Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qurbon_hayiti

HURMATLI YURTDOSHLAR HAMDA
VILOYATIMIZ TADBIRKORLARI!


Sizlarni islom olamining muqaddas bayrami Qurbon hayiti ayyomi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlarga oilaviy baxtu saodat, sihat-salomatlik, barcha ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Qurbon hayit ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin.

Hurmat bilan,

Maqsud MAMATXANOV,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram
#yoshlarkuni

Bayramingiz bilan, Oʻzbekiston yoshlari!

Qadrli yoshlar, Vatanimiz kelajagi boʻlgan Siz azizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala boʻlib kelgan.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda kelajagimiz egalarini zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydondalarda erkin raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan islohotlar yanada jadallashdi.

Xususan, soliq sohasi uchun zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, yuksak salohiyatli yosh kadrlarni yetishtirib berayotgan Fiskal institut hamda Toshkent, Buxoro va Fargʻona soliq texnikumlari ham ushbu islohotlar mahsulidir.

Hozirda Fiskal institutda 3 ming nafarga yaqin, soliq texnikumlarida 700 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz zamoaniviy bilimlarni puxta egallamoqda.

Ushbu taʼlim dargohlarida
tahsil olayotgan yoshlar muqaddas Vatanimizning fidoyi, jasur, bilimdon va baxtli yoshlari boʻlib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

Berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ulkan yuksak dovonlardan oshib, doimo sharafli yoʻllardan yuring, taraqqiyot choʻqqilarini egallashga intilib yashash doimiy hamrohingiz boʻlsin!

Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalar asosiga qurilayotgan bugungi zamon Sizlardan Yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagi uchun yanada koʻproq oʻqib-oʻrganishni, bashariyat tamadduniga xizmat qiluvchi olamshumul kashfiyotlar qilib millat shaʼni va qadr-qimmatini yanada yuksaklarga koʻtarishni talab etadi.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilaymiz.

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-iyuldan...

🔸2024-yil 1-iyulga qadar issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JShODS qaytarib beriladi;

🔸O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilindi.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2023 года...

🔸до 1 июля 2024 года
из республиканского бюджета возвращается НДФЛ по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток;

🔸отменены льготы по НДС, предоставленные по услугам подразделений охраны Национальной гвардии РУз.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#oʻzini_oʻzi_band_qilish

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNING IMKONIYATLARI

🔹Ro‘yxatadan o‘tgan shaxslarning mehnat faoliyati qonuniylashtiriladi;

🔹Tijorat banklarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹Mehnat stajining hisobi yuritiladi;

🔹 Soliq to‘lamaydi;

🔹Shartnoma asosida tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi;

🔹Oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq hisobotlari topshirmaydi.


Тelegram | Facebook|Instagram
ISSIQXONAGA IXTISOSLASHGAN YER MAYDONI ISHCHILARINING DAROMAD SOLIG'I QAYTARIB BERILADI

Тelegram | Facebook|Instagram
#QQS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:

- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;

- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoroda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 11,2 mlrd. soʻmlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi

2023-yil 1-iyun holatiga:

🔹xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi uchun qoʻllanilgan jarimalar summasi hisobdan chiqariladi;

🔹ushbu jarimalarni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
👉 PQ-192-son 14.06.2023-yil

Mazkur qaror qabul qilinishi natijasida:
▪️100 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qoʻllanilgan jarima boʻyicha yuzaga kelgan 11,2 mlrd.soʻm miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi;

▪️114 ta subyektga 68,7 mlrd.soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar koʻrib chiqilishi toʻxtatiladi;

▪️161 ta subyektga 13,1 mlrd.soʻm miqdorida jarima qoʻllash yuzasidan koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
✔️ Biz bilan albatta muvaffaqiyatga erishasiz!

☑️ Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut quyidagi yo‘nalishlarda abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi:

💠 Bakalavriat, kunduzgi ta'lim

🟣 Soliqlar va soliqqa tortish
🟣 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🟣 Buxgalteriya hisobi va audit
🟣 Raqamli iqtisodiyot
🟣 Ma'lumotlar ilmi
🟣 Xalqaro soliqqa tortish (Qo‘shma ta'lim dasturi)

💠 Bakalavriat, sirtqi ta'lim

🔴 Soliqlar va soliqqa tortish
🔴 Buxgalteriya hisobi va audit

💠 Magistratura

🟣 Soliq siyosati va ma'murchiligi
🟣 Buxgalteriya hisobi

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial


📹 "Qora tuynuk sxemasi" serialini 3-iyuldan, har kuni soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling

1-qism

👉 Serialni ko‘rish
«20 MING TADBIRKOR — 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS»
DASTURI AMALDA

🔸Ushbu dastur ishtirokchilari uchun soliqqa tortish yo‘nalishida imtiyoz va yengilliklar bor.

🔸Dasturda kamida ikki yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

👉
PF-93-son 12.06.2023

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial

📹 "Qora tuynuk sxemasi" serialining navbatdagi qismini bugun soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling.

2-qism

👉 Serialni ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatida 2023-yil 1-iyun holatiga oxirgi 6 oy mobaynida
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan
🔸8 871 nafar YaTTning
qat’iy soliqdan 3 027 329 mlrd so‘m,
🔸20 004 nafar
YaTTning ijtimoiy soliqdan 14 802 253 mlrd so‘m vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi hisobdan chiqarildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mobil_ilova

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari❗️

Firibgarlik holatlari ortib borayotgani sababli Soliq mobil ilovasida avtorizatsiya qilishda telefon raqamlaringizga SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermasligingizni so‘raymiz.

Begonalar shaxslarga ishonmang!

Roʻyxatdan oʻtgan cheklar va keshbeklar boʻyicha barcha kerakli maʼlumotlarni Soliq ilovasining oʻzidan olish mumkin.

Ilovadan foydalanishda texnik muammolarga duch kelsangiz, @soliq_mobililova_murojaatlar_bot Telegram boti orqali ariza qoldiring❗️

Qo'shimcha savollar uchun 1198 telefon raqami orqali 7/24 tartibida uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi call-markaziga murojaat qiling.

Ogoh bo‘ling!
___________
#мобильное_приложение

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq❗️

В связи с участившимися случаями мошеннических действий просим вас при авторизации в мобильном приложении Soliq никому не передавать коды подтверждения, высылаемые SMS-сообщениями на ваши номера телефонов.

Не доверяйте посторонним лицам!

Всю необходимую информацию
по зарегистрированным чекам и кешбэку можно получить в самом приложении Soliq.

Если вы столкнулись с техническими неполадками при использовании приложения, оставьте заявку через Telegram-бот @soliq_mobililova_murojaatlar_bot❗️

По дополнительным вопросам обращайтесь в круглосуточный call-центр по номеру 1198.

Будьте бдительны!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial

📹 "Qora tuynuk sxemasi" serialining navbatdagi qismini bugun soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling.

2-qism

👉 Serialni ko‘rish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan romitanlik Shoxrux Narziyevga bir yil avval o‘z uyida oilaviy tadbirkorligini boshlashi uchun 4-sektor tomonidan ko‘mak berilgan edi.

Qisqa fursatda ushbu yosh tadbirkor berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib mo‘jazgina tikuv korxonasini kengaytirgan holda qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratdi.

Batafsil videoda.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Bilasizmi?

🔸Savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni istisno etgan holda

yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq summasining miqdori yiliga
bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan bir baravarigacha miqdorga kamaytirildi.

🔸Shuningdek shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida faoliyatning ayrim turlari bilan band bo‘lgan fuqarolar tomonidan tomorqa yer uchastkasi maydonidan hamda ular parvarish qilayotgan uy hayvonlari va parrandalar sonidan qat’i nazar, ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lashlari mumkin.

✔️Eslatma:

Ushbu tartibda ish staji hisobga olinishi uchun fuqaro ijtimoiy soliqni to‘lashi lozim.

👉O`RQ-847 16.06.2023

Тelegram | Facebook|Instagram