Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.87K subscribers
10K photos
1.3K videos
93 files
3.8K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 8-ishtirokchisi 8-“V” sinf o’quvchisi
Zokirxo’jayeva Umidaning ijodiy ishini tomosha qiling!



Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 9-ishtirokchisi Ixtiyorova Shabnamning ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 10-ishtirokchisi Mahmudova Shahloning ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 11-ishtirokchisi Farhodova Rayhonaning ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim


📌Eslatib o’tamiz, “Bayrog’im – iftixorim” tanloviga ijodiy ishlarning qabul qilinish muddati 16-noyabr, ya’ni bugun 12:00 ga qadar.

🔥Barcha ishtirokchilarga omad yor bo’lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 12- ishtirokchisi Agzamxo’jayeva Muslimaning ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nasr

Bayrogʻim🇺🇿


Yaqin yaqin zamonda, O’zbekiston tomonda, ahil va inoq oʻzbek xalqi yashagan ekan. Ular mustaqillikka erishishgandan soʻng, asta-sekin oʻz davlat ramzlari, gerbi, konstitutsiyasi, madhiyasini barpo etishni boshladilar. Va shunday farovon kunlarning birida ular oʻz bayroqlarini yaratishga qaror qildilar. Ammo ular bayroqni qanday koʻrinishda, qaysi rangda qilishni bilishmas edi. Kim yashil desa, kim oq der, kim koʻk desa, kim qizil der edi. Shunday qilib ular shu asnoda ancha bahslashishdi. 1-kuni tunda, rassom uyquga ketganda, uning ustaxonasidagi jamiyki rang-u bo’yoqlar tilga kirishdi. So’zga birinchi bo’lib ko’k chiqdi: “Bayroqqa albatta meni tanlashadi. Men kelishgan ko’zni quvnatadigan rangman. Meni ko’rganda insonning ko’zi dam oladi. Yana meni doimo tinchlik, osoyishtalik bilan qiyoslashadi. Shu sababdan bayroq ko’k bo’lishi kerak!”. Uning bu gaplariga oq qarshi chiqdi: “Bayroq oq bo’lishi lozim, ular albatta meni tanlashadi. Men ham tinchlik, osoyishtalik, mehr va do’stlik ramziman. Bayroq mening rangimda bo’lgani ma’qul!”, dedi. U so’zini tugatgach, davraga yashil chiqdi. U ham darrov o’zini maqtab ketdi: Bayroqqa meni tanlashadi! Men totuvlik, yoshlik va navqironlik ramziman…Yashil so’zini tugatmasdan turib, davraga qizil otilib chiqdi. U hammang adashyapsan degan ohangda: “Ular shubhasiz meni tanlashadi. Men ajdodlar merosi, tomirimizda oqayotgan ularning qonini aks ettiraman”, deya yana o’zini maqtay ketdi. Shunday qilib shu kecha ular uzoq bahslashishdi. Bu to’rt rangning dastidan qolgan ranglar bayroqqa yaqinlasha olmadilar ham. Ertasiga ertalab rassom bayroqni yarata boshladi. Qarabsizki, u bayroqni 1 yoki 2 xil rangda emas, balki 4 xil rangli qilib chizdi. Ranglar bir biriga shunchalar mos tushgan ediki, istalgan inson bayroqqa qarab mahliyo bo’lishi mumkin edi. Unda: ko’k, oq, qizil, yashil, ya’ni-bahs munozarada qatnashgan barcha ranglar mujassam edi. Ular birgalikda mo’jizakor ko’rinishardi. Shu bilan oradagi nizo, tushunmovchiliklar barham topdi, ammo bir kichik muammo yuzaga kelgandi. Ya’ni ranglar bahslashganida oq va ko’k biroz tortishib qolishgandi. Bundan oq rang alamzada edi. Alamini qanday olishni o’ylab, oxir bayroq tayyor bo’lgan kun ko’kning tiniq yuzidan o’n ikkita yulduzsimon teshik va bir oyga oxshash qismini yulib oldi, shu bilan u qasdini olgan bo’ldi. Ko’kning yuzida esa oq rangdagi yaralar paydo bo’ldi, lekin bu yaralar uni yanada go’zallashtirib turardi…

Tamom


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi Sultonamirova Hanifaxon


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 13- ishtirokchisi Ne’matullayeva Mushtariyning ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nasr


🇺🇿Bayroqqa bo'lgan hurmat


1-sentabr – Mustaqillik kuni. 5-sentabr esa maktab boshlandi. Shubhasiz, maktablarda Mustaqillik darsi o'tiladi. Aziza maktabga katta hayajon bilan otlandi. Axir u 3 oy sinfdosh dugonalari bilan ko'rishmadi! Shu sababli maktabni intiqlik bilan kutgandi. Shu kun ham yetib keldi. Darvoqe, u 6-sinfning bo'sag'asida turibdi.
Maktab...
Dars boshlandi. Aziza qancha erta kelgan bo'lsa-da, dugonalariga to'ya olmayotgandi. O'qituvchi dars o'tar edi hamki, u dugonalari bilan chaq-chaqlashib o'tirar edi. Barno ustoz Mustaqillik haqida bir muncha gapirgandan so'ng, savollar bera boshladi. Gaplashib o'tirgan Aziza va uning dugonalari ustozning diqqatini tortdi. Keyin Barno ustoz Azizani savolga tutdi:
– Bayrog'imiz qachon qabul qilingan? Va biz uni qachon nishonlaymiz?
– Haligi ustoz...men... , - deya u dovdirab qoldi.
– Xo'sh, Aziza sening bayrog'imizga bo'lgan hurmating shumi?
– Uzr, boshqa qaytarilmaydi, - deya vaziyatdan qutilmoqchi edi Aziza. Lekin ustoz unga bu ishi kechirib bo'lmasligini tushuntirib bir muncha ma’ruza o'qidi. Undan tashqari unga Bayroq bo'yicha ma'lumotlar topib kelishini vazifa qilib berdi.
Aziza buni parvoyiga ham ilmadi. Kerakli vazifalarni bajarib, bayroqqa oid vazifani xayoliga ham keltirmadi. Kechroq uyquga yotdi. Tushida esa:
"U o'z dugonalari bilan birga istirohat bog'iga borishgandi. Shu payt kimdir bor ovozi bilan baqirdi. Qizlar esa hayron qolishdi. Keyin ular tushunib yetishdiki, urush boshlangan emish. Xuddiki, 2-jahon urushiga qaytib qolgandek edi. Aziza juda qo'rqardi. Shu payt askar kiyimida bir kishi keldi. Ammo uning kiyimlaridagi yozuvlar rus tilida edi. O'sha kishi:
- А ты узбечки? - dedi. Qizlar boshini "ha" degandek silkitishdi. Askar kishi esa O'zbekiston bayrog'ini ko'rsatdi va uni yirtib yubordi. Aziza o’zi tushunmagan tarzda bayrog'ini avaylay olmaganidan afsuslana boshladi. Keyin o'sha amakiga baqira ketdi:
– Amaki, siz aqldan ozganmisiz? Men ham sizni bayrog'ingizni yirtsam yoqadimi?
Askar eshitmagandek burilib ketdi.
Aziza qo'rqqanidan uyg'onib ketdi. Ustozi bergan vazifani bajarishga kirishdi. Soat tungi 2:30 bo'lsa-da, faqatgina Azizaning chirog'i yoniq edi. U vazifani a'lo darajada bajardi. Maktabda esa dugonalari uning ustidan kulishdi:
– Sen aqldan ozganmisan? Kecha ustozni gaplarini mensimayotgan eding, qayerdan quyosh chiqdi?
Aziza ushbu g'alati, ammo ma'noli tushidan shuni tushunib yetdiki, Davlat ramzlari oddiy bo'lishi mumkin, lekin u sizni O'zbek ekanligingizni bildirib turadi va kezi kelsa uni himoya qilish ham kerak...


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi Berdiqulova Muxlisa

Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida videorolik yo’nalishining 14- ishtirokchisi Qarshiboyeva Hulkarning ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm



🇺🇿Oʻzbekiston bayrogʻidir bu

Osmonlarda hilpirab turar
Har koʻrganda quvnaydi koʻzlar
Koʻngillarga quvonch bagʻishlar
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.

Yurtimizning goʻzal ramzidir
Ramzlar ichra eng azizidir
Tarixning maʼno ildizidir
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.

Har bir rangi oʻzgacha ziynat
Goʻzal ranglar jilosi faqat
Goʻzal tasvir, goʻzal bir sanʼat
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.

Koʻkda magʻrur hilpirab turar
Har koʻrganda yayraydi dillar
Taʼrifiga ojizdir tillar
Oʻzbekiston bayrogʻidir bu.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Nurmuhammadova Dilraboxon


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm


🇺🇿IFTIXOR

Samodan balandda turar hilpirab,
Havasin keltirib butun dunyoni.
Anglatar tinchlikni hamda hayotni.
Ozodlikdek ulugʻ ramziy ma'noni!

Unga yarashadi baland choʻqqilar,
Ulkan marralarga bizni chorlaydi.
Yuksak maqsadlarni yurakka joylab,
Yoʻlchi yulduz boʻlib qalbda porlaydi!

Chiroyda tengi yoʻq uning siyrati,
Bu qadar mukammal hamda sermazmun,
Bobolarim jonin tikkan yalovni
Nega koʻzga surtmay? Asramay nechun?

Ulugʻ ajdodlarning tinchlik istagi,
Temurni janglarda asragan tugʻ u
Qalbga beraolgan mehrday totli,
Nomusdek muqaddas, sharafli tuygʻu!

Mangu hilpirab tur, qaddingni tik tut.
Yurtim tinchligingga koʻztumor bayroq
Menga oq yoʻl tilab turibsan har on,
Dunyoda topilmas mendan baxtliroq!

Ezgulik, poklikni joylab qalbimga,
Tinchlikdek ne’matga yetkazding, SHUKUR.
Tomirda oqizib ajdodlar qonin,
Musaffo hayotni berding TASHAKKUR!!!


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“V” sinf o’quvchisi Eshqulova Marjona


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm


🇺🇿Bayrog’im iftixorim!

Osmonim sofligi senda namoyon,
Baxtli bolaligim sendan begumon.
Tinchlik deya hilpira balandda doim.
Mening iftixorim-O’zbek bayrog’im!
Seni ko’rib hamisha quvonar ko’zim,
Seni desam qalbimda jo’sh urar so’zim
Sen, davlatim g’ururi,
Sen, davlatim ramzisan.
Mening iftixorim-O’zbek bayrog’im!
Bayram-u tantana, oliy  tashriflar,
Sen bilan go’zaldir, sen bilan o’tar!
Sendan yoshlar ilhom olib, kuch olib yashar,
Mening iftixorim-O’zbek bayrog’im!


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Akromova Mo’minaxon


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm

🇺🇿Bayrog’im

O’tdilar tug’ini ko’tarib, yelib
Jang qildi bayroqni himoya qilib
Zamon o’zgaryapti bugunga kelib
Bayrog’im tinimsiz ko’tarilyapti

Jang emas, ilmdan iborat urush
Hozir qiyin bayroq ko’tarib turish
Endi kerak bilimli sarhad qurish
Tug’im ilm sabab ko’tarilyapti

Bayroqqa bitilgan taqdirimiz ham
Tarixni eslasam ko’zga kelar nam
Najmiddin o’limi qiladi alam
Bayrog’im nur sochib ko’tarilyapti

Tug’ni ko’targanda bosadi titroq
Vatanga muhabbat va bilim ko’proq
Shunda hilpirar ko’k yuzida bayroq
Tug’im shohsupaga ko’tarilyapti.


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“A” sinf o’quvchisi Hasanov Nurmuhammad.


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm



🇺🇿Bayrog'imiz tarifi


Yurtim-jannat, inoning, do'stlar
Bayrog'imiz bu baxtdan so'zlar.
Rivojlanmish, olisni ko'zlar,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i.

Osmonlari ko'm-ko'k, musaffo,
Yam-yashil bog', unda yo'q sahro.
Hilpiraydi tinmay doimo,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i.

Safda turar o'n ikki yulduz,
Porlab turar kecha-yu kunduz.
Bir tomonda oy ko'rsatar yuz,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i.

Seni ushlab sportchi baland,
G'oliblikdan ko'targandir qad.
Ko'rinishing navqiron, kelbat,
Faxrim mening – yurtim bayrog'i

Men ham bir kun ko'taray seni,
Kezib chiqib O'zbekistonni.
Lov-lov yonar bezab osmonni,
Faxrim mening– yurtim bayrog'i.

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


Telegram | Instagram |Facebook
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#nazm

WE  ARE UZBEK  CHILDREN.


We are happy children,
Strong and full of fun.
Look at our banners
In the bright, bright sun!
We are Uzbek children,
High our flags we raise!
Thank you dear country
For our happy days!

✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Akromova Mo’minaxon


Telegram | Instagram |Facebook
#bayrogim_iftixorim

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan 🇺🇿“Bayrog’im – iftixorim” tadbiri bo’lib o’tdi.


📌Tadbirdagi yuqori kayfiyatni lavhalardan ko’rishingiz mumkin.


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#bayrogim_iftixorim
#videorolik

🔰Abdulla Qodiriy ijod maktabida tashkil etilgan 🇺🇿“Bayrog’im - iftixorim” tanlovida Viderolik yo’nalishida 8-“A” sinf o’quvchilarining tayyorlagan ijodiy ishini tomosha qiling!


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#bayrogim_iftixorim

🔰Bugun “Turon” AKM da davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yillik tantanasi bo’lib o’tdi.

📌Ana shu tadbirda Abdulla Qodiriy ijod maktabi o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi. Bayroq haqidagi ma’lumotlar, o’zlari yozgan she’rlarni yoddan aytishdi. Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Davron Rajab ham miliy ramzimiz haqida o’z fikrlarini bayon etib o’tdi.


Telegram | Instagram |Facebook
#bayrogim_iftixorim
#bayram_tabrigi


🇺🇿Har gal moviy samo uzra hilpirayotgan davlatimiz bayrog‘iga ko‘zim tushganida, hurlik, ozodlik, tinchlik, xotirjamlik tuyg‘ularini his qilaman.

Sportchilarimiz g‘alaba qilib, bayroqni faxr-la yelkalariga tashlashganini ko‘rganimda, iftixor tuyaman.

Dunyo minbarlarida o‘nlab davlatlar bayrog‘i yonida o‘z yurtim yalovini ko‘rganimda qalban g‘ururlanaman!

Xorij safarlarida yurganimda, Vatanim ramzini ko‘rganimda, beixtiyor sog‘inchdan ko‘zlarim yoshlanadi.

Bayroq shunchaki mato emas. U buyuk millatning yalovi! U buyuk tarixning ko‘rinishi! U ozodlik, mustaqillik ramzi!

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.

Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.

Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

Bugungi millatimiz timsoli kuni barchamizga muborak bo‘lsin!


Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori.


Telegram | Instagram |Facebook