#mening madhiyam
Madhiyam yangrar
Bosh qomusim yozgan belgilab,
"Ramzlar" deya qoʻygandir atab,
Egadir bayroq va gerbiga,
Balandlarda yangrar madhiya!
Bayrogʻimiz chiqarib koʻkka,
Boshlarini koʻtarib tikka,
Yetaklashib yuksaklikka,
Sportchilar aytar madhiya!
Har bir soʻzini ulugʻ bilib,
Satrlarin birma bir koʻrib,
Dunyo boʻylab sayohat qilib,
Bolajonlar aytar madhiya!
Mustaqillikning gʻamini yeb,
Yaratganlar humo qishli gerb.
Kelajakka yorqin nazar deb,
Hur insonlar aytar madhiya!
"Vatan" deya yashagan inson,
Ona xalqin oʻylaydi har on,
Shunday ekan doim begumon,
Yurtboshimiz aytar madhiya!
Kiydi shaxmat tojin vatanim,
Balandlarga uchdi samanim,
Shodligimning cheki yoʻq manim,
Nodirbeklar aytar madhiya!
✍Madina Azizova
Abdulla Qodiriy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

#biz zo'ravonlikka qarshimiz
#men uchun qadrli...
Men uchun qadrli - shonli tarixim
8-B sinf o‘quvchisi Yusupaliyeva Marg'uba
t.iss.one/qodiriy_abdulla
#men uchun qadrli...
Men uchun qadrli - shonli tarixim
8-B sinf o‘quvchisi Yusupaliyeva Marg'uba
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi xabarnomasi va nizomi.docx
62.5 KB
#Ijodiy_tanlov
🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir va davlat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Barhayot jilolar” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
1-yo‘nalish:
📜nazm (Hamid Olimjon she’rlariga nazira bog‘lash)
2-yo‘nalish:
🧾maqola (Hamid Olimjon shaxsi va uning ijodiyotini tasvirlash);
3-yo‘nalish:
🎥videorolik (Hamid Olimjon qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).
Ijodiy ishlaringizni @MamurovAkbar ga yuboring
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I
@ikki_qalb_izdoshlari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_reportaj
Turkiyadagi Konya shahridan mobil reportaj
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix
Telegram | Instagram | Facebook
Turkiyadagi Konya shahridan mobil reportaj
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_reportaj
Turkiyaning Konya shahridagi qo‘lyozmalari boshqarmasidan mobil reportaj

#Oltin_fondimiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi va “Yoshlar” teleradiokanali bilan hamkorlikda "Oltin fondimiz" ko‘rsatuvi tayyorlanib, efirga uzatilib borilmoqda.
Ko’rsatuvning navbatdagi soni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tdi.
🎥Unda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va iqtidorli o’quvchilar bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Нимагаки эришган бўлсам, нимаки топган бўлсам, ҳаммасини китобдан деб биламан..."
Ўзбекистон халқ ёзувчиси Эркин Аъзам болалигида ўқиган илк китоблари ҳақида
📺 "Оламнинг қалби"
👉 @mm_telekanal
Ўзбекистон халқ ёзувчиси Эркин Аъзам болалигида ўқиган илк китоблари ҳақида
📺 "Оламнинг қалби"
👉 @mm_telekanal
#tanlov
#tong_nafasi_ilhomlari
"Shoirlarga hayron boʻlmang..."
Erkin Vohidovga
Shoirlar dunyosi ozgina gʻalat,
Bu olamga sira oʻxshamay qolgan.
Insonlar koʻzini qoplasa gʻaflat,
Hislarni toʻgʻrilab u sheʼrga solgan.
Shoirning qalbini anor dedilar,
Dedilar:"Sheʼrlari sharbati uning".
Haqiqatni yozib pand ham yedilar,
"Sovetga qarshidir,-dedilar- buning".
Gohi lavozimdan ayirdilar ham,
Lekin shoir uchun mansabi bir pul.
Unga qogʻoz kerak,kerak gʻam,qalam,
Uning qalbi boʻlar nozikkina gul.
Haq desa, ortidan xanjar sanchdilar,
Taom zaharlandi, desalar "Vatan".
Yozgan sheʼrlarini bir-bir archdilar,
"Xalqim" desalar,gar,koʻmilgaydir tan.
Pushkini qalbida yashasa,magar,
Qoʻlida doimo Navoiy turdi.
Borish-chun moziyga chogʻlansa safar,
Uch yillik hayotin poyidan urdi.
"Sharq taronalari"n sevib kuyladi,
Yesinin boʻlibon kezdi dunyoni.
Shoir doim Fuzuliydan soʻyladi,
Bir yoni dostondir,sheʼrdir bir yoni.
Erkin Vohidovdan soʻyladim bugun,
Qalbimda toʻlgʻonib yotar sheʼriyat.
Hislarim dilimda boʻlib bir tugun,
Gulasal sheʼri ham koʻtarsaydi qad!
11.12.2022
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf oʻquvchisi Omonova Gulasal

ҚИШ
Кекса кампир ун элар,
Келинларни шошириб.
Илоҳий тухумларни
Оқ супрага яшириб.
Йўлларнинг четларида
Мактабдан қайтар излар.
Сумкада қор, билмасдан
Қайтиб келяпти қизлар.
Ўзи билмай улғаяр,
Нигоҳлар—ўт, камалак.
Қизларнинг сийнасини
Ўстиради яхмалак.
Қорбобонинг бурнини
Ғуломқуён еб қочган.
Қорнинг жим-жит шовқини
Пок юракларга кўчган.
Токчаларда гултувак,
Меҳмон қиздай жим, ҳайрон.
Печка турар гуриллаб,
Мезбон чолдай меҳрибон.
Уйларнинг мўрилари
Қўшни уйга боқяпти.
Янги тушган келинчак
Қорда гилам қоқяпти.
Ёнбошлаб ётар дала,
Кетмон таътилга чиққан.
—Томдан тушгин, ҳей бола,
Авайла, йиқиласан.
Урчуқдаги сўзондан
Эртак тўқийди кампир.
«Муродга етмай» бола
Ухлаб қолди барибир.
Шундан бери ухлайман,
Шундан бери умрим туш.
Бу муродли уйқудан
Уйғонгим келмас эмиш.
Кекса кампир ун элар…
Шодмонқул САЛОМ
@Shodmonqul_SALOM
Кекса кампир ун элар,
Келинларни шошириб.
Илоҳий тухумларни
Оқ супрага яшириб.
Йўлларнинг четларида
Мактабдан қайтар излар.
Сумкада қор, билмасдан
Қайтиб келяпти қизлар.
Ўзи билмай улғаяр,
Нигоҳлар—ўт, камалак.
Қизларнинг сийнасини
Ўстиради яхмалак.
Қорбобонинг бурнини
Ғуломқуён еб қочган.
Қорнинг жим-жит шовқини
Пок юракларга кўчган.
Токчаларда гултувак,
Меҳмон қиздай жим, ҳайрон.
Печка турар гуриллаб,
Мезбон чолдай меҳрибон.
Уйларнинг мўрилари
Қўшни уйга боқяпти.
Янги тушган келинчак
Қорда гилам қоқяпти.
Ёнбошлаб ётар дала,
Кетмон таътилга чиққан.
—Томдан тушгин, ҳей бола,
Авайла, йиқиласан.
Урчуқдаги сўзондан
Эртак тўқийди кампир.
«Муродга етмай» бола
Ухлаб қолди барибир.
Шундан бери ухлайман,
Шундан бери умрим туш.
Бу муродли уйқудан
Уйғонгим келмас эмиш.
Кекса кампир ун элар…
Шодмонқул САЛОМ
@Shodmonqul_SALOM
#хотира
12 декабр- атоқли адиб Ҳамид Олимжон таваллуд топган кун!
Ҳамид Олимжон 1909 йил 12 декабрда Жиззах вилоятида туғилган. Ўзбекистон ФА мухбир аъзоси (1943). Самарқанддаги билим юртида (1923-28), Педагогига академиясининг ижтимоий-иқтисодий фанлар факультетида ўқиган (1928—31). Дастлабки асарлари — «Кўклам» (шеърлар, 1929), «Тонг шабадаси» (ҳикоялар, 1930). «Олов сочлар» (1931), «Пойга», «Ўлим ёвга» (1932), «Дарё кечаси» (1936), «Шеърлар» (1937), «Ўлка», «Ойгул ва Бахтиёр» (1939), «Бахт» (1940), «Қўлингга курол ол!», «Она ва ўғил» (1942), «Ишонч» (1943) шеърий тўпламлар муаллифи. «Ойгул билан Бахтиёр» (1937) ҳамда «Семурғ ёки Паризод ва Бунёд» (1939) достонлари халқ эртаклари мотивлари асосида яратилган. Н. Островскийнинг «Пўлат қандай тобланди» романини ҳамда А. С. Пушкин, Л. Н. Толстой, В. Маяковский, Т. Шевченко ва бошк,а шоирларнинг асарларини ўзбек тилига таржима қилган. 1944 йил 3 июлда автомобиль халокатидан Тошкент шаҳрида вафот этган.
ХАЁЛИМДА БЎЛДИНГ УЗУН КУН…
Хаёлимда бўлдинг узун кун,
Сени излаб қирғоққа бордим.
Оч тўлқинлар пишқирган тунда,
Топиб бер, деб ойга ёлвордим.
Ишон, бунда сени доимо
Эсга солар чиройли тунлар,
Шўх юлдузлар, салқин саҳарлар,
Эсга солар бахтиёр кунлар.
Толеимнинг ошиноси сен,
Сен севгимнинг кўкарган боғи.
Сенинг билан бирга иқболим,
Ишончимнинг сен вафо тоғи.
Мени қуршар салқин бир ҳаво,
Сув устидан тун қуюлади.
Шунда қанча-қанча гапларни
Эсга солиб ой ҳам тўлади.
Кеча жим-жит, ёлғиз тўлқинлар
Пишқиради билмай тинимни.
Ҳийлагар ой, сеҳргар дилбар,
Солиб қўйдинг ёдимга кимни?..

#barhayot jilolar
“Holbuki tun” (Hamid Olimjon she’riga nazira)
Shag‘irlaydi betinim daryo,
Shag‘irlaydi vahm to‘lgan jar.
Shag‘irlashga to‘lganda har yon,
Yuragimda bir shivir kezar.
(Yuragimni bir shivir ezar)
Shag‘irlashga och bu quloqlar,
Shovqinga o‘ch olomon ichra.
Qurib tugayapti buloqlar,
Bas, ko‘zlarim yumilgin, kichray...
Loyqalangan bu suv qo‘rqitar,
Surinaman oyoq izimga.
Ano‘v, bola tag‘in to‘r tutar,
Tanib bo‘lmaydigan yuziga.
Olov tinmas, olov zulumot,
Tuman isin tuymish dimog‘im.
(Gumon isin tuymish dimog‘im)
Momom olib yuribdi, hayhot,
Piligin qum bosgan chirog‘in.
Daryo – ko‘z yosh,
Jar – qoraygan ko‘z.
Qay devorga urilgan boshsan,
Shovqiningdan taralarmi so‘z.
O‘zaningdan ozgina toshsang.
Toshsang…
Evriladi bu kulrang falak,
Intiho quchadi bu saksovulzor.
Toshsang…
Tutolmayin bo‘lsamda halak,
Kapalaklar quvarman takror.
**
Shag‘irlayver daryo betinim,
To‘ldirgancha dilni g‘uluga.
Shivirlayman, so‘ng ketaman jim,
Tushlarimni aytgancha suvga.
Tushlarimni aytgancha suvga...
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
11-sinf o‘quvchisi Abdulakimova Gulsanam

Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
#tanlov
#barhayot jilolar
#Hamid_Olimjon
Tinimsizdir yolg'iz shabboda
Maysalarning sochi silkinar...
Xayolim olding-ku yuragim ham ol,
Shundoq ham boʻysinmas aqlga xayol.
Kech desam yurakka keladi malol,
Orzuga aylangan armonli sevgim.
Sen bilan oʻtdi-ku kuz, qish va bahor,
Yozda topolmayin yuragim bedor.
Bahorga yetkazdim ochibon kurtak,
Gul boʻlmay xazonga aylangan sevgim.
Armonga aylandi erkalab suyish,
Armonga aylandi vaslingda kuyish.
Xayolga kelmabdi sevib, soʻng kuyish,
Cho'g' bo'lmay, kullarga aylangan sevgim.
Baxtli tuyar edim sen bilan boʻlsam,
Armonni yengardim sen bilan qolsam.
Senda ayb yo'qdir men nodon boʻlsam,
Seni deb aqlini yoʻqotgan sevgim.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid

#Hamid Olimjon
Sevgi desam
Sevgi desam, faqat sen, sen desam,
Sening bilan yashasa qalbim...
Sen meni sevarding tongday musaffo,
Shabnamday beg'ubor, kapalakday sof.
Men seni sevishni bilmasdim ammo,
"Sevdim" deganingda tinglar edim lof...
Orzular qilarding shirin, entikib.
Sezilib turardi har bir so'zingdan.
Yig'lab olar eding mendan berkitib,
Yoshlar qalqqanida munchoq ko'zingda...
Bilarding...
Ko'z yoshlar ko'rsam ko'zingda,
"Soxta" deb atardim, "Yurakdan yig'la",
Xatolar topardim bosgan izingdan,
Ishonmoq, kechirmoq yot edi menga.
Xudbinlik qilardim shundayin erkam,
Tarbiya etardim seni o'zimcha.
O'zingnikimasdi hatto soching ham,
Menga bo'ysunardi har bir tizimcha.
Yasharding hokisor, yasharding erksiz.
Quldan ham xor eding, men esa xoqon.
Agar men istasam cho'kar eding tiz,
Agar men xohlasam berar eding jon...
G'oyibdan shunday kun keldi-yu bir kun.
Ko'zga ko'z tushganda uyaldim o'zdan.
O! Men seni sevib qolayotgandim,
Qutqarmoqchi bo'ldim, menday yovuzdan.
Va ketdim qayg'uni olib men sendan.
Ketdim - men sevishni o'rganmoq uchun.
Yig'lading...
Hayratda qotdim-u birdan:
-Menday yovuz uchun o'rtanmoq nechun?
...Uzlatga chekindim o'zimdan yiroq.
Taftish etdim har bir bosgan qadamni.
Sevgi berganingda, beribman qiynoq.
Ayt-chi, O, malikam, men ham odammi?
Sen qanday yashading, bilmadim, lekin
Qadring o'tdi menga, hammadan ko'proq.
Qaytay desam, hali tayyor emasdim.
Ozor bermay deya qaytmadim biroq..
Yashadim bir chetda, dars olib ishqdan.
"Sevmoq" ne, men endi bilib olgandim.
"Mehr" deb kashf etib, ishqni qaytadan,
Men seni batamom sevib qolgandim...
Men qaytdim ortimga, yuragim to'la.
Lolalar o'stirib, sevgi o'stirib.
Endi sen qalbimni, jonimni so'ra.
Poyingga otardim, endi shart yulib.
Lekin vaqt o'tgandi oradan ancha.
Afsus kechikibman, men kech qolibman.
Men seni sevishni o'rgangunimcha,
Sen o'zgani sevishni o'rganvolibsan....
Endi men sevardim tongday musaffo,
Shabnamday beg'ubor, kapalakday sof.
Endi sen ishonchni bilmasding aslo,
"Sevdim" deganimda tinglar eding lof...

Hamid Olimjon sheʼriga nazira
"Xayolimda boʻlding uzun kun,
Seni izlab qirgʻoqqa bordim..."
Hislarimni opichlagan tun,
Dengiz sasin kuyga solvordim.
Qaro tunning sochiga qoʻnib,
Seni izlab qidirdim mudom.
Goh yulduzga,goh oyga doʻnib,
Och toʻlqinlar qildi-ku tamom.
Keng qalbimning sultoni oʻzing,
Sen sevgimning mangu timsoli.
Koʻnglimdadir har aytgan soʻzing,
Anor yangligʻ yuzingning oli.
"Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi..."
Qulogʻimda sehrli navo,
Yellar menga baxt tuyuladi.
Sokin erur hayotim hamon,
Yolgʻiz qoldi dengiz toʻlqini ...
Yugurdi his goʻzal yor tomon,
Qoʻlimdadir sevgi yolqini.
"Kecha jim-jit yolgʻiz toʻlqinlar,
Pishqiradi bilmay tinimni..."
Yolgʻon boʻldi nahotki chinlar,
Hamid sevdi aytingiz kimni?
"Xayolimda boʻlding uzun kun,
Seni izlab qirgʻoqqa bordim..."
Topolmadim yorimni nechun?
Oy-yulduzga sassiz yolvordim.
Meni soʻrang,
soʻngsiz oʻylardan,
Meni oʻrang,
mungli kuylarga...
Hamid doim qalbingizdadir!
12.12.2022
✍ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf oʻquvchisi Omonova Gulasal

Hamid Olimjon she'riga nazira
"Shag'irlaydi betinim daryo
Shag'irlaydi vahm to'lgan jar"
Yurak sirin ochganday go'yo,
Oy ham bugun menga yaltirar.
Holbuki tun ololsa dardim
Holbuki tun taskin bersaydi
Xayollardan bor faqat qasdim
Borlig'imda jisming yashaydi.
Ko'zni tikdim mitti yulduzga
Balki, u ham sirlarga guvoh,
Hech to'xtamay biz yo'limizda
Davom etsak bo'lurmu gunoh?
Yana davom etmoqda jimlik
Sho'ng'ib ketdim cheksiz orzuga,
Biz ham bir kun o'ynagan edik
Shu sokin tun "madh etgan" kuyga.
"Shag'irlaydi osmon va havo
Shag'irlaydi butun koinot"
Bizda hamon yangraydi navo,
"Raqs tushishdan" to'xtamas hayot.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi Bobomurodova Maftuna

Fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasida bir guruh mutaxassıslar mukofotlandi
⚡️Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/12634
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

OʻZBEK ADABIYOTSHUNOSI, JAMOAT ARBOBI NAIM KARIMOV DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI
Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra, Naim Karimov “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun adabiyot sohasida Birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu xushxabar 12-dekabr kuni tavalludining 90 yilligi nishonlanayotgan akademikning tug‘ilgan kuniga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.
Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan ustozimizni ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz hamda kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatida zafarlar tilaymiz.
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra, Naim Karimov “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun adabiyot sohasida Birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu xushxabar 12-dekabr kuni tavalludining 90 yilligi nishonlanayotgan akademikning tug‘ilgan kuniga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.
Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan ustozimizni ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz hamda kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatida zafarlar tilaymiz.
t.iss.one/qodiriy_abdulla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
🔰“Muassir” so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰“Muassir” so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_reportaj
Turkiya Kappadokiya manzilgohidan mobil reportaj
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix
Telegram | Instagram | Facebook
Turkiya Kappadokiya manzilgohidan mobil reportaj
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix
Telegram | Instagram | Facebook