She’riy lahzalar
1.15K subscribers
1.27K photos
219 videos
156 files
1.77K links
Kanaldan koʻchirganda muallif nomi bilan koʻchiring.
Download Telegram


Siz meni qizg‘aning,
Shamollar o‘g‘ri,
Bir kun kulbasiga olib ketadi.
Siz meni qizg‘aning,
Xayollar o‘g‘ri,
Sizsiz uyqularga meni eltadi.
Siz meni qizg‘aning,
Savollar o‘g‘ri,
Har kun yo‘llarimni poylab yotadi.
Qizg‘anish og‘irmi, unda men o‘zim
Shamol bo‘laman.
Sizni yuragimga olib ketgali,
Qizg‘anish og‘irmi,
Unda men xayol bo‘laman,
Olis ufqlarga sizni eltgali.
Men bir kun eng go‘zal ayol bo‘laman –
Yodingizda armon bo‘lib yotgali.

Halima Ahmedova

@sheriylahzalar
7🔥3



Qoʻllarimga qizil olov tutqazdi u,
Million yillar sovqotmasam kerak endi.
Ishonchimni yulib, dilin yutqazdi u,
Koʻksimdagi koʻksidagi yurak endi.

Men nomini bilmaydigan ranglar bilan
Siyratimni chizib berdi samolarga.
U kuyladi – ohanglarga aylandim-u
Havolarga singib ketdim, havolarga.

Bir musaffo soʻzlar oqdi koʻzlarimdan,
Bu kuz buncha yashillikka koʻmilgandir.
Yanogʻimdan,
qarogʻimdan,
soʻrogʻimdan
Quyosh uzib olsa boʻlar tandir-tandir.

Qadamlari qutlugʻmidi yo shunchalik,
Oʻylarimdan tomirimga koʻchdi farah.
Oʻn sakkiz ming olam bilan jimirladik,
Shivirladi qulogʻimga ismini Baxt!


N.Habibullayeva

@sheriylahzalar
🔥51
***
"Borma!"—deyaptilar,
"Qayt!—deyaptilar,
Bu oʻt kuydiradi xonumoningni!
Unda yigʻlayotgan yo
Oʻlayotgan
Birov deb
Garovga
Qoʻyma joningni!"
"Qutqara olmaysan!
Sen ham!"—deyapti,
Men unga baribir borgim kelyapti!

"Ichma!—deyaptilar,
Bu jomdagi
Ming
Qarochiqlar aro sizigan zahar!
U—vijdonning suvi,
U—tavba suvi,
Gar ichsang,
Tun kelmay boshlanar sahar!"
Ular oʻzi kimlar?
Nelar deyapti?
Men uni baribir ichgim kelyapti!

Eslolmayman—
Koʻzing,
Qoshing
Rangini,
Osmon qogʻozida
Kezar sezimlar!
Umrida hech rasm chizib koʻrmagan
Barmogʻim titrasa,
Qarab
Nasimlar:
"Yerda
Hisdan
Boʻlak
Rang yoʻq!"
—deyapti,
Shundanmi,
Men seni
Chizgim kelyapti!

"Boqma!—deyaptilar,
—Bu,
Bilsang,
Chaqin,
Hushing olib qoʻyar,
Aqling oladi!
Axir, unga qarab
Xalloj ne boʻldi?
Nasimiy, Mashrabga kelgan balo bu!
Koʻzing yum!
Koʻzing yum!
Yumgil!"—deyapti,
Men seni baribir koʻrgim kelyapti.

Payqadim,
Dil tomon chiqib keldi oy,
Yulduzlar tuproqqa nur toʻshayotir!
Qanotin
Keeeng
Yozib yubordi Humoy,
Borsa kelmas yoʻldan qaytdi bahodir!
"Biz faqat ertakmas,
Tilsim!"
—deyapti,
Men faqat shu yoʻldan yurgim kelyapti!

Vujud qudugʻida qalqiyotgan oʻy—
Urchugʻin izlagan qizdir, ehtimol,
Jilmayar:
"Uyoqda
Dunyo bor ekan!
Bor ekan onamday mehribon ayol!
Har kimga axtari paydo!"—deyapti,
Men seni qidirib topgim kelyapti!

Yolgʻiz tan yerda-yu,
Kezib yurar ruh,
Yetti olam aro,
Yetti koʻk aro!
Nogohon toʻxtaydi
Koʻhna masjidday
Imorat oldida.
Koʻrinar qora—
Ichkarida
Kimdir duo qilyapti,
Faqat
Unga
Quloq solgim kelyapti!

Faqat
Unga
Quloq solgim kelyapti!

✍️Gulmira Abdiraimova

@sheriylahzalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2
Forwarded from Duel
Bir roʻyxat tuzdik:
Shoir-u sheʼr-u shuur!

Eh-he, bu roʻyxatga kirmagani hali qancha...

https://t.iss.one/addlist/iEzAQACZwD8zZWU6
Forwarded from Jadid.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Jadid” gazetasi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorlikda o‘quvchilar uchun “Jadid bobomga maktub” tanlovini e’lon qiladi!

📝 Jadid bobolardan biriga qo‘lda, husnixat bilan yozilgan, insho tarzidagi maktub qabul qilinadi

🏆 Umumiy mukofot jamg‘armasi – 37 million so‘mni tashkil etadi:
🥇1 ta birinchi o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥈2 ta ikkinchi o‘rin – har biri 4 000 000 so‘mdan;
🥉3 ta uchinchi o‘rin – har biri 3 000 000 so‘mdan;
🏅10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – har biri 1 000 000 so‘mdan.


📰 Tanlov g‘oliblarining insholari Mustaqillik bayrami arafasida “Jadid” gazetasida chop etiladi.
📚 Shuningdek, 1-o‘rin sohibining maktabiga – 1000 dona kitob sovg‘a qilinadi!

📬 Tanlovga ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
⚠️ Ko‘chirmakashlik yoki sun’iy intellekt yordamida yozilgan ijodiy ish tanlovga qabul qilinmaydi!

📞 Murojaat uchun telefon: (77) 199-22-10; (95) 795-75-09.

🔗 Tanlov haqida batafsil ma’lumot: jadid.uz/?p=10427


Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
СЎЗга

мен сени айбладим.
қилдим ғалаён.
ва кетдим.
юзингга боқмадим қиё,
киссамда бир чақам,
халтамда бир нон,
эгнимда бир ҳирқам йўқ эди ҳатто.

ўзга чорбоғларда зоғ бўлди номим,
полапон юрагим куйди фироқда.
бўғзимда чирқиллаб сўнди исёним,
чўқиган тариғим қолди томоқда.

кимлигин унутиб дайдиган сағир -
мен ҳар сониямни қандай яшадим?
мен юрган йўлларим бегул,
тап-тақир,
ифоринг келтирди шамоллар - надим.

Сўз,
менинг нур юзли марҳаматлигим,
руҳимнинг кўзида чарчоғим мудрар.
юрагимда моғор босган ҳасратим,
майиб устихоним, афсусим судраб,
мен келдим.

2025

@shohinur_umarova
👍6🔥21


Xat keladi –
Haddi bilib yozilgan.
Noma'lum yigitdan yana ma'lum xat!
Duduqlanib bitgan
Sezaman uni:
"Men sizni... Men sizni
haligi... "
Faqat.

Kimdan?! Ahmoqona taxmin qilaman.
Na anglay olaman zohir hislarin.
Ishoning men Sizni topmadim, biroq
O'sha kech tushimdan tinmay izladim.

"Sevimli og'riq" ning tuyumi achchiq –
Qish ham qadrsizdir men uchun qorsiz.
Epin qilayapsiz begonalikning,
Balki, bilganlarim ichida borsiz!

Xat keladi – haddi bilib yozilgan...

Shahrizoda Botirova

@sheriylahzalar
9🕊2👍1


Bu ulkan tushlarni senga asradim,
Qoyadek hasratim kukunlikka shay,
Quyoshga evrilsin nur-u nusratim
Va qolgan umrimni bugundek yashay.
Bu foram orzular senga tegishli,
Bir dasta gul kabi quchoqla barin.
Nimaki istadim,
shunga erishdim –
Ko‘nglingga erishdim, ko‘ngli gavharim.
Tuyuqday tuyular gohi muxammas,
Gohi bir misraga sig‘ar muhabbat,
Bu dunyo, bilaman, meniki hammas,
Munchoqmi, kishvarmi –
mudom muvaqqat.
Baribir barini unutmoqchiman,
Hovuching ushatgan mehringdan bo‘lak.
Osuda orom ol,
o‘zim soqchiman,
Ertaga bugunlar bo‘lmasa kerak…

Bu ulkan tushlarni senga asradim…


Shahriyor Shavkat

@sheriylahzalar
8
Sans titre
Maar Dala (Official Song) - Devdas
#sevimli_tarona

endi farqi yoʻqdir qishloq yo shahar,
barida yashamoq birday xatodir.
hayot ummoniga qancha shoʻngʻimay
baribir chiqadi biror tasodif
va
yodga soladi kulgularingni...

I.Salimov

@sheriylahzalar
Kechiraman...

Yolvorishing shartmas,
shartim tugagan...
Ar(a)zimni qarzday o‘chiraman men.
Osmonni o‘rtaga olib olma tan
Yerga qarasang ham kechiraman men.

Ko‘zyoshmi,
qo‘ysang-chi, kimga kerak u –
Dalli odamlarning suygan maslagi.
Yig‘lagimmas,
o‘shal esim yegan hu-uv
Kunlarni eslagim kelar, eslagim.

Ko‘ngil so‘rasang ham
kechiraman men.

Zikri ziyoratlar bo‘larmi qabul,
Toki qovushmasa ko‘ksimiz mulki.
Oy – yordan gumona bilan qolgan tul,
Uning nimasiga sig‘inish mumkin.

O‘lim tilasang ham kechiraman men.

Tushun, yoding tushib mening yodimga
Sindirar yettinchi ko‘kdagi kursim.
Chap yelkamda sening gar boshim tursa...
(Mayli, o‘ng yelkamda Tyan-shan tursin)

Kechir demasang ham
kechiraman men.

R.Xo‘jamov

@sheriylahzalar
7❤‍🔥2👍1
Behet Ghol Midam
Mohsen Yeganeh
#sevimli_tarona

Vaʼda beraman, buni loaqal sen uchun qilaman,
Xotirjam boʻl, sen va sening dunyoyingdan
Xotirjam boʻl, hech kim sening oʻrningni egallay olmaydi (ayrilgan esak-da),
shunchaki ertangi kuning uchun qaygʻuryapman...

@sheriylahzalar
5


Кўзимнинг ёшлари ювиб ғуборни —
Йиғлагим келганди ўшанда ичдан.
Айта оласанми,
Эсингда борми,
Қандай шароб эди мен ичган?

Қанча совуқ сувга юзимни чайдим,
Шунда ҳам кўринар ранглар фақат оқ.
Бошим айланмаса, маст бўлмасайдим —
Бу дунёда қолмасдим узоқ.


X.Rustamova

@sheriylahzalar
2🔥2
Daler Khonzoda - Sorbon (Official Music Video)
Daler Khonzoda
#sevimli_tarona


Дар рафтани ҷон аз бадан
гӯянд ҳар навъе сухан,
Ман худ ба чашми хештан
дидам, ки ҷонам меравад...


@sheriylahzalar
2👍2🔥1
#sep_sevimli

Men – sen bilan cheklangan odam,
Yer yuzida eng kichik hokim.
Cheklanmishdir mening irodam,
Xayollarim,
so‘zim,
idrokim.

Tushun, sifatlashlar olami,
Cheklanganga so‘z kerak emas!
Yashashiga oshiq odamning
Lug‘atida o‘n so‘z bo‘lsa, bas.

Faqat o‘n so‘z – nurdan tiklangan,
Cheksiz sevgi bilan cheklangan.
Faqat o‘n so‘z...
Balki, uchta so‘z.
Kurashadi turib yuzma-yuz
Bu dunyoning sukunati-la,
Qolganlari tomoshabinlar.

M.S


@sheriylahzalar
3🔥1🥰1
Forwarded from Alhamdulillah
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 18000💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…
Bir Aşk Hikayesi
Kayahan
Juda goʻzal emasdimi yashaganlarimiz?
Qanday goʻzal edi...
Ortiq na sen, na men qaytarolmaymiz u kunlarni.
Baʼzan anglayman: menda ham qandaydir xatolar bor edi, chogʻi
Ikkimiz ham qimmatini bilmadik bir nimalarni...

@sheriylahzalar
Ahay Khabardar
Homayoun Shajarian-[TabTaraneh.net]
#sevimli

shu tayinsiz sevgidan boshqa
tayinliroq vaj yoʻq yigʻlashga...

@sheriylahzalar
1
Forwarded from Shavkat Rahmon
УЧАЁТГАН ОДАМ

Тобора тушларим қизиқ тус олар,
тобора қисқарар қуш тушларидай.
Кўпинча учаман,
узоқ учаман
шундоқ теракларнинг уч-учларида.
Сезаман,
тиғдайин шохлар жисмимни
ўзимнинг қонимга бўяр, алҳазар.
Юрагим қамалган қушдай потирлар,
қувар қон ҳидини олган калхатлар.
Шундоқ бир шум ҳолат исканжасида
ернинг тортиш кучин енгмоқчи бўлиб,
силкийман қонталаш қанотларимни,
минг бор тириламан,
минг бора ўлиб.

Юксакда бир олам — мовий рангларда,
озод руҳлар учун бошпана берган.
Учиб кетолмасдим,
гўё жисмимни
кўринмас ришталар боғлаган ерга.

Шундоқ бир шум ҳолат исканжасида
юрак ўйноғидан совуқ тер босиб,
уйғонар эканман,
ойлаб ўйлайман
ғаройиб тушларнинг таъбир, маъносин.
Нега мен учаман,
қайга учаман,
нега такрорланар ғаройиб тушлар?
Демак, қачонлардир қанотим бўлган,
демак аждодларим тўралган қушдан.
Ҳафталаб ўйлайман,
ойлаб ўйлайман,
не учун қушларга тортар қонларим?
Қачондир баҳайбат қуш эдим, десам,
нега сиз куласиз, оғажонларим!

Қуш эдим,
ўт билан ўйнашган бир қуш,
балки ўт куйдирган қанотларимни.
Шу холос, йилларча уриндим бекор
ўқийман деб, куйган ёдим хатини.

Мен қушман,
қачондир ерга қулаган,
кейинча заминга мослашган жисмим.
Ғаройиб тушларим эса, шубҳасиз,
ёдимнинг куймасдан қолган бир қисми…
Гоҳ эса ўнгимда
куймасдан қолган
хотирам парчаси сабаб бўларми,
гавжум шаҳарларнинг кўчаларида
қанотдай ёзилиб кетар қўлларим.
Қайга учиш керак,
билмайман, аммо
биларсиз бемалол ухлаётганлар —
силкиниб-силкиниб кулаётганлар?!
Билсангиз,
шу тобда жисму жонимни
заҳарга айланиб, ёқар қонларим.
Қушдай бўзлаб учдим бошларингизда,
қушлигин унутган, оғажонларим!

Зора эсласангиз,
зора тилагим,
балки насиб бўлар сизлар-ла учмак.
Ҳозирча кечирдим, сақламадим кек,
чунки мен одаммас,
чунки мен қушман.

Шавкат РАҲМОН
3