Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.8K photos
1.28K videos
92 files
3.73K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.
Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi;
100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi;
The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi;
30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi;
"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi;
Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi;
"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Wikipedia

🗣Ijod maktabi natijalari:
Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni egallashdi.
Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
#ustozlar_kuni

🔰1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar
kuni! 🎉🎉🎉


Aqlim shoshar, bilmim toshar,
Siz tufayli ustozim,
Orzularim doim oshar
Jaranglaydi ovozim.

Siz tufayli mana bildim,
Alifbosin arabning.
Qulog'imga sirg'a qildim,
Ma'nosini maktabning.

O'rgatdingiz ming tashakkur,
Qudratli tariximiz.
O'qiymiz qalbda g'urur,
El tanir tarifimiz.

Siz borsizki, yo’lim oydin
Ko’zim oydin, so’zim oydin
Hatto sizdan qolar quyosh
Ham ziyodin, ham chiroydin.

Baxtimizga sog' bo'ling,
Oqarmasin sochingiz.
Yuzgamas mingga to'ling,
Omon bo'lsin boshingiz!

8-"B" sinf o'quvchisi Abdurahmonova Xadichabonu


Telegram | Instagram |Facebook
                             
#bayram
#ustozlar_kuni

🔰1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni! 🎉🎉🎉


Ustoz ta’rifi

Ustoz kim, muallim kim, bilganlar ayting
Menimcha, ulardan yaxshirog’i yo’q.
Yomon ustoz mavjud, deganlar qayting
Qattiqqo’l ustoz bor, yomon ustoz yo’q.
 
Bir o’ylab qarasam ustoz haqida
Jonkuyar, fidokor ota-onadek
Yozmagan shoir yo’q ul zot haqida
Bizni o’ylar go’yo o’z dilbandidek.
 
Ustoz har jabhada o’rnak bo’lgan zot.
O’zidan kechib-da bizni o’ylaydi.
Ustozning qadriga yetmaganlar bot
Izidan borganlar doim bo’ylaydi.
 
Alisher kimlarni ustoz deb bilgan,
Ustoz Said Ahmad ustozi G’ulom.
Ularsiz qolganlar tarixdan jilgan
Qodiriy ustozdan bilgan alif-lom.
 
Zolimni olim qilar muallimlar
Qalamla olamni olishar bejang
Mehribon, sabrli, o’ychan olimlar
Ustozning borida asabin tejang!
 
Ustoz haqda so’ylash chun bir umr oz
Shul sabab suhbatni to’xtataylik soz…


✍️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-sinf o’quvchisi Nurmuhammad Hasanov


Telegram | Instagram |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
#ustozlar_kuni

Emas oson murg’aklarning ilk ustozi bo’lmoqlik,
Bir biz emas barchasiga yillar berar guvohlik.


🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 8-“A” sinf o’quvchisi Ixtiyorova Shabnamning aziz ustoz va murabbiylarimizga atab tayyorlagan videoroligini tomosha qiling!
🎉💐💐


Telegram | Instagram |Facebook
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ustozlar_kuni


🟢1-oktyabr– “O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir qator ta’lim fidoyilari mukofotlandi!

⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdirlangan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 11 nafar ta’lim sohasi xodimlariga "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ana shu marosimda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Rus tili fani o’qituvchisi Leyla Tagiyeva “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi! 🎖️🎉💐


Ustozimizga bundan keyingi faoliyatlarida yanada ko’plab zafarlar tilab qolamiz!

🗣Vazir Hilola Umarova nomidan agentlik direktori Alisher Ubbiyev ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.


Telegram | Instagram |Facebook
#o’quvchilardan_ustozlarga
#ustozlar_kuni

🔰30-sentyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida aziz ustoz va murabbiylarimizga atalgan bayram tadbiri o’tkazildi. 7-“A” va 10-“A” sinf o’quvchilari tashabbusi bilan o’tgan tadbir qiziqarli sahna asarlari, musiqaviy chiqishlar va viktorinalarga boy bo’ldi. 🎉🎉🎉O’quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etishib, ustoz-muallimlarga ezgu tilaklar yo’llashdi. 💐💐💐

Shu bilan birga, o’quvchilar sevimli ustozlariga atalgan, o’zlari yozgan she’rlarini o’qib berishdi.

Yuqorida ushbu bayramona kayfiyat aks etgan tadbir suratlarini ko’rishingiz mumkin!
Bayramingiz yana bir bor muborak bo’lsin, aziz
ustozlar!


Telegram | Instagram |Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
#ustozlar_kuni

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining faol o’quvchilari Respublika miqiyosidagi 1-oktyabr “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi. 💐🎉🎉


Telegram | Instagram |Facebook
#tadbir
#ustozlar_kuni


🔰1994-yilda xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan 5-oktyabr “Xalqaro o’qituvchilar kuni sifatida nishonlanadi. Kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shu kunga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbir Rus tili fani o’qituvchisi Leyla Tagiyeva boshchiligida tashkil etildi.

🛑8-sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahnaviy chiqishlar, qiziqarli she’r-u qo’shiqlar ustoz-murabbiylarimizga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.


Telegram | Instagram |Facebook