Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bobur_kuni


🗓️Bugun, 14-fevral – Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun! Bu yil buyuk shaxs tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda!

📌Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijon shahrida tavallud topgan. Bobur - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan.
✍️Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
⌛️1521-yil Hindistonga yurishlari davrida
Bobur “Mubayyin” asarini yaratdi. Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilib, unda arab alifbosini tahrirlagan, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
📚Oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar sifatida yaratilgan “Boburnoma” asari Boburning eng yirik ijodiy merosi hisoblanadi. “Boburnoma”da 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.

⚡️Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539-yil), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bobur_kuni

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Bobur kabi seving Vatanni” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Aziza Saydullayeva hamda Munisxon Husainova tashabbusi bilan tashkil etilib, maktabning 8-sinf o’quvchilari o’rtasida musobaqa tarzida bo’lib o’tdi.

⚡️Musobaqa 3 shart asosida tashkil etilib, sahna ko’rinish, g’azalga ishlangan kuy-qo’shiqlar hamda “Boburnoma”dan savol-javob shaklida o’tdi

📚Yakuniy natijalar esa quyidagicha:

🥇- o’rin 8-“V” sinf o’quvchilari
🥈-o’rin 8-“A” sinf o’quvchilari
🥉- o’rin 8-“B” sinf o’quvchilari


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#boburxonlik
#bobur_kuni

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Gulnoz Negmatova boshchiligida Adiblar xiyoboniga borishdi.

Shoirlar ichra shoh, shohlar ichra shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag’ishlab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o’tkazilgan tadbir avvalida xiyobonda joylashgan ajdodimiz haykali poyiga gullar qo’yildi, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

⚡️So’ngra uyushma raisi Sirojiddin Sayyid so’zga chiqib, qatnashuvchilarga Bobur haqida ma’ruza o’qidi, shoir hayotiga bog’liq voqealar sahnaviy chiqishda ijro etildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#dayjest

🗓️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida fevral oyining birinchi yarmida qanday ishlar amalga oshirildi?

Keling, birgalikda fevral oyining ikki haftalik, ya’ni 14 kun davomidagi eng muhim voqealarini esga olamiz!

⚡️1-fevral – Sitorabonu Shomurodova hamda Nafisa Karimova boshchiligida
“Mahorat darsi”
⚡️3-fevral –
“Men g’azal shaydosiman” nomli chellenjga start berildi.
⚡️5-fevral – 9 ta ijod maktabi o’qituvchilari ishtirokida
“Robo-Coding” seminari
⚡️6-fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari “Ma’rifatparvar ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni” ilmiy seminarida ishtirok
etishdi.
⚡️7-fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida sinflar o’rtasida
basketbol musobaqasi!
⚡️7-fevral – navoiyshunos olima
Oysara Madaliyeva bilan ijodiy uchrashuv!
⚡️8-fevral – dramaturg va nosir Shavkat Do’stmuhammad bilan
“Mahorat darsi”
⚡️9-fevral – Adiblar xiyobonida Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan tadbirda
ishtirok
⚡️9-fevral – Fizika va geometriya fanlaridan navbatdagi
monitoring
⚡️9-fevral – Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlangan bayram
tadbiri
⚡️10-fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijrosidagi g’azallar
O’zbekiston Milliy axborot agentligi nigohida!
⚡️10-fevral – Maktab Prezidenti Abdulbori Umaraliyev tashabbusi bilan an’anaviy o’tkaziladigan
“Zakovat” o’yini
⚡️10-fevral – “Tarix qa’ridagi ikki yulduz” nomli insholar tanlovining maktab
bosqichi
⚡️12-fevral – Maktabda stol tennis bo’yicha musobaqa bo’lib
o’tdi.
⚡️12-fevral Raqamli ta’limni rivojlantirish agentligi rahbari Shuhrat Sattotov bilan
uchrashuv.
⚡️12-fevral Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, olima Hilola Nazirova “Olima ayol – jamiyat ko’zgusi” nomli davra suhbatida ishtirok
etdi.
⚡️13-fevral – Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Buyuk ajdodlar ma’naviy merosi – ibrat manbai” nomli bayram
tadbiri
⚡️13-fevral – “Turon” axborot kutubxona markazida “Bir asrning ikki dahosi” nomli tadbir bo’lib
o’tdi.
⚡️13-fevral – “Media savodxonlik” to’garagi rahbari Hamdam Shorahmedov boshchiligida Toshkent fotolar uyiga
ekskursiya
⚡️14-fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Tibbiy ko’rik”
vaqti!
⚡️14-fevral – “Bobur kabi seving Vatanni!” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi- https://t.iss.one/qodiriy_abdulla/9226


https://t.iss.one/qodiriy_abdulla