Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим
❓ Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha ochmoqchiman. Buning uchun tanlovda ishtirok etamanmi? Mendan qanday hujjatlar talab qilinadi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi Nizom talablariga ko‘ra, xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan, nodavlat MTTni moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida tashkil etilishi mumkin.
Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖ariza;
➖yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖binolarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;
➖sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;
➖xususiy sherik pedagogika xodimlarining oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumoti borligini tasdiqlovchi hujjatlar.
❗️Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
👉 Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#мактабгача_таълим
❓ Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha ochmoqchiman. Buning uchun tanlovda ishtirok etamanmi? Mendan qanday hujjatlar talab qilinadi?
Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖ariza;
➖yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖binolarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;
➖yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;
➖sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;
➖xususiy sherik pedagogika xodimlarining oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumoti borligini tasdiqlovchi hujjatlar.
❗️Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
👉 Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўраган_эдингиз
❓ Maktablardagi sinf doskalarini taʼmirlash qay tartibda tashkil etiladi?
❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-241-son qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga:
➖ hududdagi maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash;
➖ maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari qoʻyilgan.
👉 Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining IV guruh xarajatlari tegishli tuman va shaharlar budjetlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
📍 Shunga muvofiq, umumtaʼlim muassasalari rahbari mahalliy hokimliklar tomonidan umumtaʼlim muassasalarini moddiy-texnik bazasani mustahkamlash uchun ajratilayotgan tegishli mablagʻlar hisobidan sinf doskalarini taʼmirlash va boʻr sotib olishni taʼminlaydi.

#ustama
❓Mentor-oʻqituvchilarga ustamalar belgilanishi haqida xabar berilgandi. Ushbu ustama miqdori qancha va qachondan boshlab toʻlanadi?
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida bu haqida aytib oʻtilgan. Unga koʻra:
➖ 2025-yil 1-yanvardan boshlab — barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.
❗️ Mentor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
👉 Maʼlumot uchun: Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

👍3
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifa
❓Oliy taʼlim muassasasida musiqiy yoʻnalishda dars beraman, ilmiy unvon (PhD)ga egaman. Maʼlum sabablarga koʻra uyimiz yonidagi bogʻchada musiqa rahbari sifatida ishlamoqchiman. Shunda menga qaysi toifasi boʻyicha oylik toʻlanadi, buning uchun nima qilishim kerak?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda bu haqida toʻxtalib oʻtilgan. Unga koʻra:
➖ ilgari attestatsiyadan oʻtmagan holda ishga yangi qabul qilingan fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlarga oliy malaka toifasi beriladi.
👉 Buning uchun pedagoglar toʻgʻridan-toʻgʻri, attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifasi sertifikatini olish uchun bevosita pedagog.uzedu.uz, my.gov.uz yoki davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishi lozim.
❌ Ushbu davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
❗️ Mazkur murojaat oʻrnatilgan tartibda (20 kun muddatda) koʻrib chiqiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda, murojaatchiga QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikat beriladi.

❓ Attestatsiyada qatnashish uchun qanday hujjatlar topshiriladi? Eshitishimcha, qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi hujjat ham kerak ekan, shu rostmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda ushbu tartib koʻrsatib oʻtilgan.
➖ Unga koʻra, nomzod pedagog tomonidan oʻrnatilgan tartibda toʻldirilgan soʻrovnomaga pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma) ilova qilinadi.
✅ Shuningdek, agar nomzod pedagogning qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi mavjud boʻlsa, u ham taqdim etiladi.
❌ Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
❗️Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi.
👉 Maʼlumot uchun: notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

❓ Men birinchi malaka toifa olganimga besh yil boʻldi. Maktabimiz direktori toifa uchun bu yil qayta imtihon topshirishimni aytyapti. Shunda men majburiy imtihon topshiramanmi yoki ixtiyoriy? Agar oʻtolmasam, hozirgi malaka toifamdan ayrilamanmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:
➖ pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
❗️ Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Shuning uchun pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.
✅ Amaldagi tartibga koʻra, majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan birinchi malaka toifasiga ega pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra:
➖ 80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa, oliy malaka toifasiga ega boʻlgan;
➖ 70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa, attestatsiyadan oʻtgan hamda birinchi malaka toifasini saqlab qolgan;
➖ 70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va ikkinchi malaka toifasiga tushiriladi.
👉 Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

👍1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#сўраган_эдингиз
❓ Maktab oshxonalarida oʻquvchilar uchun qaysi oziq-ovqatlar tavsiya etilgan?
✅ “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” (Adliya vazirligi tomonidan 2021-yilda 32-raqam bilan hisobga olingan)da bu haqida batafsil maʼlumot keltirib oʻtilgan.
➖ Umumtataʼlim muassasalaridagi bolalar va oʻsmirlar uchun isteʼmolga tavsiya etiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti
➖Umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari roʻyxati
❤️ Telegram 🌐 Facebook

❓ Men navbatdan tashqari malaka sinovlarida qatnashish uchun fevral oyining soʻnggi kunida murojaat yuborgandim. Ammo shaxsiy kabinetimda arizam qabul qilinganligi haqida maʼlumot chiqmayapti. Murojaatimni qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilsam boʻladi?
✅ Avvalo shuni aytib oʻtishimiz lozimki, joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilishi belgilangan malaka sinovlarida ishtirok etish uchun barcha murojaatlar 1-martga qadar, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun yuborilgan murojaatlar uchun toʻlovlar 10-martga qadar qabul qilindi.
❗️Agar siz ushbu vaqtlarga qadar murojaat yuborgan (toʻlov qilgan) boʻlsangiz, arizangiz ayni vaqtda oʻrganish jarayonida. Oʻrnatilgan tartibga koʻra, ushbu jarayonlar 25-30 kun vaqtni oʻz ichiga oladi.
👉 Shu vaqt ichida sizga oʻrganish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetingizga xabar yuboriladi.

#mukofot_puli
❓ 1-oktabrda oʻqituvchilarga berilayotgan mukofot puli oshganligi haqida eshitdim. Shu toʻgʻrimi, toʻliqroq maʼlumot bersangiz?
✅ Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan sohaga doir qator qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritildi.
❗️Xususan: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:
➖ umumtaʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlariga “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Direktor jamgʻarmasi hisobidan berilayotgan mukofot puli miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi (ushbu oʻzgarishga qadar bu miqdor mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 50 foizigacha etib belgilangan).
👉 Bu muhim: mukofot miqdori Direktor jamgʻarmasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablagʻlari doirasida belgilanadi.

#2_savolga_2_javob
❓ Maktab bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar aynan qaysi oʻquvchilarga beriladi?
❗️ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:
➖ Oltin medal — umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha choraklik, yillik va yakuniy nazorat baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga;
➖ Kumush medal — umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
❓Oltin va kumush medallar uchun oliy taʻlim muassasasiga kirishda imtiyozlar beriladimi?
❗️Mazkur Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilarga imtiyozlar berilishi koʻzda tutilmagan.
👉 Ushbu taqdirlashdan asosiy maqsad, oʻquvchilarni taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish va iqtidorli oʻquvchilarning bilimini ragʻbatlantirishdan iboratdir.

#инклюзив_таълим
❓Nodavlat maktablarda ham inklyuziv sinflar tashkil etish mumkinmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:
➖ nodavlat taʼlim tashkilotlari ham barcha zarur sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etishlari mumkin.
➖ Nodavlat taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
👉 Maʼlumot uchun: Nizomga muvofiq, inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etishdagi asosiy talablardan biri — oʻquvchilarning maktab binosi ichida harakatlanishi va taʼlim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#инклюзив_таълим
❓Nodavlat maktablarda ham inklyuziv sinflar tashkil etish mumkinmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:
➖ nodavlat taʼlim tashkilotlari ham barcha zarur sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etishlari mumkin.
👉 Maʼlumot uchun: Nizomga muvofiq, inklyuziv taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarni tashkil etishdagi asosiy talablardan biri — oʻquvchilarning maktab binosi ichida harakatlanishi va taʼlim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Сўраган_эдингиз
❓CHQBT rahbarlariga qanday imtiyozlar beriladi?
✅ CHQBT rahbarlariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi hamda mazkur pedagoglar uchun belgilangan yillik mehnat taʼtillari berilishi belgilangan.
❗️ Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi tegishli Farmoni asosida CHQBT rahbarlariga:
➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli;
➖ uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pulli kompensatsiya toʻlanadi.
👉 Maʼlumot uchun: 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 ta shtat birligidan iborat CHQBT rahbari lavozimi joriy etib boriladi.

#Qabul_2025
❓Bu yil farzandim 1-sinfga boradi. Biz yashaydigan mahallada ikkita yonma-yon 7- va 17-sonli maktablar bor. Uyim maktabga biriktirilganligini qanday aniqlasam bo‘ladi?
✅ Аmaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maktablarga yaqin hududlar (mahalla, ko‘cha, ko‘p qavatli uylar) maktablarga biriktiriladi.
Shuningdek, Vazirlikning my.maktab.uz elektron portalida yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan maktabni topish imkoniyati yaratilgan.
Buning uchun, yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib, farzandingizni ta’lim olish tilini tanlab qidirish tugmasini bossangiz qaysi maktabga biriktirilganligi bilib olishingiz mumkin.
❗️Bu bo'yicha vazirlik tomonidan videoyo'riqnoma ham tayyorlangan.
❓Farzandimni maktabga joylashtirish uchun onlayn ariza topshirmoqchi edim, ammo "avval ro‘yxatdan o‘tgan" degan xabar chiqmoqda. Bu masalada kimga murojaat qilishim kerak?
✅ Siz ro‘yxatdan o‘tish uchun kiritgan telefon raqami orqali my.maktab.uz tizimida avval ham ro‘yxatdan o‘tilganligi sababli shu xatolik yuzaga kelgan.
Qayta ariza topshirish uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan boshqa telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki “Call markazi”mizga
71-203-07-04, 71-203-04-03 murojaat qilishingiz mumkin.
❓Elektron platforma orqali ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Yashash manzilim topilmadi” degan yozuv chiqmoqda, nima qilish kerak?
✅ Bu holatda siz hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yoki tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak. Yashash manzilingizni elektron platformaga kiritilganidan so‘ng, ariza bera olishingiz mumkin.
🌍 🌍 🌍 🌍 🌍 🌍

Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025
❓ Elektron platforma orqali оnlayn ariza topshirmoqchi edim, texnik xatolik chiqmoqda. Sababi avval katta farzandimni ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamim o‘chib ketgan. Yangi telefon raqamimni ro‘yxatdan o‘tkazsam bo‘ladimi?
✅ Siz avval ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, “Call markazi”mizga 71-203-07-04, 71-203-04-03 murojaat qilishingiz mumkin.
❓ Men Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy klinikada ishlayman. Farzandimni Chirchiq shahridagi maktabga emas, ish joyimga yaqin bo‘lgan maktabga joylashtirsam bo‘ladimi?
✅ Albatta, buning uchun 15-avgustdan keyin Siz mikrohududdan tashqari hududlar bo‘yicha tanlagan maktabingizga farzandingizni joylashtirish uchun ariza bilan (elektron qabul amalga oshirilayotgan hududlarda elektron tizim orqali) murojaat etishingiz mumkin.
Bunda tanlagan maktabingizda o‘quvchi o‘rni, malakali pedagoglar bilan ta’minlaganligi, sinf xonalarning o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, qabul jarayoni amalga oshiriladi.

❤1🔥1
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025
❓ Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsam bo‘ladimi?
✅ Yo‘q, dastlab joriy yilning 31-iyuligacha faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustgacha esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.
❓ Men xorijiy davlat fuqarosiman. Farzandimni O‘zbekistondagi maktabga 1-sinfga qo‘ya olamanmi? Buning tartibi qanday?
✅ Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portali my.gov.uz platformasida “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

❤1
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2025
❓Farzandim yashash hududimga biriktirilgan maktabga elektron platforma orqali onlayn qabul qilib bo‘linganidan so‘ng, fikrim o‘zgarsa — yana boshqa maktabga ariza yubora olamanmi?
✅ Agar ariza maktab tomonidan qabul qilib bo‘lingan bo‘lsa, arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, 1-avgustdan boshlab shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab qayta ariza bera olasiz.
Tanlangan maktabdagi bo‘sh o‘rinlardan kelib chiqib, farzandingiz mazkur maktabga qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida tashkil etilgan “Call markazi”ga 71-203-07-04, 71-203-04-03 murojaat qilishingiz mumkin.
❓ Elektron platforma orqali ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Yashash manzilim topilmadi” degan yozuv chiqmoqda, nima qilish kerak?
✅ Bu holatda siz hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yoki tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak. Yashash manzingiz elektron platformaga kiritilganidan so‘ng, ariza berishingiz mumkin.

#kasbiy_sertifikatlash
❓Men ishga kirganimga bir yil toʻlmasdan tugʻruq taʼtiliga chiqqan edim va joriy yil boshida ishga qaytdim. Maktabimiz rahbari yangi oʻquv yilidan dars berishim uchun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishim lozimligini aytyapti, shu toʻgʻrimi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga asosan, pedagogik kasbiga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozimligi belgilangan.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ga koʻra, quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:
➖ homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar (taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖ pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);
➖ uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar (davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida);
➖ uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar (ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida).
❗️ Bundan koʻrinib turibdiki, siz qaror talablariga binoan keyingi yil oʻtkaziladigan kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishingiz tavsiya etiladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Мактабгача_таълим
❓Ota-ona 1 nafar farzandni joylashtirishda nechtagacha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga navbatga qo’ysa bo’ladi?
❓7 yoshga to’lgan bolalar maktabga chiqqach, bog’chalarda joy bo’shaydi. Navbat tezroq keladimi?
❓Yo’llanmani olgach, uni qancha muddat ichida rasmiylashtirish kerak?
✅ Shu kabi muhim savollarga vazirlik Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti bo’lim boshlig’i Gulbahor Parpiyeva javob berdi.

❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим
00:01 dan boshlab➡️ maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?
02:13 dan boshlab➡️ 2 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish mumkinmi, buning tartibi qanday??
👉 Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Gulbahor Parpiyeva batafsil javob beradi.
🌍 🌍 🌍 🌍 🌍 🌍
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#мактабгача_таълим
00:01 dan boshlab
02:13 dan boshlab
👉 Ushbu savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Gulbahor Parpiyeva batafsil javob beradi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим
❓Men oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bogʻcha rahbariman. Endilikda kambagʻal oilalar bolalari uchun oilaviy bogʻcha uchun toʻlanadigan pulning maʼlum bir qismi davlat tomonidan berilarkan, shu toʻgʻrimi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli qarorida bu haqida batafsil keltirib oʻtilgan. Unga koʻra:
🔹 2025-yil 1-avgustdan boshlab — ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibi joriy qilinadi.
➖ Bunda kompensatsiya miqdori ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi.
👉 Kompensatsiya oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga ularga ajratiladigan subsidiyalar bilan birga toʻlab boriladi.