Sergeli tuman IM matbuot kanali
697 subscribers
1.98K photos
435 videos
11 files
712 links
Download Telegram
Ayni paytda Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5 sinfdan 9 sinfgacha bo'lgan o’quvchilar ishtirokida “Ertak ichida ertak yohud Hoshimjonning yangi yil tilagi” nomli musiqiy spektakl namoyish etilmoqda.

Ushbu spektakl Sergeli tuman 33-sonli alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ixtisoslashgan maktab o'quvchilari uchun maxsus sahnalashtirildi.

Ushbu xayriya tadbiri Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “San’at” fani o'qituvchisi, “Shuhrat”medali sohibasi,” Eng yaxshi xizmatlari uchun” ko’krak nishoni sohibasi, Respublika tanlovlari laureati Kamola Ochilova tomonidan tashkil etildi.


Kirib kelayotgan yil barchaga baxtli va omadli lahzalarni taqdim etsin!
#Milliy_matematika_result

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.02 A guruh o'quvchisi Burxonov Shohjahon Matematikadan B darajali (86,62%) sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'quvchimizga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#IELTS_RESULT

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.02 A guruh o'quvchisi Xayrullayev Abdulloh IELTS dan 7.0 ballni qo'lga kiritdi.

Qisqacha infografika.
II chorak yakuni bo'yicha:

IELTS, SAT va Milliy sertifikatlari bo'yicha 11-sinflar (aniq) bo'yicha umumiy 27 ta sertifikat, bu umumiy o'quvchilarning 60% ni tashkil qiladi. (IELTS 14ta - (7.5×4, 7.0×6, 6.5×4), SAT×13 ta, Milliy×1 ta).

Sinflar kesimida:
11.01 A - 18 ta (75%)
11.02 A - 9ta (43%)

O'quvchilarimizga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#IELTS_RESULT

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7.06 T guruh o'quvchisi Baxtiyorova Dilnozabonu IELTS dan 7.0 ballni qo'lga kiritdi.

O'quvchimizga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#tabrik

Hurmatli, ustozlar va aziz o'quvchilar!

Kirib kelayotgan yangi 2025-yil barchamizga muborak bo'lsin!
Yangi yil - yangi orzular, yangi maqsadlar demakdir.

Boshlanayotgan yil xonadonlarimizga tinchlik, osoyishtalik, kasbiy muvaffaqiyatlar olib kelsin.

O'quvchilarimiz uchun dunyo miqyosida katta yutuqlarga to'la yil bo'lsin!


Sihat-salomatlik va albatta, yaxshi kayfiyat hamisha sizlarga yor bo'lsin!

YANGI YILINGIZ BILAN!

Hurmat bilan,
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktab direktori Shoira Qo'ldosheva.
#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
TOMS
Америкалик йигит Блейк Майкоски 2004 йилда отасидан қолган каттагина меросга эга бўлади. Аввалда у бу пулларни қандай қилиб кўпайтириш ҳақида кўп ўйлади. Аммо бир қарорга келмади.
2005 йилда Аргентинага автомобил мусобақасига борди. Чунки у бу спорт турини яхши кўрар эди. Аргентинага боргач Блейк у ерда фақирлик авж олганини кўрди. Хусусан кўп болалар ялангоёқ эди. Чунки уларнинг оёқ кийими олишга пули йўқ эди. Блейк у ерда оёқ кийими ишлаб чиқарадиган ширкат барпо қилишга аҳд қилди. Унинг нияти тижорат билан бирга хайрия ишларини ҳам йўлга қўйиш эди. У оёқ кийимларига ихтисослашган "TOMS" ширкатига асос солди. У ширкат пайпоқсиз кийиладиган енгил спорт оёқ кийимлари ишлаб чиқаришни йўлга қўйди.
Хайрия ишини эса сотилган маҳсулотга боғлиқ қилиб қўйди. Яъни, битта сотилса битта совға қилинадиган бўлди. Ширкатнинг ривожланишига иккита сабаб бор эди:
1. Бу оёқ кийимларнинг яхшилиги ва енгиллиги.
2. Кишиларнинг бу хайрли ишни қўллаб қувватлашга бўлган рағбати.
Ширкат бугун ҳам ўша манҳажини давом эттираяпти. Бирга бир...
Яъни, ҳар бир сотилган маҳсулот бадалига битта оёқ кийими фақирга эҳсон қилинади.
Яхшиликни ким қилишидан қатъи назар у зое бўлмас экан. Мусулмон бўлмаганлар қилган яхшиликлари эвазини шу дунёда албатта олишади. Бугун "TOMS" ширкати оламга машҳур. Блейк Майкоски эса Америкадаги энг бадавлат кишилардан бири.
Инсоннинг даромад келиб турадиган манба ҳақида ўйлаши яхши албатта. Аммо бой бўлишдан аввал инсон бўлиш ҳақида тафаккур қилиши ундан ҳам яхшидир!

Абдулқодир Полвонов


Мухтожга берилган ризқнинг ўрнини Аллохнинг ўзи тўлдириб қўяди...

@Jaloliddinrumiyy🕊