Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#navoiyxonlik_boburxonlik


📌Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo’lib o’tgan tadbirdan fotolavhalarni tomosha qiling!

Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Chig’atoy gurungi” musiqa hamda drama to’garagi a’zolari, 8-“A” sinfining Bobur hayotiga bag’ishlangan sahna ko’rinishi, 8-“B” hamda 8-“V” o’quvchilaridan raqs guldastalari taqdim etildi.


📸Suratlar muallifi - Hamdam Shorahmedov.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#navoiyxonlik_boburxonlik


📍Bugun Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda "Turon" axborot kutubxona markazi hamkorligida Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomiga bag'ishlangan "Bir asrning ikki dahosi" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

📌Ana shu tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchi hamda o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi, ikki buyuk shoirning g’azallaridan yod olishdi.

Shuningdek, tadbirda Oriental hamda Jahon tillari universiteti talabalari ham ishtirok etishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

📸Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Toshkent fotolar uyidagi ko’rgazmaga tashrif buyurishdi.

Maktab “Media savodxonlik” to’garagi rahbari Hamdam Shorahmedov tashabbusi bilan tashkil etilgan ekskursiya o’qituvchi hamda o’quvchilarda kuchli taassurot qoldirdi.

⚡️Turli suratkashlar tomonidan olingan suratlar O’zbekistonning xoh qishlog’idan, xoh shahridan, xoh tabiatidan, xoh odamlaridan so’zlaydigan san’at darajasida bo’lib, kuzatuvchi tafakkurining eng chekka burchaklarini ham uyg’otib yuboradi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, PhD Hilola Nazirova Toshkent kimyo xalqaro institutida “Ayollar ilm-fan yo’lida: kelajakka nazar” nomli davra suhbatida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuv 11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etildi.

🗓️Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil dekabrdagi 70-sessiyasida qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq eʼlon qilingan.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichiga oz qoldi!

2023-yilning sentabr-dekabr oylarida mahalla-sektor-tuman-hudud bosqichlari o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi joriy yilning 15-23-fevral kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da o’tkaziladi.

⚡️Finalda hududiy bosqichlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan kitobxon yoshlar 5 ta shart bo’yicha o’zaro bellashadilar.

📚Tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rin g‘oliblari – Prezident sovg‘asi “Spark” avtomashinasi, 2-o‘rin g‘oliblari – 50 mln so‘mdan, 3-o‘rin g‘oliblari – 30 mln so‘mdan, qolgan ishtirokchilar 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bobur_kuni


🗓️Bugun, 14-fevral – Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun! Bu yil buyuk shaxs tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda!

📌Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijon shahrida tavallud topgan. Bobur - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan.
✍️Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
⌛️1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur “Mubayyin” asarini yaratdi. Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilib, unda arab alifbosini tahrirlagan, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
📚Oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar sifatida yaratilgan “Boburnoma” asari Boburning eng yirik ijodiy merosi hisoblanadi. “Boburnoma”da 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.

⚡️Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539-yil), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#boburxonlik

📌Ayni damda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan “Bobur kabi seving Vatanni” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tmoqda!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiy_ko’rik

🏫Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi tibbiy ko’rik bo’lib o’tdi.

📌O’quvchilarning yaxshi bilim olishida, ularning sog’lom turmush tarziga amal qilishlari juda muhim. Turkiston jadidi Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axlod” asarida ham badan salomatligi haqida alohida to’xtalib o’tgan.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM