#menhamkitobõqiyman_chellenji
10-sinf o'quvchilari tashabbusi bilan maktabda bolalarni kitobxonlikka targ'ib qiladigan loyiha tashkil etilmoqda. Bu loyiha Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, ,,Mutolaa'', ,,Ibrat farzandlari'' bilan o'zaro hamkorlikda olib boriladi. Bunda ,,club'' ga a'zo bo'ladigan o'quvchilar kitobning hajmiga qarab o'rtacha har hafta bir kitobni o'qib tugatadi va hafta oxirida o'zaro kitob tahlili bo'lib o'tadi. Guruh liderlari belgilangan nizom asosida o'quvchilarga ball qo'yib boradi va har oyning oxirida eng yuqori ball olgan o'quvchilar homiylar tomonidan turli xil esdalik sovg'alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Adabiyotlar ro'yxati o'zbek va jahonning eng sara durdonalari bo'lib, 3 tilda (o'zbek, ingliz va rus) bo'lishi rejalashtirilgan. Jarayon Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy saytlarida yoritib boriladi.
Batafsil ma'lumotni 10-may kuni loyihaga bag'ishlangan taqdimotda olishingiz mumkin!