#onajonlarimizga
Ayni tong...
Quyoshjon nurlari bilan,
Zaminni erkalab uyg‘otmoq payti.
Oxiri fevralni qattiq yiqitdi,
Bahorga yetmasdan ketmoqlik dardi.
O‘rik urush qilar shamollar bilan,
Bilib bo‘lmas bunda haqni, nohaqni.
Gullar to‘kiladi... shamol to‘kadi,
Bitta shundamikan ularning farqi.
O‘choqqa o‘t qalar uyg‘ongach onam,
Ichidan "puf-puf"lab chiqarar dardni.
Dasturxon yozilar.
"Qornim to‘q" deya
Keltirib qo‘yadi bir patnis baxtni!
Umri o‘taverar... Tin olmay chizib
Qog‘ozi tugaydi musavvir vaqtning.
Va shu bahonada onam yuzini
Ajinga to‘ldirgan lahzalar mardmi?!
O, siz mehridaryo, hislari nekbin,
Sabri hech tugamas ayol farzandi...
Axir shu ayolni kuldirmoq uchun
Martning sakkizini kutmoqlik shartmi?
✍Laylo Sobir qizi
@sheriylahzalar
Ayni tong...
Quyoshjon nurlari bilan,
Zaminni erkalab uyg‘otmoq payti.
Oxiri fevralni qattiq yiqitdi,
Bahorga yetmasdan ketmoqlik dardi.
O‘rik urush qilar shamollar bilan,
Bilib bo‘lmas bunda haqni, nohaqni.
Gullar to‘kiladi... shamol to‘kadi,
Bitta shundamikan ularning farqi.
O‘choqqa o‘t qalar uyg‘ongach onam,
Ichidan "puf-puf"lab chiqarar dardni.
Dasturxon yozilar.
"Qornim to‘q" deya
Keltirib qo‘yadi bir patnis baxtni!
Umri o‘taverar... Tin olmay chizib
Qog‘ozi tugaydi musavvir vaqtning.
Va shu bahonada onam yuzini
Ajinga to‘ldirgan lahzalar mardmi?!
O, siz mehridaryo, hislari nekbin,
Sabri hech tugamas ayol farzandi...
Axir shu ayolni kuldirmoq uchun
Martning sakkizini kutmoqlik shartmi?
✍Laylo Sobir qizi
@sheriylahzalar