Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.78K subscribers
9.72K photos
1.28K videos
92 files
3.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#Olimpiada

🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#olimpiada
🏆 O'QUVCHIMIZ "REGISTON FAN OLIMPIADASI" g'olibi

Xabaringiz bor,
"Registon" o'quv markazi Uchtepa Akademiyasi filiali, Uchtepa Xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda sovrin jamgʻarmasi jami 50 000 000 soʻm boʻlgan Registon Fan Olimpiadasiga start berilgan edi.
Bugun bo'lib o'tgan ushbu olimpiadada respublikamizdagi 6-sinfdan 11- sinfgacha boʻlgan bilimga chanqoq yoshlar ishtirok etishdi.
Zukko yoshlar qatorida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi Hurramova Mohinur ham tarix fani bo'yicha ishtirok etib, faxrli II o'rinni egalladi va unga tashkilotchilar tomonidan 500 000 so'mlik vaucher taqdim etildi.
Mohinur, g'alaba muborak bo‘lsin!
#Olimpiada_natijalari
#Infografika

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 203 NAFAR O'QUVCHILARI ASOSIY FAN OLIMPIADASIDA G'OLIB BO'LISHDI!

Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi natijalari e'lon qilindi.

❗️Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 203 nafar o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi. Bu esa, Respublika bo‘yicha jami 630 ta o‘rinning 32,2 foizini tashkil etadi.

🔹Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan bo‘lib o'tdi.
___
✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga asosan tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#bizning shunday o'quvchilarimiz bor
#olimpiada_2022

💫Joriy yilning 6-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Muxlisa Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan Asosiy olimpiadaning III - Toshkent shahar bosqichida ona tili va adabiyot fanidan 1-o'rinni egallagani uchun I darajali DIPLOM hamda 1 800 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#olimpiada

⚡️Agentlik fan olimpiadasining maktab bosqichiga START berildi!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik fan olimpiadasining maktab bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiada quyidagi fanlar kesimida tashkil etilgan:

▶️ Matematika
▶️ Fizika
▶️ Kimyo
▶️ Biologiya
▶️ Informatika va axborot texnologiyalari
▶️ Science.

❗️Olimpiada jarayonlari 3 bosqichda (test, yozma ish va laboratoriya ishi) bo'lib o'tadi.

🖌Bugun  Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida matematika, kimyo, biologiya fanlaridan olimpiadaning yozma ish bosqichi o‘tkazildi.

📆Agentlik olimpiadasi 3-fevralga qadar davom etadi.
____
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⬇️

Telegram                     Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashing!

📣📣Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan Buyuk allomalar izidan nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

☑️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat. Har bir fan bo‘yicha final bosqichida g‘olib bo‘lgan bir nafardan mutloq g‘oliblarga 20 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorlar 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🗓 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

👉Batafsil

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#olimpiada #Kimyo #Biologiya #Science

OLIMPIADA BOSHLANDI‼️
📷Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o'tkazilgan Kimyo, Biologiya, Science fanlaridan Agentlik olmpiadasidan fotolavhalar.

📌 Imtihonlar 5-6-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

🌐 Ssilka👈orqali tog'ridan to'g'ri ko'rishingiz mumkin. O'tkazib yubormang!
-
ОЛИМПИАДА. ФОТОРЕПОРТАЖ‼️
📷Фоторепортаж с олимпиады Агентства по развитию специализированных школ прошедший в школе имени Мухаммада ал-Хоразми по химии, биологии и естественным наукам.
#Olimpiada_natijasi

⚡️Xabaringiz bor, joriy yilning 5-6 may kunlari Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida STEAM fanlari bo'yicha olimpiadaning hududiy bosqichlari bo'lib o'tdi.

🏆Toshkent shahri hududi bo‘yicha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ham olimpiadada ishtirok etib, 2-3- o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

📌 Ijod maktabining 11-B sinf o'quvchisi Eshpo‘latov Umid fizika fanidan 2-o‘rinni, 11-A sinf o‘quvchisi Tohirjonova Mohinur kimyo fanidan 3-o‘rinni egallashdi.

💥O'quvchilarimizning ushbu yutuqlarga erishishlarida o‘z mehnatini ayamagan fizika fani o‘qituvchisi Farruh Nurmirzaev va kimyo fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Hamidovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

🎯O‘quvchilarimizning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram                     Facebook
#olimpiada

🔰Ma’lumki, noyabr oyida butun Respublikamiz bo’ylab fan olimpiadalarining hududiy (viloyat) bosqichlari bo’lib o’tdi.

📌Ana shu olimpiadada Ona tili va adabiyot fani bo’yicha 9-“B” sinf o’quvchisi Normamatova Ruxshona faxrli 3-o’rinni egallab, diplom va pul mukofotini qo’lga kiritdi.

⚡️O’quvchimizga bundan keyingi o’qish va izlanishlarida yanada yuksak marralarni tilab qolamiz.


Ijod maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram | Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada

📌Bugun Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida STEAM fanlari bo'yicha ichki olimpiada bo'lib o'tdi.

Olimpiadaning shaffof va adolatli o’tishi ta’minlandi, o’quvchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazib olishdi.

Jarayondan lavhalarni tomosha qiling!



🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#G‘alaba
#Olimpiada
#Xushxabar

⚡️Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib turishibdi.

📌8 davlatdan 82 ta talabgorlar qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi Turkiy integratsiya olimpiadasida bizning nomzodlarimiz munosib ishtirok etishganini alohida ta’kidlash joiz.

Nihoyat, kecha olimpiada natijalari e’lon qilindi.

Eng quvonarli jihati shundaki, tanlovda maktabimiz o‘quvchilari faxrli 1-o‘rin🥇 va 3-o‘rinlarni🥉 qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardilar.

G‘oliblarimiz :

🥇1-o‘rin Temirbayeva Feruzabonu, 10-"B" sinf o‘quvchisi;
🥉3-o‘rin Muslima Ilhomjonova, 11-"B" sinf o‘quvchisi.

O‘quvchilarimizning bu yutug‘i millatimizning yutug‘i ekanini e’tirof etgan holda, ishtirokchilarni va ularning ota-onalarini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.

Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada

⚡️Ozarbayjonning Boku shahrida 26-28 may kunlari bo’lib o’tgan Turk integratsiya olimpiadasi haqida ozar telekanallarining birida ketgan lavhani tomosha qiling!


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM