Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.77K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Kun_nafasi
#Xushxabar

❇️ "Hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo'lgan muhabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi"

Sh.Mirziyoyev


Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida joriy yilning 10-may kuni muassasa tizimidagi maktablarning kutubxonasiga kitoblar taqdim etish madaniy-ma'rifiy tadbiri va O'zbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sulton bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Botir Ergashevdan 6500 ta kitobning ramziy belgisi hamda kitob namunalarini qabul qilib oldi.

♻️ Tadbirda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida "She'riyat guldastasi" namoyish etildi.

Telegram| Facebook|Veb-sayt| You Tube
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH ILMIY-AMALIY MARKAZI TRENERLARI O'ZBEKISTONDA BIRINCHI BO'LIB XALQARO PDQ DASTURI KOORDINATORLARI MAQOMIGA EGA BO'LDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Emine Shayxmetova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi. Endi ular sertifikatlangan PDQ dastur yetakchisi sifatida faoliyat yuritishadi.

30 nafar ishtirokchilar orasida 2 nafar trenerimizning xalqaro sertifikatga ega bo'lganligi Markazning Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan akkredetatsiyadan o'tishiga birinchi qadamdir.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Xushxabar

⚡️Kuni kecha “Anjumanlar saroyi”da OAV vakillari uchun ta’sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofotining navbatdagi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Ushbu marosimda televidenie yo‘nalishida “Ijtimoiy sohadagi ko‘rsatuvlar uchun” “Milliy” telekanalining “Otalar so‘zi” ko‘rsatuvi ham ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mukofotni loyiha badiiy rahbari Yulduz Hoshimova qabul qildi.

📌Gap shundaki, mazkur ko‘rsatuvning ssenariy mualliflaridan biri Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining psixologi Saida Qoraboevadir. “Otalar so‘zi” jamoasining mazkur yutug‘i bilan Saida Qoraboevani ham muborakbod etamiz. Ijodiy ishlarida yuqori marralarni tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
#Xushxabar


⚡️Xabaringiz bor, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Chig‘atoy gurungi” nomli musiqa to‘garagi faoliyat yuritadi. Go‘zal Mo‘minova va Zebo Yusupovalar rahbarligidagi mazkur to‘garakda 7-8- sinf o‘quvchi qizlari dutor yordamida musiqa sirlarini o'rganishmoqda.

✔️23-may kuni mazkur ansambl o‘zlarining navbatdagi mohirona ijrolarini “Raduga talantov” nomli xalqaro festivalga taqdim etib, onlayn tarzda ishtirok etishdi. Ushbu onlayn festivalda o‘nga yaqin nominatsiyalar bo‘lib, “Chig‘atoy gurungi” ansambli “Cholg‘u ijrochiligi” bo‘yicha qatnashishdi.

🎉 Ansambl tomonidan yuborilgan turkman milliy kuyi hisoblanmish “”Yelpazalandi” musiqiy ijro festival hakamlari tomonidan yuqori baholanib, I-darajali diplom bilan taqdirlandi.

💐Chig‘atoy gurungi” musiqa ansambli rahbarlari Go‘zal Mo‘minova va Zebo Yusupova hamda to‘garak a’zolarini ushbu yutuqlari bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Doimo zafar yor bo‘lib, butun dunyoga “Chig‘atoy gurungi” nomi bilan jarang sochishlariga tilak bildiramiz.
#Xushxabar

💫Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasining yutuqlari soni yana bittaga ortdi.

⚡️Ijod maktabi boshlang‘ich kasaba tashkiloti O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari tizimida "Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti" Respublika ko‘rik- tanlovining Toshkent shahar bosqichida 3- o‘rinni egalladi.

💥Bu yutuqqa erishishda ijod maktabi boshlang‘ich kasaba tashkiloti raisi Hulkar Shamsiyevaning hissasi katta.

Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

Telegram | Instagram |Facebook
#xushxabar

💥Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ilk bitiruvchilaridan xushxabarlar kela boshladi.

💫Oliy o‘quv yurtiga topshirgan o‘quvchilarimizning aksariyati yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi.

Eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganlar:

Abdulakimova Gulsanam - 187.9 ball

Aktamxonova Farangiz - 184.8 ball

Hasanova Hafiza - 183.7 ball

⚡️O‘quvchilarimizning  bu natijalari  maktab jamoasiga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Barcha bitiruvchilarimizga omad tilab, xushxabarlar soni ko‘payishiga umid qilamiz.
#Xushxabar

🎉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 3 nafar pedagog xodimlari chet tilini bilish darajasini aniqlovchi Xalqaro IELTS imtihoni topshirdilar va quyidagi natijalarni qo'lga kiritdilar.

💫Yuldosheva Tursunoy, ingliz tili o'qituvchisi, - 8.0 ball;

💫Yusupova Shodiya, Ingliz tili o'qituvchisi, - 7.0 ball;

💫Umarova Nuriniso, ona tili va adabiyoti o'qituvchisi, - 6.0 ball.

O'qituvchilarimizning kelgusidagi ishlariga omad tilab qolamiz.
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#xushxabar
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

🔰Ma’lumki, mamlakatimizda har yili ilm-fan, san'at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashbbuskor fidoyi talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovining hududiy bosqichlari bo’lib o’tmoqda.


🏢Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Orifjonova Shaxzoda ushbu ko’rik tanlovning Toshkent shahar bosqichida g’olib bo’lib, keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi.


🔥O’quvchimizga keyingi bosqichlarda ulkan zafar va omadlar tilaymiz!


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Instagram |Facebook
#xushxabar

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining “Mujda” ijodiy to’garagi rahbari Nigora Asqaraliyeva Navoiy nomli davlat stipendiyasini qo’lga kiritdi.

To’garak rahbariga bundan keyingi ilmiy va ijodiy faoliyatida omadlar tilab qolamiz.


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining direktori, matnshunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirova O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Yilning eng faol eksperti” mukofoti bilan taqdirlandi!

📌Hilola Nazirova “O’zbekiston tarixi” kanalida “Tarixiy savol” ko’rsatuvining muallifi va boshlovchisi bo’lib, shu kunga qadar qiziqarli, dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan e’tirof etilgan.

Ustozimizning bundan keyingi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ikki nafar o’quvchisi xalqaro darajadagi IELTS sertifikatini qo’lga kiritishdi!

📌Birinchisi 11-“B” sinf o’quvchisi Ilhomjonova Muslima “Overall” 8 bilan;
📌Ikkinchisi 10-“A” sinf o’quvchisi Xoshimova Gulruxsor “Overall” 7.5 bilan

🔥IELTS natijasiga ega bo’lishdi!


O’quvchilarimizni bunday yuqori natijalari bilan tabriklaymiz! Ota-onangiz va ustozlaringizga ming rahmat!

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent oqshomi 51- son.pdf
11.2 MB
#xushxabar
#OAV_da_biz

📌Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maltabi Matematika fani o’qituvchisi Hulkar Shamsiyevaning “Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – kamolotga eltuvchi maskan” nomli maqolasi “Toshkent oqshomi” gazetasining navbatdagi sonida chiqdi!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#G‘alaba
#Olimpiada
#Xushxabar

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib turishibdi.

📌8 davlatdan 82 ta talabgorlar qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi Turkiy integratsiya olimpiadasida bizning nomzodlarimiz munosib ishtirok etishganini alohida ta’kidlash joiz.

Nihoyat, kecha olimpiada natijalari e’lon qilindi.

Eng quvonarli jihati shundaki, tanlovda maktabimiz o‘quvchilari faxrli 1-o‘rin🥇 va 3-o‘rinlarni🥉 qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardilar.

G‘oliblarimiz :

🥇1-o‘rin Temirbayeva Feruzabonu, 10-"B" sinf o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin Muslima Ilhomjonova, 11-"B" sinf o‘quvchisi.

O‘quvchilarimizning bu yutug‘i millatimizning yutug‘i ekanini e’tirof etgan holda, ishtirokchilarni va ularning ota-onalarini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.

Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

⚡️Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabi uchun yotoqxona qurish ishlari boshlandi!

Quruvchilar va maktab rahbariyati qurbonlik qilib, mahalla keksalaridan duo olishdi. Ushbu marosimda tuman prokurori va mahalla raisi faollari ham ishtirok etishdi.

🏫Dastlabki rejalarga ko’ra yotoqxona 180 o’rinli bo’lib, yil so’ngiga qadar foydalanish uchun topshiriladi.




🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#bizning_shunday_o’quvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 11-“B” sinf o’quvchisi Mahmarajabova Gulsanamning “Baxt qizi” nomli she’riy to’plami nashr etildi.

👏Iqtidorli o’quvchimizni ilk kitobi bilan tabriklab, ijodiy zafarlar tilab qolamiz!

📌Bosh muharrir: Hilola Nazirova
Muharrir: Nigora Askaraliyeva
Sahifalovchi dizayner: Asila Umarova


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM