2-toifa – 49 794 ta (51 %) xonadon;
▫️3-toifa –35 381 ta (35 %) xonadon.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #4_sektor

Aholi bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

Hokim yordamchilari ko‘magi bilan 37 842 nafar fuqaroni bandligi ta’minlandi.

Jumladan:
xatlov davomida ishlash istagini bildirgan 29 142 nafar fuqarodan, jami 24 504 nafari (84.1%) ishga joylashtirildi.

14 296 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi;

4 460 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmasiga
ega bo‘lish uchun o‘qishga yo‘naltirildi.

Shuningdek 8 989 ta oilaviy tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun 176 849 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Hisobot davrida jami 1 148 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil qilindi va 421 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati tiklandi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#QQS

QQS guvohnomasini qanday yuklab olish mumkin?

my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi.

“Xizmatlar” bo‘limidagi “Soliq hisobi” menyusidan “Yuridik shaxslarni QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatga qo‘yish” bandi tanlanadi.

"Yuborilgan arizalar" bo‘limida "Guvohnomani ko'rish" tugmasi bosiladi.

Shundan so'ng ekranda QQS to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma aks etadi. Hujjatni pdf formatida yuklab olish va QR-kodini skanerlab haqiqiyligini tekshirish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2023-yil 9-iyul soat 01:00 dan soat 03:00 gacha Soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
___________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 01:00 часов до 03:00 часов 9 июля 2023 года в Центре обработки данных Налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-iyul

iyul oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS” DASTURI DOIRASIDA BERILGAN SOLIQ IMTIYOZLARIDAN BOXABARMISIZ

MAZKUR FLAYER ORQALI DASTUR ISHTIROKCHILARIGA BERILGAN SOLIQ IMTIYOZLARI BILAN TANISHING.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

“ORAMIZDAGI ODAMLAR”

“Ayollar daftari”ga kiritilgan
xotin-qizlarning jamiyat hayotida o‘z o‘rnini topib olishi, uning faol ishtirokchisiga aylanishi va o‘z maqsadlarini amalga oshirishlari uchun berilayotgan ko‘maklar o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda.

Romitan tumani “Sho‘rcha” MFY hududida yashovchi Muhayyo Jo‘rayeva
ham 4-sektor va mahalla mas’ullarining ko‘magi bilan o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlaganidan xursand.

Bugungi kunda ushbu tadbirkor ayolning jamiyatda o‘z o‘rni va eng asosiysi o‘zi maqsad qilganidek tikuvchilik sexi bor.

Batafsil videoda.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Murojaat

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIGA 2023 YIL 1 IYUL HOLATIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARDAN 7 624 TA MUROJAAT KELIB TUSHGAN

Murojaatlarning:

🔹6 828 tasi
elektron ko‘rinishda,
🔹669 tasi yozma shaklda,
🔹127 tasi og‘zaki shaklda kelib tushgan.

Murojaatlarning:

🔸1 081 tasi
(14.2 %) jismoniy shaxslar va
🔸6 543 tasi (85.8 %) yuridik shaxslarga tegishli.

Murojaatlarning:

▫️4 688 tasi
(61.5%) qanoatlantirilgan,
▫️2 932 tasi (38.4%) bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari talablari tushuntirilgan,
▫️4 tasi (0.1%) rad etilgan.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
HURMATLI FUQAROLAR❗️

🌐Ayni paytda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida mol-mulk va yer soliqlarini to‘lab qo‘ygan fuqarolarga soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzi mavjudligi haqida sms xabar yuborilayotgani xususida xabarlar tarqalmoqda.

🔰O’rni kelganda aytish kerakki, Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔸Joriy yilning 15 apreliga qadar Buxoro shahrida egaligida mol-mulki bo‘lgan jami 80 845 soliq to‘lovchilarning 35 845 nafari o‘z fuqarolik majburiyatini anglagan holda mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan muddatda to‘lab qo‘yganlar.

🔸Biroq, belgilangan muddatlarda to‘lov xabarnomalari yetkazilganligiga qaramasdan hisoblangan soliq to‘lovlarini amalga oshirmagan 45 000 nafar fuqarolarga Buxoro shahar soliq inspeksiyasi ma’muriyati tomonidan sms xabarnomalar yuborilgan. Afsuski, aloqadagi texnik nosozlik tufayli ushbu sms xabarnomalar fuqarolarning uyali telefon raqamlariga yuborilgan kundan bir necha kun o‘tib yetib borganlik holatlari ham uchrab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar soliq xizmati organlariga bormasdan turib, soliq to‘lovlari bilan bog‘liq barcha harakatlarni o‘zida jamlovchi «SOLIQ» mobil ilovasi orqali amalga oshirishlari mumkin.

✳️To‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan avtomatik ravishda soliq organlarining axborot tizimiga o‘tkaziladi va soliq to‘lovchining shaxsiy kartalariga joylashtiriladi.

🔸Shuningdek, to‘lovlarni «To‘lov reyestri» bo‘limidan tekshirish imkoni mavjud. Har bir amalga oshirilgan to‘lov bo‘yicha foydalanuvchiga xabar beriladi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
2023-yil yanvar-iyun oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 %ga yetdi.

E`tiborlisi, bu borada Buxoro viloyati ham yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan viloyatlar qatorida bo‘lib, soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni ixtiyoriy to‘lanish darajasi 95% ni tashkil etmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
#hamkorlik

XVJ va OTB missiyasi soliq ma'muriyatchiligiga baho beradi

Soliq qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mutaxassislari rahbarligida Soliq ma’muriyatchiligini diagnostik baholash vositasi (TADAT) missiyasi o‘tkazilmoqda.

▫️Iyun oyida soliq organlari xodimlari uchun soliq ma'muriyatchiligini diagnostika baholash vositasidan foydalanish bo'yicha o'quv seminari o'tkazilgan
▫️Aprel oyida XVJ missiyasi soliq xavflarini boshqarish tizimini oʻrgangan

👉Batafsil
_______________
#сотрудничество

Миссия МВФ и АБР проводит оценку налогового администрирования

С 10 по 26 июля в Налоговом комитете под руководством специалистов Международного валютного фонда (МВФ) и Азиатского банка развития (АБР) проходит Миссия по Диагностической оценке налогового администрирования (TADAT).

▫️В июне для сотрудников налоговой службы проводился семинар-тренинг по применению инструмента диагностической оценки налогового администрирования
▫️В апреле миссия МВФ
изучила систему управления налоговыми рисками

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning JShSHIR (PINFL)ini kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram | Facebook|Instagram