Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
475 subscribers
2.22K photos
172 videos
16 files
437 links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Mirzayeva Ma'suma
#TURKIYA

BARCHANGIZNI TURKIYADA OFFLINE BO'LIB O'TADIGAN XALQARO KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ!

📣 INTERNATIONAL SCIENCE CONFERENCE — TURKIYA 2025🇹🇷
📍 Istanbul, 18–25 August

🎙️ "Building Scientific Bridges"

Ilm-fan va innovatsiyalar markazida, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan global konferensiyada ishtirok eting!

📌 Nimalar bo‘ladi?
🔸 Ilmiy maqolalar taqdimoti
🔸 Ilmiy-innovatsion tajriba almashinuvi
🔸 Akademik networking sessiyalar
🔸 TURKIYA madaniyati bilan tanishuv🌟🌟🌟🌟🌟

Har bir ishtirokchiga:
1) maxsus statuetka;
2) diplom;
3) ilmiy rahbarga tashakkurnoma;
4) konferensiya to'plami bosma holatda taqdim etiladi!


🎓 Kimlar uchun?
Talabalar, yosh olimlar, doktorantlar, ustozlar va ilmga befarq bo‘lmagan barcha uchun!

🗓 18–25-avgust, 2025
📍 Turkiya, Istanbul🌟

Online ishtirok : 300 ming so'm
Offline ishtirok : 600 ming so'm.

💻 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi 10-avgust.

Tadbir tashkilotchisi nashriyot xodimi: Mirzayeva Ma'suma

🟢Batafsil ma’lumot: @Masumochkam
4
#Tayinlov

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from School English Teachers
🎓 2025-yilgi test sinovlari bugundan boshlandi!

📍 Testlar belgilangan joy va vaqtda, qat’iy tartib asosida o‘tkazilmoqda.
Eslatmalar:
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va testga kirish ruxsatnomasi bo‘lishi shart
▪️ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi
📎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga omad tilaydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
3👏1
Forwarded from Mirzayeva Ma'suma
📣 INTERNATIONAL SCIENCE CONFERENCE — TURKIYA 2025🇹🇷
📍 Istanbul, 22–29 August

🎙️ "Building Scientific Bridges"

Ilm-fan va innovatsiyalar markazida Baygench nashriyoti bilan hamkorlikda, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan global konferensiyada ishtirok eting!

📌 Nimalar bo‘ladi?
🔸 Ilmiy maqolalar taqdimoti
🔸 Ilmiy-innovatsion tajriba almashinuvi
🔸 Akademik networking sessiyalar
🔸 TURKIYA madaniyati bilan tanishuv🌟🌟🌟

🌟🌟

🎓 Kimlar uchun?
Faqaaaatgina ta'limdagilar emas, baaaarcha soha vakillari uchun!
Talabalar, yosh olimlar, doktorantlar, ustozlar va ilmga befarq bo‘lmagan barcha uchun!

🗓 22–29-avgust, 2025
📍 Turkiya, Istanbul🌟

💻 Ro‘yxatdan o‘tishning oxigi sanasi 29-iyul.

8 kunlik ham sayohat ham konferensiya!

✈️ Uchishni qo'ldan boy bermang!

✔️Tashkilotchi:
Oliy toifali ingliz tili o'qituvchisi, lingvist, maqolashunos, xorijiy tillar tarjimoni, tahririyat a'zosi, bir necha xalqaro antalogiyalar (Misr, Amerika, Turkiya) ishtirokchisi

Ma'suma Mirzayeva 🇺🇿

🟢Batafsil ma’lumot:
🛫 @Masumochkam
3
#imtihon_natijalari

📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

🗓 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Natijalar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
1🔥1
738935-results-andijan-grade-5.pdf
620.4 KB
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich

📣 ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qildi.  

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati 

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda, deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz.

Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim - strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir!

@hilola_umarova
3