Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
1.86K subscribers
10K photos
1.3K videos
93 files
3.79K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali

“Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g’ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak, uyg’otamiz”Qodiriy

@aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#mahorat_darsi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida fan o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Ushbu tajriba almashish vazifasini bajargan darslarda pedagoglar tomonidan dars jarayonida foydalanish uchun samarali va kreativ metodlar, usul va mashqlardan namunalar ko'rsatildi.
Bu kabi mahorat darslari, tajriba almashish usullari o'qituvchilar darslarining qiziqarli va mazmunli o'tishida katta ahamiyatga ega. Zero, Har bir dars - ijod, har bir bola kelajakdir.

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy etishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
#ajdodlar_kutubxonasi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Ajdodlar kutubxonasi" loyihasi doirasida maktabning tarix fani o‘qituvchisi Nurmuhammadov Saidakbarxon tomonidan "Avestoning tarixiy taraqqiyoti" mavzusida taqdimot darsi o'tildi.

Ushbu jarayonda o'qituvchilarga XI asrdan XX asrgacha yaratilgan badiiy adabiyot namunalari haqida taqdimot orqali ma'lumotlar berib boradilar.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#SAT
#Эълон

📣XALQARO SAT IMTIHONLARINI ENDI PREZIDENT MAKTABLARIDA TOPSHIRISHINGIZ MUMKIN!

AQSHdagi nufuzli universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT imtihonlarini topshirish yana ham osonlashdi!

❗️Endi mazkur imtihonlar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi hamda xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

📌Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, 1926-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

📆Imtihonlar MART, APREL va MAY oylarida bo'lib o'tadi.
________
❗️Xalqaro SAT imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tish haqida qo'shimcha ma'lumotlar tez orada veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi.

👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Temur bobom avlodiman

Bizga shunday yurt qoldirgan,
Adolatdan kuch to‘ldirgan,
G‘animlarni xo‘p o‘ldirgan.
Temur bobom avlodiman.

Qashqadaryo senga ta'zim,
Samarqand-u shahri azim.
Sohibqiron chavondozim,
Temur bobom avlodiman.

Mard yigitlar lashkarboshi,
Mergan bobom, qilichbozi,
Dunyolarning podshohi,
Temur bobom avlodiman.

Unutmaydi bu xalq sizni,
Lochin, mag‘rur ko‘zingizni,
Adolatli so‘zingizni,
Amir Temur avlodiman!

✍️  Abdurahmonova Xadichabonu
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi  ijod maktabi bitiruvchisi Salimova Kumushxonga
              Amerika Qo'shma Shtatlarining Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate Universitety dan qabul xati keldi.

📍Kumush mazkur oliy dargohning Communication studies with Emphasis in Public relations yo'nalishiga qabul qilindi.

📌Universitet o'quvchimizga $27 000  Scholarship ajratgan. 

Xushxabarlarni kutishda davom etamiz.  Kumushoyga esa omad tilab qolamiz.

ABDULLA_QODIRIY_IJOD_MAKTABI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mening_tajribam
   
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'quvchi va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy musobaqa tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Bu musobaqada "Ijtimoiy va badiiy tahlil" metodlaridan foydalanildi.

          ❄️Qish ziynati❄️
      Qish... Qishni menimcha, ko'pchilik insonlar oppoq qorlar-u ko'chalarda sovuqdan yuzaga kelgan muzlar va yana, albatta, iqlimning o'zgarishi bilan tasavvur qilsa kerak. Ammo ushbu fasl, ya'ni qishni yana-da go'zalroq tasavvur qilsak bo'ladi. Men bunda sizga yordam berishim mumkin. Shinamgina xonangizga kiring, derazangizning oldiga boring-da, atrofni diqqat bilan, qalb ko'zingiz ila kuzating. Ayniqsa, qor yog'ayotgan paytda kuzatsangiz bormi... Bu insonga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Sizlarga shunga o'xshash bir voqeani aytib beray.
     Bu hodisa o'zimda yaqindagina yuz berdi. Uch-to'rt kun oldin... Ha, ha shunday. Biz oilaviy sayrga chiqdik. Manzilimizga borgunimizgacha yomg'ir yog'ar edi. Ishlarimizni bitirdik, birgalikda xursandchilik qildik va u yerdan chiqdik. Qaytayotganimizda esa mashinaning oynalaridan juda ham go'zal manzarani kuzatib qaytdik. Qor shunday chiroyli yog'ar ediki, go'yoki qalbga orom berib, Allohning bir ne'mati ekanligidan darak berardi.
     Oz muddatda atrofni oppoq qor qoplab oldi. Hamon kuzatishda davom etar ekanman, oppoq qorlar faqat qishning takrorlanib turuvchi tabiat hodisasi emas, balki qaysidir ma'noda poklik ramzi ekanligini ham xayolimdan o'tkazdim. Poklik ramzi deyishimning sababi esa oq rangning o'zi poklik, tozalik ramzi ekanligidir. Aynan shuning uchun ham bu oppoq qishning hodisasi atrofga o'zgacha go'zallik, tarovat bag'ishlaydi, insonlar ko'nglini ko'taradi. Har qor yog'ayotgan payti derazadan kuzatishni yaxshi ko'raman. Ichimda Allohning ne'matiga, qudratiga shukr aytishni, yana-da ko'proq yog'ishini istayman.
    Ustozimiz bizdan qish fasli haqida fikrimizni so'raganlarida, ularga bu haqidagi fikrim salbiy ekanligini bildirgan edim. Buning asosiy sababi esa havo haroratining sovuqligi tufayli edi. Ammo hozir fikrim butunlay o'zgargan. Qanchalik sovuq bo'lmasin, yaqinlaringiz, oilangiz, do'stlaringiz mehri sizni samimiyligi bilan, mehri bilan isitib qo'yar ekan.
    Ha... Men mashinadan oppoq  qor yog'ishini kuzatib uyga qaytar ekanman, mana shu narsalarni xayol qildim.
     Hozir ham havo sovuq bo'lishiga qaramay, oila davrasidagi mehr-muruvvat buni bartaraf etishga qodirdir. Shunday ekan, yaqin insonlaringiz  bilan birga ko'proq vaqt o'tkazing!

       📝Bu topshiriqqa ko‘plab o'quvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi. Masalan, yuqoridagi matn muallifi
Komila Mahmudova 9-"B" sinf o'quvchisi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#adib_tavalludi

    📍Mahmudxo‘ja Behbudiy (20-yanvar 1875 yil, Samarqand - 25-mart 1919 yil, Qarshi) taniqli dramaturg, publisist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. Ahmad Yassaviy avlodidan.

   📚"Risolai asbobi savod" ("Savod chiqarish kitobi"), "Risolai jug‘rofiyai umroniy" ("Aholi geografiyasiga kirish"), "Muntahabi jug‘rofiyai umumiy" ("Qisqacha umumiy geografiya"), "Kitobat ul-atfol" ("Bolalar xati"), "Amaliyoti islom", "Tarixi islom" kabi kitoblarni chop ettirgan.
     Behbudiy 1911 yilda birinchi o‘zbek dramasi "Padarkush"ni yozgan.
     📝Adibning hayoti va ijodi dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan o‘rganilgan.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#adib_tavalludi

📍Xurshid Davron 
(20-yanvar 1952 yil, Samarqand) - o‘zbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni.

📚 Nazm:
  ▪️“Qadrdon quyosh” (1979),
  ▪️“To’marisning ko’zlari” (1984),
  ▪️“Bolalikning ovozi” (1986),
  ▪️“Bahordan bir kun oldin” (1997) va b

📚 Nasr:
   ▪️“Samarqand xayoli” (1991),
   ▪️“Sohibqiron nabirasi” (1995),  
   ▪️“Shahidlar shohi” (1998),
   ▪️“Bibixonim” (2006),
   ▪️“Kubroning tushlari” (2010) 

📚 Dramaturgiya:
   ▪️“Boburshoh” (1996,
   ▪️“Temurnoma” teleserial (1996),
   ▪️“Buxoroyi sharif” film-operasi,
   ▪️“Ming bir rivoyat” teleloyihasi va b.

      🎖 Oʻzbekiston xalq shoiri (1999).
      🎖Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989).
      Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009).   
      🇦🇿Ozarbayjonning "Mikoyil Mushfiq" mukofoti (2013) bilan taqdirlangan.
      🇺🇿Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000).
    🎖«Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

t.iss.one/qodiriy_abdulla
‼️DIQQAT, TANLOV!!!

📌ABDULLA QODIRIY IJOD MAKTABI O'QUVCHILAR O'RTASIDA “TA’TILDAGI KUNLARIM” MAVZUSIDA IJODIY ISHLAR TANLOVINI E’LON QILADI.

SIZ IJODIY ISHLARNI ISTALGAN SHAKLDA:

✏️ YOZMA

🌁CHIZILGAN SURAT

📸FOTO

📹VIDEO KO‘RINISHDA TAQDIM ETISHINGIZ MUMKIN.

IJODIY ISHLAR:

SAVODXONLIK DARAJASI;

KREATIVLIK DARAJASI;

NOODATIYLIK DARAJASIGA KO‘RA BAHOLANADI.

G'OLIBLAR 25 YANVAR KUNI ANIQLANADI VA ESDALIK SOVG'ALAR BILAN TAQDIRLANADI.

ABDULLA_QODIRIY_IJOD_MAKTABI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🎥 Iroda Shokirova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

IJOD MAKTABLARI

Yangi O‘zbekiston-yangicha hayot
Yangi marralarning asl makoni
Bunda mustaqillik,tinchlik barhayot
Taraqqiy etmoqning ko‘pdir imkoni!

E'tibor behisob har o‘g‘il-qizga
Ta'lim yo‘lidachi, yutuqlar bisyor
Ijod maktablari Vatanimizga
Yetkazar yoshlarni faol, ijodkor!

Ogahiy maktabi-bilimlar qasri
Xorazm ijodi yetishar bunda
Iste'dod egasi- maktab yoshlari
Ogahiy ijodi davomchisi-da!

Qashqadaryo yurti, ta'rifim yetmas,
Yo‘llay salomimni voha yoshlari.
O‘zbekiston madhin tilidan qo‘ymas
Oripov bobomning ul izdoshlari!

Yo‘lim tushsa agar Sirdaryo tomon
Qaytmasman ko‘rishmay siz do‘stlar bilan
Ijodi gullagan, yuksalgan ravon
Halima xonimning ruhlari bilan!

Sira atamasman o‘zga yurt deya
O‘shal Ibroyimni tug‘dirgan diyor
Bugun yoshlarini o‘qisin deya
Ijod maktabini ochdilar ilk bor!

Har bahor chog‘ida tug‘ilar takror
Hamid Olimjon-u Zulfiya ruhi
Ularga adiblar yodi madadkor
Shul ijod maktabin guli, g‘ururi!