Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.28K subscribers
14.1K photos
1.54K videos
95 files
4.62K links
Download Telegram
#tanlov
#barhayot jilolar
#Hamid_Olimjon

Tinimsizdir yolg'iz shabboda
Maysalarning sochi silkinar...

Xayolim olding-ku yuragim ham ol,
Shundoq ham boʻysinmas aqlga xayol.
Kech desam yurakka keladi malol,
Orzuga aylangan armonli sevgim.

Sen bilan oʻtdi-ku kuz, qish va bahor,
Yozda topolmayin yuragim bedor.
Bahorga yetkazdim ochibon kurtak,
Gul boʻlmay xazonga aylangan sevgim.

Armonga aylandi erkalab suyish,
Armonga aylandi vaslingda kuyish.
Xayolga kelmabdi sevib, soʻng kuyish,
Cho'g' bo'lmay, kullarga aylangan sevgim.

Baxtli tuyar edim sen bilan boʻlsam,
Armonni yengardim sen bilan qolsam.
Senda ayb yo'qdir men nodon boʻlsam,
Seni deb aqlini yoʻqotgan sevgim.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid

t.iss.one/qodiriy_abdulla
11👍2
#tanlov
#barhayot jilolar
#Hamid Olimjon

Sevgi desam

Sevgi desam, faqat sen, sen desam,
Sening bilan yashasa qalbim...


Sen meni sevarding tongday musaffo,
Shabnamday beg'ubor, kapalakday sof.
Men seni sevishni bilmasdim ammo,
"Sevdim" deganingda tinglar edim lof...

Orzular qilarding shirin, entikib.
Sezilib turardi har bir so'zingdan.
Yig'lab olar eding mendan berkitib,
Yoshlar qalqqanida munchoq ko'zingda...

Bilarding...
Ko'z yoshlar ko'rsam ko'zingda,
"Soxta" deb atardim, "Yurakdan yig'la",
Xatolar topardim bosgan izingdan,
Ishonmoq, kechirmoq yot edi menga.

Xudbinlik qilardim shundayin erkam,
Tarbiya etardim seni o'zimcha.
O'zingnikimasdi hatto soching ham,
Menga bo'ysunardi har bir tizimcha.

Yasharding hokisor, yasharding erksiz.
Quldan ham xor eding, men esa xoqon.
Agar men istasam cho'kar eding tiz,
Agar men xohlasam berar eding jon...

G'oyibdan shunday kun keldi-yu bir kun.
Ko'zga ko'z tushganda uyaldim o'zdan.
O! Men seni sevib qolayotgandim,
Qutqarmoqchi bo'ldim, menday yovuzdan.

Va ketdim qayg'uni olib men sendan.
Ketdim - men sevishni o'rganmoq uchun.
Yig'lading...
Hayratda qotdim-u birdan:
-Menday yovuz uchun o'rtanmoq nechun?

...Uzlatga chekindim o'zimdan yiroq.
Taftish etdim har bir bosgan qadamni.
Sevgi berganingda, beribman qiynoq.
Ayt-chi, O, malikam, men ham odammi?

Sen qanday yashading, bilmadim, lekin
Qadring o'tdi menga, hammadan ko'proq.
Qaytay desam, hali tayyor emasdim.
Ozor bermay deya qaytmadim biroq..

Yashadim bir chetda, dars olib ishqdan.
"Sevmoq" ne, men endi bilib olgandim.
"Mehr" deb kashf etib, ishqni qaytadan,
Men seni batamom sevib qolgandim...

Men qaytdim ortimga, yuragim to'la.
Lolalar o'stirib, sevgi o'stirib.
Endi sen qalbimni, jonimni so'ra.
Poyingga otardim, endi shart yulib.

Lekin vaqt o'tgandi oradan ancha.
Afsus kechikibman, men kech qolibman.
Men seni sevishni o'rgangunimcha,
Sen o'zgani sevishni o'rganvolibsan....

Endi men sevardim tongday musaffo,
Shabnamday beg'ubor, kapalakday sof.
Endi sen ishonchni bilmasding aslo,
"Sevdim" deganimda tinglar eding lof...

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid

t.iss.one/qodiriy_abdulla
7👏6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#Hamid_Olimjon

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchilari tomonidan ХХ asr o'zbek she'riyati darg'alarining tom ma'nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 113 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan videorolik

t.iss.one/qodiriy_abdulla
👍143🤩2🤔1