Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bobur_kuni

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Bobur kabi seving Vatanni” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Aziza Saydullayeva hamda Munisxon Husainova tashabbusi bilan tashkil etilib, maktabning 8-sinf o’quvchilari o’rtasida musobaqa tarzida bo’lib o’tdi.

⚡️Musobaqa 3 shart asosida tashkil etilib, sahna ko’rinish, g’azalga ishlangan kuy-qo’shiqlar hamda “Boburnoma”dan savol-javob shaklida o’tdi

📚Yakuniy natijalar esa quyidagicha:

🥇- o’rin 8-“V” sinf o’quvchilari
🥈-o’rin 8-“A” sinf o’quvchilari
🥉- o’rin 8-“B” sinf o’quvchilari


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#boburxonlik
#bobur_kuni

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Gulnoz Negmatova boshchiligida Adiblar xiyoboniga borishdi.

Shoirlar ichra shoh, shohlar ichra shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag’ishlab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o’tkazilgan tadbir avvalida xiyobonda joylashgan ajdodimiz haykali poyiga gullar qo’yildi, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

⚡️So’ngra uyushma raisi Sirojiddin Sayyid so’zga chiqib, qatnashuvchilarga Bobur haqida ma’ruza o’qidi, shoir hayotiga bog’liq voqealar sahnaviy chiqishda ijro etildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кеча келгумдур дебон ул сарви гулру келмади (+видео)

Кеча келгумдур дебон ул сарви гулру келмади,
Кўзларимга кеча тонг отқунча уйқу келмади.

Лаҳза-лаҳза чиқтиму чектим йўлида интизор,
Келди жон оғзимғаю ул шўхи бадхў келмади.

Оразидек ондин эрканда гар этти эҳтиёт,
Рўзгоримдек ҳам ўлғанда қоранғу келмади.

Ул париваш ҳажридинким йиғладим девонавор,
Кимса бормуким, анга кўрганда кулгу келмади.

Кўзларингдин неча су келгай, деб ўлтурманг мени
Ким, бори қон эрди келган, бу кеча су келмади.

Толиби содиқ топилмас, йўқсаким қўйди қадам
Йўлғаким аввал қадам, маъшуқи ўтру келмади.

Эй Навоий, бода бирла хуррам эт кўнглунг уйин,
Не учунким бода келган уйга қайғу келмади.


Алишер Навоий

🎥 https://youtu.be/xMTqjJTmjJc?si=eJpca4DV_Xagatwy

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
Forwarded from GrantGO
Hajviy sheʼrlar uchun umumiy mukofot jamg'armasi $3,750 dollar bo'lgan "Werge Flomp Humor Poetry" xalqaro tanlovi

Talablar
— Tanlovda professional va havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin, yosh chegarasi mavjud emas, faqatgina bitta she'r yuborish talab etiladi;
— She'r ingliz tilida hajviy janrda yozilgan, hajmi 250 qatordan oshmagan bo'lishi lozim;
— Boshqa tildan yozilgan hajviy she'rlarni tarjima qilib yuborish mumkin.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun 2,000 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti, shuningdek dastur homiysi Duotrope tashkiloti tomonidan ikki yillik sertifikat (100 AQSH dollari bahosiga teng) taqdim etiladi;
— 2-o'rin uchun 500 AQSh dollari pul mukofoti;
— 10 nafar eng yaxshi she'r mualliflariga 100 AQSh dollaridan pul mukofoti taqdim etiladi.

Oxirgi muddat
01.04.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/06726

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
#navoiyxonlik_boburxonlik

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida deyarli 15 kun davomida bo’lib o’tgan “Men g’azal shaydosiman” chellenjining natijalarini e’lon qilamiz!

📌”Eng yaxshi g’azal ijrochisi” nominatsiyasi g’olibi 9-ishtirokchi Xolida Eshpo’latova (10-“B” sinf o’quvchisi)
📌 “Eng ko’p ko’rilgan ijro” nominatsiyasi g’olibi 2500 dan ortiq ko’rishlar soni bilan 12-ishtirokchi Husayinova Farangiz (8-“V” sinf o’quvchisi)
📌”Eng ko’p yoqtirish (layk) olgan g’azal” 8-ishtirokchi Mamatqulova Shahzoda 1100 dan ortiq layk bilan! (8-“A” sinf o’quvchisi)


Chellenjga o’z hissasini qo’shib, faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!


📚G’oliblarimiz esa maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlanadi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

📌Ayni damda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida navbatdagi “Mahorat darsi” bo’lib o’tmoqda.


⚡️Ustoz ijodkor: Salim Ashur

Mavzu: Poetik nutqni shakllantirish


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#insholar_tanlovi
#navoiyxonlik_boburxonlik

📌 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Tarix qa’ridagi ikki yulduz” nomli insholar tanlovi bo’lib o’tgan edi.

Xalqimiz va adabiyotimiz tarixidagi ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bag’ishlab o’tkazilgan tanlovda maktabning 10 nafardan ortiq saralangan o’quvchilari ishtirok etishdi.

⚡️Tanlov natijalari esa quyidagicha:

🥇-o'rin 10-"B” sinf o’quvchisi Uralova Shabnam
🥈-o'rin 10-“A” sinf o’quvchisi Mamanabiyeva Gulsanam
🥉-o'rin 8-“A” sinf o’quvchisi Mamatqulova Shahzoda

📚Tanlov g’oliblarining ijodiy ishlari keyingi bosqichga yuborildi! G’olib bo’lgan o’quvchilarni tabriklaymiz!

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi “Mahorat darsi” bo’lib o’tdi.

Mashg’ulot shoir, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist” Salim Ashur tomonidan olib borildi.

⚡️Dars mavzusi: “Poetik nutqni shakllantirish” bo’lib, ustoz Usmon Nosir, Shavkat Rahmon kabi shoirlar ijodidagi “poetik so’z”, Vatan kabi mavzularga to’xtalib o’tdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

🏫Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchi hamda o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga ekskursiya uyushtirishdi.

Institut 1957-yilda Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, Qibray hududida yadro reaktori, eksperimental laboratoriyalar binolari, va shuningdek, buyuk alloma, astronom Mirzo Ulug‘bek nomi bilan atalgan shaharchada qurila boshlandi.

⚡️Ko‘p o‘tmay, 1959-yilning sentyabr oyida O‘rta Osiyoda birinchi 2000 kVt quvvatga ega bo‘lgan VVR-SM rusumidagi tadqiqot atom reaktori ishga tushirildi.

📌Maktab o’quvchilari uchun qiziqarli taassurotlarga boy o’tgan ekskursiyada xodimlar institutning ishlash mexanizmini maketlar asosida tushuntirib berishdi.

📸Ekskursiya haqida so’zlovchi fotolavhalarni tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM