Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.76K photos
1.28K videos
92 files
3.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#ekskursiya

🇺🇿Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixi va ma’naviy qadriyatlarimizga nisbatan yuksak tuyg‘uni, ma’naviy, ruhiy, faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish maqsadida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi Xalilov Begzod 9-A, 9-B- sinf o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari muzeyi hamda “G‘alaba” bog‘iga tashrif buyurdi.

🎯O‘quvchilar muzeydagi harbiy sohaga oid turli eksponatlarni tomosha qilisharkan, ularning ko‘zlarida bir olam hayrat namoyon bo‘ldi. Muzeyda hatto “Amir Temur va Temuriylar davri” burchagi tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘sha zamonga oid qurol-aslahalar, harbiy liboslar kabi boshqa xil eksponatlar ham o‘rin olgandi.

🔹Ikkinchi jahon urushi sahnalari aks etgan ekponatlar yoshlarimizda o‘zgacha taassurot paydo qildi. “Urushning tasviri ham naqadar sovuq manzara aks ettirishini his qildim”, deydi 9-A sinf o‘quvchisi Shabanov Javohir. Muzey kuzatuvchisi bilan kechgan suhbatda Xalilova Mubina “Vatan” haqida she’r o‘qib berdi.

“G‘alaba” bog‘idagi “Shon-sharaf” muzeyiga uyushtirilgan ekskursiya ham o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirish bilan birga, ularga ko‘tarinki kayfiyat ham bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
⬇️

Telegram Facebook
#ekskursiya

🎯Abdulla Qodiriy ijod maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari Toshkent Mexanika zavodi muzeyiga tashrif buyurishdi.

✈️Muzeydagi asosiy eksponatlar turli rusumdagi samolyotlardan iboratligi o‘quvchilarning diqqatini tortdi. Yuk tashuvchi, harbiy, yo‘lovchi tashuvchi samolyotlarning kichik nusxalarini tomosha qilish yosh avlodda katta qiziqish va hayrat uyg‘otdi. O‘quvchilarga muzey rahbari Atadjanov Muhammadkarim Rasulovich yo‘lboshlichilik qilib, har bir ko‘rgazma haqida batafsil ma’lumot berdi.

📚 Ekskursiya so‘nggida muzey rahbariyati o‘quvchilarga avia sohasiga oid kitoblarni taqdim qilishdi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram Facebook
#Ekskursiya

🌱Tabiat bilan oshufta fanlar talaygina. Biologiya va geografiya ham shular jumlasidandir. Bu fanlar doirasida bevosita hayvonot, o‘simliklar olami ham o‘rganiladi.

🔰Shu ma’noda, bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining biologiya va geografiya fanlari o‘qituvchilari Jovliyeva Nilufar hamda Ahmedova Sabohat Toshkent shahrida joylashgan “Hayvonot bog‘i” va “Botanika bog‘i”da navbatdagi dars soatlarini o‘tishdi.

✔️“7-A” va “7-B” sinflar o‘quvchilari nazariy olgan bilimlarini amaliy jihatdan kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Turli hayvonlar, o‘simliklar bilan yaqindan tanishish barobarida taqdimot uchun turli suratlar olishdi.

📌Mazkur ekskursiya yosh avlodni biologiya va geografiya fanlariga nisbatan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilgani o‘quvchilarning bir olam taassurotlarida namoyon bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
#ekskursiya
#ijodiy_togarak

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Mujda” ijodiy to’garak a’zolari bugun 4-dekabr kuni Markaziy ko’rgazmalar zalidagi “Do’stlik” ordeni sohibi Lyudviga Nesterovich va Tatyana Fadayevaning “Halovatli uyqular” nomli ko’rgazmalariga tashrif buyurishdi.

Ko’rgazma davomida Tatyana Fadayevaning asosan ayollar, qizlar tasviri aks ettirilgan rasmlari, Lyudviga Nesterovichning esa marmar, tosh kabi qattiq materiallardan ishlagan haykallari bilan tanishishdi.

📝Ijodiy to’garakning keyingi mashg’ulotida aynan ko’rgazmadagi san’at asarlari yuzasidan ijodiy ish yaratilishi reja qilindi.



Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

🔰Kuni kecha 10-“A” va 10-“B” sinf o’quvchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo’lyozmalar institutiga adabiy ekskursiya uyushtirishdi.

📌 Adabiyot darsida o’quvchilar Boburning “Boburnoma” asari, mumtoz asarlar qo’lyozmalari mavzusiga kelganlari uchun bu ekskursiya qiziqarli va foydali bo’lishdi.

O’qituvchilar Nilufar Ibragimova va Nasiba Zuxurova boshchiligida tashkil etilgan eksklyuziv darsdan lavhalarni tomosha qiling.



Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

⚡️Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchi va o’quvchilari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan Katta Quyosh sandoni – O’zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-Quyosh Materialshunoslik institutiga ekskursiya uyushtirildi.

📍Ushbu institut Toshkent viloyati Parkent tumanida Tyan-Shan tog’ tizmasi yonbag’rida joylashgan bo’lib, 1987-yilda ishga tushirilgan. Geliokompleks dengiz sathidan 1100 metr balandlikda qurilgan. Bunday katta Quyosh sandonlari dunyoda ikkita bo’lib, biri Fransiyada joylashgan.

📌Ekskursiya davomida dastlab institut muzeyi bilan tanishilib, so’ngra konsentratorning ishlash tizimi birin-ketin ko’rsatildi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya


📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova hamda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Zuxurova Nasiba 10-“B” sinf o’quvchilari bilan birgalikda rassom To‘ra Kuryazov uy muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi.

Tashrif davomida 87 yoshli rassom o’quvchilarni boy ijodiy merosi bilan tanishtirar ekan, o‘z mo‘yqalamlari bilan gavdalantirgan Ogahiy, Mashrab, Pahlavon Mahmud g‘azallaridan ko‘zlarida yosh bilan yod o‘qib berdi.

🛑Bu ko‘p qirrali, tabiat buyuk iste'dod ato etgan ijodkorning mo’yqalami ostidan chiqqan san’at namunalari ham ustozlarni, ham o’quvchilarni hayratga soldi.



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

📸Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Toshkent fotolar uyidagi ko’rgazmaga tashrif buyurishdi.

Maktab “Media savodxonlik” to’garagi rahbari Hamdam Shorahmedov tashabbusi bilan tashkil etilgan ekskursiya o’qituvchi hamda o’quvchilarda kuchli taassurot qoldirdi.

⚡️Turli suratkashlar tomonidan olingan suratlar O’zbekistonning xoh qishlog’idan, xoh shahridan, xoh tabiatidan, xoh odamlaridan so’zlaydigan san’at darajasida bo’lib, kuzatuvchi tafakkurining eng chekka burchaklarini ham uyg’otib yuboradi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

🏫Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’qituvchi hamda o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga ekskursiya uyushtirishdi.

Institut 1957-yilda Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, Qibray hududida yadro reaktori, eksperimental laboratoriyalar binolari, va shuningdek, buyuk alloma, astronom Mirzo Ulug‘bek nomi bilan atalgan shaharchada qurila boshlandi.

⚡️Ko‘p o‘tmay, 1959-yilning sentyabr oyida O‘rta Osiyoda birinchi 2000 kVt quvvatga ega bo‘lgan VVR-SM rusumidagi tadqiqot atom reaktori ishga tushirildi.

📌Maktab o’quvchilari uchun qiziqarli taassurotlarga boy o’tgan ekskursiyada xodimlar institutning ishlash mexanizmini maketlar asosida tushuntirib berishdi.

📸Ekskursiya haqida so’zlovchi fotolavhalarni tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ekskursiya

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-“B” sinf o’quvchilari “Yangi O’zbekiston” universitetiga ta’lim ekskursiyasini uyushtirishdi.

📌 Dastlab portugaliyalik universitet professori Gonsalio Pinto “Yangi O’zbekiston” universiteti, fakultetlar, yo’nalishlar, o’qituvchilar haqida taqdimot qilib berdi.

So’ngra universitet mas’ul xodimi kampus, kutubxona, auditoriyalar bilan yaqindan tanishtirdi. O’quvchilarda ushbu universitet haqida ma’lumot shakllanib, ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM