Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
491 subscribers
2.22K photos
177 videos
16 files
445 links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov

ANDIJON VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI


Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Turgʻunov Tursunali Tolibjonovich – Andijon viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar Tursunali Turgʻunov Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tursunali Turgʻunovning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#tayinlov

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining buyrug'i bilan Islamov Murotjon Xikmat o'g'li Al-Xorazmiy universiteti ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

🗣 Murotjon Islamov bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Fan olimpiadalari markazida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

💫 Murotjon Islamovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Tayinlov

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1