Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
8.68K subscribers
19.7K photos
2.02K videos
64 files
5.67K links
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi

• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
Download Telegram
#Call_markaz
#Qabul_2023

CALL-MARKAZ: ENG KO'P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Men uning hujjatlarini bir vaqtning o'zida bir nechta maktabga topshirmoqchiman. Buning imkoni bormi?

Joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha farzandingizni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha mikrohudud doirasida belgilangan umumta'lim maktabiga ariza yuborishingiz mumkin. Yashash manzili bo'yicha mikrohududga biitktirilgan umumta'lim maktabi avtomatik belgilanadi.

Umumta'lim maktablarining o'quvchi o'rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta'limlanganligi, sinf xonalarining o'quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumta'lim maktablarining bo'sh o'rinlariga mikrohuddan tashqari qo'shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.

Shunga ko'ra, 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida joylashgan maktabning 1-sinfiga farzandingizni qabul qilish bo'yicha ariza yuborishingiz mumkin.

My.maktab.uz ilovasi orqali ariza topshirayotganimda, "avval bu raqam bilan ro‘yxatdan o‘tilgan" degan yozuv chiqib qolyapti. Bunday holatda nima qilishimiz kerak?

Siz ro‘yxatdan o‘tish uchun kiritgan telefon raqami orqali tizimda avval ham ro‘yxatdan o'tish amalga oshirilganligi sabab shu xatolik yuzaga kelgan. Bunday holatda siz my.maktab.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan boshqa raqam bilan qaytadan ariza to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

Men Qozog‘iston fuqarosiman. Hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilyapman. Men 7 yoshga to‘lgan farzandimni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha ariza topshira olamanmi?

Ha, topshira olasiz. Bunda my.maktab.uz hamda my.gov.uz platformalarida “chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from ITSM
#Call_markaz
#Qabul_2023

📞 КОЛЛ-ЦЕНТР: ОТВЕТЫ НА САМЫЕ ЧАСТО ЗАДАВАЕМЫЕ ВОПРОСЫ

В этом году мой ребенок пойдет в 1 класс. Я бы хотела подать его документы в несколько школ одновременно. Это возможно?

С 20 июня по 31 июля текущего года, Вы можете подать заявление о приеме ребенка в 1 класс общеобразовательной школы, находящегося в пределах микрорайона. Общеобразовательная школа, зарегистрированная в микрорайоне, автоматически определяется по адресу проживания.

В зависимости от количества учащихся в общеобразовательных школах, обеспеченности квалифицированными педагогическими кадрами, оснащения аудиторий учебной мебелью на cвободные места могут быть приняты дополнительные дети.

Соответственно, с 1 по 15 августа Вы можете подать заявление о приеме Вашего ребенка в 1 класс школы, расположенной за пределами микрорайона.

При подаче заявки через приложение My.maktab.uz появляется надпись "ранее зарегистрированы с этим номером". Что надо делать в этой ситуации?

Данная ошибка возникла в связи с тем, что в системе уже была произведена регистрация по указанному Вами мобильному номеру. В этом случае, Вам необходимо заново заполнить заявку с другого мобильного номера, не зарегистрированного в системе my.maktab.uz.

Я гражданин Казахстана. В настоящее время я живу в Узбекистане. Могу ли я подать заявление о приеме 7 летнего ребенка в 1 класс?

Да, можете подать. В этом случае, Вы можете воспользоваться услугой «Прием детей иностранных граждан и лиц без гражданства в общеобразовательные учебные заведения Республики Узбекистан» на платформах my.maktab.uz и my.gov.uz.

Ссылка на официальные страницы Министерства:
📱telegram |😃Youtube |😁Facebook | 😄Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Call_markaz

Biz turmush o‘rtog‘imning ishlari tufayli Toshkent shahrida yashaymiz, ammo Navoiy shahrida doimiy ro‘yxatda turamiz. Farzandimni 1-sinfga hujjatlarini topshirayotganda harbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapmiz. Bundan holatda qanday yo‘l tutishimiz kerak?

Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilida 43 ta tuman va shaharlarda 1-sinfiga qabul jarayonlari onlayn shaklda, ya’ni vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Qabul jarayonlari birinchi navbatda joriy yilning 31-iyuliga qadar umumta’lim maktablariga hokimliklar tomonidan biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1-avgustdan boshlab esa mikrohududdan tashqari ya’ni bir tumandan boshqa tumanga, 10-avgustdan esa istalgan hududdan (chegarasiz) qabul jarayoni amalga oshiriladi. Qabul jarayonlari 15-avgustda yakunlanadi.

Siz Toshkent shahrida vaqtincha yashash joyingiz bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, joriy yilning 10 avgustidan so‘ng farzandingizni maktabga joylashtirish uchun ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘g‘lim Yangihayot tumanidagi 8-sonli maktabning 1-sinfini tugatdi. Keyingi o‘quv yilida o‘g‘limni o‘qishini ish joyimga yaqin bo‘lgan boshqa maktabga o‘zgartirmoqchiman. Maktabdan maktabga ko‘chirish jarayonlari boshlandimi?

O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish ota-onalarning murojaatlari asosida o‘quv yili davomida yoki yozgi ta’til davrida amalga oshiriladi. Buning uchun siz, vazirlikning elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda ariza berishingiz kerak.

❗️Yuborilgan arizalar 3 ish kunida o‘quvchi ko‘chiriladigan maktab ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilib, ariza beruvchining farzandini maktabga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi (sabablari ko‘rsatiladi) haqida ma’lumot tizimga yuklanadi.
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Mening yashash manzilim qaysi maktab mikrohududiga kirishini qayerdan bilib olsam bo‘ladi?

Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz elektron portalida yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni kiritib, farzandingizni taʼlim olish tilini tanlaganingizdan so'ng qidirish tugmasini bosasiz. Shundan so'ng, oynada yashash manzilingiz qaysi maktab mikrohududiga biriktirilganligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi.

Bundan tashqari har bir maktabda ota-onalarga qulay bo‘lgan, barchaga ko‘rinadigan joyda 1-sinfga qabul jarayonlariga oid, jumladan, mikrohudud haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladi
.

Farzandimni 1-sinfga topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn ariza berib bo‘lganimdan so‘ng, shaxsiy maʼlumotlarimda xatoliklar aniqlansa, ularni qay tartibda to‘g‘irlashim mumkin?

Bunda arizangiz maktabga yuborilgan bo‘lsa, maktab tomonidan arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab, qayta ariza berishingiz mumkin.

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanlarimni maktabga joylashtirish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?

  Ha, topshirish mumkin. Bunda elektron platformada shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirishingiz kerak bo'ladi.

Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi”- 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#call_markaz

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA.

📥 2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan:

Prezident maktablariga 62 062 ta;
Ijod maktablariga 5 512 ta;
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42 785 ta;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 019 ta.

📊 Hozirgi kunda "Qabul-2024" jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli call-markazga bir paytning oʻzida minglab murojaatlar boʻlayotganligi sababli ushbu raqamga bir martada bogʻlana olmasligingiz mumkin.

📶 Shu sababli 1206 qisqa raqamiga qaytadan qoʻngʻiroq qilib savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?

Bunda Siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening maʼlumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlashingiz, songra "Saqlash" tugmasini bosib, qayta ariza yuborishingiz kerak boladi.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirish mumkinmi?


Yo‘q, Siz dastlab joriy yilning 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustga qadar esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini qanday tartibda maktabga joylashtiradi?

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portalining my.gov.uz platformasida “Сhet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi” — 71-203-07-04 murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM