#tanlov
#tong_nafasi_ilhomlari
"Shoirlarga hayron boʻlmang..."
Erkin Vohidovga
Shoirlar dunyosi ozgina gʻalat,
Bu olamga sira oʻxshamay qolgan.
Insonlar koʻzini qoplasa gʻaflat,
Hislarni toʻgʻrilab u sheʼrga solgan.
Shoirning qalbini anor dedilar,
Dedilar:"Sheʼrlari sharbati uning".
Haqiqatni yozib pand ham yedilar,
"Sovetga qarshidir,-dedilar- buning".
Gohi lavozimdan ayirdilar ham,
Lekin shoir uchun mansabi bir pul.
Unga qogʻoz kerak,kerak gʻam,qalam,
Uning qalbi boʻlar nozikkina gul.
Haq desa, ortidan xanjar sanchdilar,
Taom zaharlandi, desalar "Vatan".
Yozgan sheʼrlarini bir-bir archdilar,
"Xalqim" desalar,gar,koʻmilgaydir tan.
Pushkini qalbida yashasa,magar,
Qoʻlida doimo Navoiy turdi.
Borish-chun moziyga chogʻlansa safar,
Uch yillik hayotin poyidan urdi.
"Sharq taronalari"n sevib kuyladi,
Yesinin boʻlibon kezdi dunyoni.
Shoir doim Fuzuliydan soʻyladi,
Bir yoni dostondir,sheʼrdir bir yoni.
Erkin Vohidovdan soʻyladim bugun,
Qalbimda toʻlgʻonib yotar sheʼriyat.
Hislarim dilimda boʻlib bir tugun,
Gulasal sheʼri ham koʻtarsaydi qad!
11.12.2022
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf oʻquvchisi Omonova Gulasal
#tong_nafasi_ilhomlari
"Shoirlarga hayron boʻlmang..."
Erkin Vohidovga
Shoirlar dunyosi ozgina gʻalat,
Bu olamga sira oʻxshamay qolgan.
Insonlar koʻzini qoplasa gʻaflat,
Hislarni toʻgʻrilab u sheʼrga solgan.
Shoirning qalbini anor dedilar,
Dedilar:"Sheʼrlari sharbati uning".
Haqiqatni yozib pand ham yedilar,
"Sovetga qarshidir,-dedilar- buning".
Gohi lavozimdan ayirdilar ham,
Lekin shoir uchun mansabi bir pul.
Unga qogʻoz kerak,kerak gʻam,qalam,
Uning qalbi boʻlar nozikkina gul.
Haq desa, ortidan xanjar sanchdilar,
Taom zaharlandi, desalar "Vatan".
Yozgan sheʼrlarini bir-bir archdilar,
"Xalqim" desalar,gar,koʻmilgaydir tan.
Pushkini qalbida yashasa,magar,
Qoʻlida doimo Navoiy turdi.
Borish-chun moziyga chogʻlansa safar,
Uch yillik hayotin poyidan urdi.
"Sharq taronalari"n sevib kuyladi,
Yesinin boʻlibon kezdi dunyoni.
Shoir doim Fuzuliydan soʻyladi,
Bir yoni dostondir,sheʼrdir bir yoni.
Erkin Vohidovdan soʻyladim bugun,
Qalbimda toʻlgʻonib yotar sheʼriyat.
Hislarim dilimda boʻlib bir tugun,
Gulasal sheʼri ham koʻtarsaydi qad!
11.12.2022
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf oʻquvchisi Omonova Gulasal
👍11👏3❤1
#tanlov
#tong_nafasi_ilhomlari
#tarjima
ПАМЯТЬ
Плохая память? Друг ты мой, не сетуй.
Забвение душе дает покой.
Но, к сожаленью, сам я не такой.
И все, что было, помнит мое сердце.
Напрасно я от памяти бегу,
Она, как прежде, болью душу полнит.
Ту, что меня давно уже не помнит,
который год забыть я не могу.
Memory
Bad memory? My friend, don't complain.
Oblivion gives peace to the soul.
But, unfortunately, I'm not like that myself.
And everything that happened, my heart remembers.
I 'm running from memory in vain,
She, as before, fills her soul with pain.
The one that doesn't remember me for a long time,
which year I can't forget.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-B sinf o‘quvchisi Saidakbarova Aisha
#tong_nafasi_ilhomlari
#tarjima
ПАМЯТЬ
Плохая память? Друг ты мой, не сетуй.
Забвение душе дает покой.
Но, к сожаленью, сам я не такой.
И все, что было, помнит мое сердце.
Напрасно я от памяти бегу,
Она, как прежде, болью душу полнит.
Ту, что меня давно уже не помнит,
который год забыть я не могу.
Memory
Bad memory? My friend, don't complain.
Oblivion gives peace to the soul.
But, unfortunately, I'm not like that myself.
And everything that happened, my heart remembers.
I 'm running from memory in vain,
She, as before, fills her soul with pain.
The one that doesn't remember me for a long time,
which year I can't forget.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-B sinf o‘quvchisi Saidakbarova Aisha
👍6🤩2👏1
#tanlov
#tong_nafasi_ilhomlari
Erkin Vohidovning "Tasavvur" she'riga nazira
Achchiq xayolning tasavvurlari...
Bolalik ekan-da, bir tomchi edim,
Suzish-ku bir yoqda, qalqish istamas.
Turtildim, yiqildim ummon qa'riga,
Endi "o'zim" yo'qman, olqish istamas.
Tasavvur, xayolot boquv ko'rmagan,
Ko'rmagan, ko'rmikin insofning ko'zi.
Zilzila bo'lsa ham bilib bilmagan,
Axir yer insonni to'kolmas o'zi.
Tezligi befoyda, odamlar tezroq,
Silkinar, toshirar lekin odam ko'p.
Qahrga qahr-u, bezlardan bezroq,
Tuproqdan bo'lgan-u, unga to'ygan yo'q.
Yodimdan chiqmaydi bir tomchi suvman,
Bir qatra unutsam, darrov eslatar.
Dunyo, yomg'ir bilan yuzingni yuvma,
To'kilib ketadi yuzlar, bu battar.
Battar bo'laverar, battar qurbon ko'p,
Loyqalar qariga qular tomchilar.
Ne emish, mehrdan porox bilan to'p?!
Mehrni pullagan mehribonchilar!
Mendami ixtiyor, mendami tanlov,
Birgina tomchiman, bunda bedarak.
Qaniydi yashasam, shunda ham to'lov,
Bu yerdan tomchiday yo'q bo'lish kerak!
Uzr, shunchaki deb qo'ydim yomon!
Yomonmi!?
Ha.
Ehh, yana xayol ketibdi...
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Toshqorayev Azizbek
t.iss.one/qodiriy_abdulla
#tong_nafasi_ilhomlari
Erkin Vohidovning "Tasavvur" she'riga nazira
Achchiq xayolning tasavvurlari...
Bolalik ekan-da, bir tomchi edim,
Suzish-ku bir yoqda, qalqish istamas.
Turtildim, yiqildim ummon qa'riga,
Endi "o'zim" yo'qman, olqish istamas.
Tasavvur, xayolot boquv ko'rmagan,
Ko'rmagan, ko'rmikin insofning ko'zi.
Zilzila bo'lsa ham bilib bilmagan,
Axir yer insonni to'kolmas o'zi.
Tezligi befoyda, odamlar tezroq,
Silkinar, toshirar lekin odam ko'p.
Qahrga qahr-u, bezlardan bezroq,
Tuproqdan bo'lgan-u, unga to'ygan yo'q.
Yodimdan chiqmaydi bir tomchi suvman,
Bir qatra unutsam, darrov eslatar.
Dunyo, yomg'ir bilan yuzingni yuvma,
To'kilib ketadi yuzlar, bu battar.
Battar bo'laverar, battar qurbon ko'p,
Loyqalar qariga qular tomchilar.
Ne emish, mehrdan porox bilan to'p?!
Mehrni pullagan mehribonchilar!
Mendami ixtiyor, mendami tanlov,
Birgina tomchiman, bunda bedarak.
Qaniydi yashasam, shunda ham to'lov,
Bu yerdan tomchiday yo'q bo'lish kerak!
Uzr, shunchaki deb qo'ydim yomon!
Yomonmi!?
Ha.
Ehh, yana xayol ketibdi...
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Toshqorayev Azizbek
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Manzil: Zarqaynar, 6/2.
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/190600033373
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/190600033373
👏5👍1
Forwarded from Mahmuda Yuldasheva
#tanlov
#tong_nafasi_ilhomlari
Erkin Vohidovning she`rlarin o`qib…
Erkin Vohidovning she`rlarin o`qib, Ajib bir tuyg`uni his qildim shunda.
Go`yoki dunyoning dur-u javhari,
Ma`no xazinasi yig`ilgan unda.
Bilaman, g`am-g`ussa jam bo`lgan unda,
Yurakni tirnaydi har bir satr she`r.
Bilaman, barchasin bilib turibman,
U menga tinmayin nimalardir der…
She`rni o`qib bo`ldim va shu zahoti,
Qalbimda nimadir o`rtanar hamon.
Qalbimni tingladim, uni angladim,
Intilaman porloq kelajak tomon.
Erkin Vohdovning she`rini o`qib,
Dunyo go`zalligin his qildim shunda.
Go`yoki, adabiyot ichra xayollar,
Ilhom parisini chorlaydi unda.
O`qidim bir she`rni qayta-qayta men,
Istak tug`iladi yana o`qishga.
Qalbimni o`ziga asir etgan she`r,
Sal qoldi qalbimni o`g`irlatishga…
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o`quvchisi Nurmuhammadova Dilrabo
t.iss.one/qodiriy_abdulla
#tong_nafasi_ilhomlari
Erkin Vohidovning she`rlarin o`qib…
Erkin Vohidovning she`rlarin o`qib, Ajib bir tuyg`uni his qildim shunda.
Go`yoki dunyoning dur-u javhari,
Ma`no xazinasi yig`ilgan unda.
Bilaman, g`am-g`ussa jam bo`lgan unda,
Yurakni tirnaydi har bir satr she`r.
Bilaman, barchasin bilib turibman,
U menga tinmayin nimalardir der…
She`rni o`qib bo`ldim va shu zahoti,
Qalbimda nimadir o`rtanar hamon.
Qalbimni tingladim, uni angladim,
Intilaman porloq kelajak tomon.
Erkin Vohdovning she`rini o`qib,
Dunyo go`zalligin his qildim shunda.
Go`yoki, adabiyot ichra xayollar,
Ilhom parisini chorlaydi unda.
O`qidim bir she`rni qayta-qayta men,
Istak tug`iladi yana o`qishga.
Qalbimni o`ziga asir etgan she`r,
Sal qoldi qalbimni o`g`irlatishga…
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o`quvchisi Nurmuhammadova Dilrabo
t.iss.one/qodiriy_abdulla
Telegram
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Manzil: Zarqaynar, 6/2.
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/190600033373
@aqodiriyijodmaktabi_bot
Telegram:https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Instagram:https://www.instagram.com/abdullaqodiriy_ijod_mak Facebook:ECAFhttps://www.facebook.com/sha
Twitter: https://x.com/abdullaijo43777/status/190600033373
👍6