Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
10.2K photos
1.31K videos
93 files
3.83K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#nazm

***

To'g'onni buzmoqchi bo'ladi to'lqin,
Qafasdan qutulmoq istaydi bir qush,
Ipak qurt yormoqchi bo'lar qobig'in,
Kapsulang haqida sen ko'rasan tush.

Akvarium sinishin kutadi baliq,
Gulga aylanay deb to'lg'onar g'uncha.
Go'yo sabr joming to'lganiday liq
Ko'p tipirchilaysan shisha singuncha.

To'g'on parchalandi
Dengiz bo'lindi
Vaqt o'tdi quridi
O'ldi...
Qafas parchalandi
Qush parvoz qildi
Sayyodga sayd bo'ldi
O'ldi...
Ipak ham yorildi
Kapalak bo'ldi
Bir kun umr ko'rdi
O'ldi..
Akvarium quladi
Suvi to'kildi
Baliq suvsiradi
O'ldi..
G'uncha ochildi
Bir bola hidladi
Uzildi, so'ldi
O'ldi..


Tirikmisan?
Kapsulada qol...


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-"A" sinf o'quvchisi Gulsanam Abdulakimova
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
#nazm

KUZ TONGI

Qaygadir shoshadi erta-azonlab,
Dengizdek mavj urib olovrang toʻlqin.
Avtolar ortidan chopar xazonlar,
Shoʻx-shodon bolalar kabi olmay tin.

Bedil mashinalar qilmaydi parvo,
Yelib boraverar shamoldek besar.
Bekatda xayolchan kuzatar ammo,
Ajib kuz valsini bir xushroʻy dilbar.

Mung toʻla koʻzlarga parvona hasrat,
Gʻamgin qarshilaydi har kun qiz tongni.
Majruh yaproqlarga jon berib fursat,
Uni ovutadi namchil kuz tongi.

O dilbar, sogʻinchning rangi za’faron,
Ichingda yaproqdek potirlaydi ishq.
Bahor qaytib kelar bir kuni, ishon,
Yana kurtak yozar koʻksingdagi nish...

Qaygadir shoshadi erta-azonlab,
Dengizdek mavj urib olovrang toʻlqin...

Faxriddin Hayit
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
#nazm

Tugʻildingmi — samar qoldir,
Oʻzligingdan xabar qoldir.
Hoqon ersang shahar qoldir,
Zobit ersang zafar qoldir.
Olim ersang asar qoldir,
Hofiz ersang lapar qoldir,
Choʻpon ersang otar qoldir,
Kosib ersang hunar qoldir.
Loaqal tinch roʻzgʻor qurib,
Yurtinga bir askar qoldir.

Anvar Obidjon
Oʻzbekiston xalq shoiri
t.iss.one/Qodiriy_Abdulla
#nazm

MILLATIMGA BIR QAROR

Kel ey millat, bir kun bir maslahat bilan qaror o‘lsun,
Bu kundin o‘tgan ishlarga pushaymon birla or o‘lsun.

Qilaylik bul kuni hayrat hama birdan qilib himmat,
Jaholat cho‘l sahrosida minba’d sabzavor o‘lsun.

Bu nodonlik biza qilmish edi to‘rt faslni qishdek,
Jahonni zimistoni do‘nub fasli bahor o‘lsun.

Ayashmay kumush-oltunni hamma boyonlar aslo,
Solib dorilfununlar ham makotiblar hazor o‘lsun.

O‘qushsun millat avlodi bizni doim duo aylab,
Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o‘lsun.

Ochayluk jami’atlar, ko‘b yig‘aylik ham inoyatlar,
Ki toki yatim va bechora bekasg‘a mador o‘lsun.

Necha chog‘lar bo‘lubdurkim, qochibmiz biz taraqqiydin,
Bu kun bir iltifot birlan bu yo‘lg‘a bir guzor o‘lsun.

Jaholat sassig‘i bizni hamisha behuzur etdi,
Bu kun ilmning bo‘yi birlan dimog‘lar mushkibor o‘lsun.

Bizning johilligimizni ko‘rib ul shod bo‘lganlar,
Ko‘rib mashg‘uliyatimizni ilmg‘a sharmisor o‘lsun.

Kimikim jur’at aylab, bul kalomlarg‘a amal qilsa,
Jahonda ismi ani pahlavon nomdor o‘lsun.

Bu kun men so‘zladim oz nutq siza to Qodir o‘lguncha,
Ilohi aylasun ta’sir shu so‘z sizga bakor o‘lsun.



✍️ Abdulla Qodiriy


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm



🇺🇿Oʻzbekiston bayrogʻidir bu

Osmonlarda hilpirab turar
Har koʻrganda quvnaydi koʻzlar
Koʻngillarga quvonch bagʻishlar
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.

Yurtimizning goʻzal ramzidir
Ramzlar ichra eng azizidir
Tarixning maʼno ildizidir
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.

Har bir rangi oʻzgacha ziynat
Goʻzal ranglar jilosi faqat
Goʻzal tasvir, goʻzal bir sanʼat
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.

Koʻkda magʻrur hilpirab turar
Har koʻrganda yayraydi dillar
Taʼrifiga ojizdir tillar
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Nurmuhammadova Dilraboxon


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm


🇺🇿IFTIXOR

Samodan balandda turar hilpirab,
Havasin keltirib butun dunyoni.
Anglatar tinchlikni hamda hayotni.
Ozodlikdek ulugʻ ramziy ma'noni!

Unga yarashadi baland choʻqqilar,
Ulkan marralarga bizni chorlaydi.
Yuksak maqsadlarni yurakka joylab,
Yoʻlchi yulduz boʻlib qalbda porlaydi!

Chiroyda tengi yoʻq uning siyrati,
Bu qadar mukammal hamda sermazmun,
Bobolarim jonin tikkan yalovni
Nega koʻzga surtmay? Asramay nechun?

Ulugʻ ajdodlarning tinchlik istagi,
Temurni janglarda asragan tugʻ u
Qalbga beraolgan mehrday totli,
Nomusdek muqaddas, sharafli tuygʻu!

Mangu hilpirab tur, qaddingni tik tut.
Yurtim tinchligingga koʻztumor bayroq
Menga oq yoʻl tilab turibsan har on,
Dunyoda topilmas mendan baxtliroq!

Ezgulik, poklikni joylab qalbimga,
Tinchlikdek ne’matga yetkazding, SHUKUR.
Tomirda oqizib ajdodlar qonin,
Musaffo hayotni berding TASHAKKUR!!!


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi Eshqulova Marjona


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm


🇺🇿Bayrog’im iftixorim!

Osmonim sofligi senda namoyon,
Baxtli bolaligim sendan begumon.
Tinchlik deya hilpira balandda doim.
Mening iftixorim-O’zbek bayrog’im!
Seni ko’rib hamisha quvonar ko’zim,
Seni desam qalbimda jo’sh urar so’zim
Sen, davlatim g’ururi,
Sen, davlatim ramzisan.
Mening iftixorim-O’zbek bayrog’im!
Bayram-u tantana, oliy  tashriflar,
Sen bilan go’zaldir, sen bilan o’tar!
Sendan yoshlar ilhom olib, kuch olib yashar,
Mening iftixorim-O’zbek bayrog’im!


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Akromova Mo’minaxon


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm

🇺🇿Bayrog’im

O’tdilar tug’ini ko’tarib, yelib
Jang qildi bayroqni himoya qilib
Zamon o’zgaryapti bugunga kelib
Bayrog’im tinimsiz ko’tarilyapti

Jang emas, ilmdan iborat urush
Hozir qiyin bayroq ko’tarib turish
Endi kerak bilimli sarhad qurish
Tug’im ilm sabab ko’tarilyapti

Bayroqqa bitilgan taqdirimiz ham
Tarixni eslasam ko’zga kelar nam
Najmiddin o’limi qiladi alam
Bayrog’im nur sochib ko’tarilyapti

Tug’ni ko’targanda bosadi titroq
Vatanga muhabbat va bilim ko’proq
Shunda hilpirar ko’k yuzida bayroq
Tug’im shohsupaga ko’tarilyapti.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“A” sinf o’quvchisi Hasanov Nurmuhammad.


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm



🇺🇿Bayrog'imiz tarifi


Yurtim-jannat, inoning, do'stlar
Bayrog'imiz bu baxtdan so'zlar.
Rivojlanmish, olisni ko'zlar,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i.

Osmonlari ko'm-ko'k, musaffo,
Yam-yashil bog', unda yo'q sahro.
Hilpiraydi tinmay doimo,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i.

Safda turar o'n ikki yulduz,
Porlab turar kecha-yu kunduz.
Bir tomonda oy ko'rsatar yuz,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i.

Seni ushlab sportchi baland,
G'oliblikdan ko'targandir qad.
Ko'rinishing navqiron, kelbat,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i

Men ham bir kun ko'taray seni,
Kezib chiqib O'zbekistonni.
Lov-lov yonar bezab osmonni,
Faxrim mening– yurtim bayrog'i.

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm

WE  ARE UZBEK  CHILDREN.


We are happy children,
Strong and full of fun.
Look at our banners
In the bright, bright sun!
We are Uzbek children,
High our flags we raise!
Thank you dear country
For our happy days!

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Akromova Mo’minaxon


Telegram | Instagram |Facebook
#nazm

Nola
(Robiya tilidan)

Qaydan keldi urush degan nom,
Ayrildikmi bir-birimizdan.
Umidimni uzmadim hamon,
Ammo xabar kelmaydi sizdan.

Xatingiz oʻqidim hayajonlanib,
Kimsan akam tirik, deya quvondim.
Tushimga kiribsiz “Robiya", deya,
Koʻzlarimni ochib, yigʻlab uygʻondim.

“Kutgin, kutasan-a”, degan soʻzingiz,
Hamon jaranglaydi quloqlarimda.
Iltijo-la boqqan ma’yus koʻzingiz,
Har on yodimdadir, nigohlarimda.

Kutdim, kutdim kelmadingiz-ku,
Nechun xabar kelmadi sizdan.
Axir Robiyani oʻyladingiz-ku,
Kechiring, umidim uzildi sizdan.

Majbur boʻldim umid uzmoqqa,
Achinmadim hatto qadrimga.
Kimsan akam kelmadi qaytib,
Erisha olmadim kutgan baxtimga.

Men oʻsha – Robiya, yorini kutgan,
Yorim unutmoqqa bormi jurʼatim.
Umidim uzilgan, goʻyo men oʻlgan,
Yerda qolib ketdi quruq suratim.


9-“A” sinf o’quvchisi Orifjonova Shahzoda
(2023)

"Kimsan xati”dan.

Robiya, men o‘lgan emasman ishon
Qalbingdan joy oldim bir armon bo‘lib,
Mendan xat kelganda sezdim o‘sha on
Onam yosh to‘kdilar ro‘molin yulib.
Ne qilay, qismatim tuhmat ekan-da
Otam qishloqda bosh ko‘tarolmadi.
Umar zakunchi kelib, xatni berganda
Orif oqsoqol ham yupatolmadi.
"Kimsan xoin”, deya atashdi meni
Ishon, bir lahza ham tinim bilmadim,
Onamni, otamni va Robi seni
Bir zum ham yodimdan chiqarolmadim.
Ergashali aka mina ostida
Parcha-parcha bo‘lgan o‘zim ko‘rganman.
Vasya amakining jonsiz jasadin,
Miltiq-la yer kovlab, o‘zim ko‘mganman.
Muz ostida qotgan sovuq tanamni
Vatan tinchligi-chun qildim men qurbon
Muzlagan tanimning qaynoq yuragin
Senga tortiq qildim, senda u, Ishon!

“Mujda” ijodiy to’garagi rahbari Nigora Asqaraliyeva
(2017)


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM