Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.26K subscribers
13.6K photos
1.5K videos
95 files
4.49K links
Download Telegram
Azm Toshkent shahri-Qodiriy shahri
Yoshlari ijodkor ajdodiga mos
Qodiriy maktabin har yulduzlari
Iqtidori yuksak-bobolarga xos!

Go‘zal vodiyimning ta'rifini men
Tavsiflay olmasman ikki so‘z bilan
Bu zamin yoshlari-har birini men
Tenglashtiray porloq yulduz,oy bilan!

Ko‘hna Andijonim, go‘zal diyorim
Jo etding qalbingda yodi mardlarning
Buguni, ertasi uchun qayg‘urib
Sen Muhammad Yusuf izdoshlarining!

Kamtarlik ruhiga singgan eldir bu
Aziz she'riyatning asl maskani
Ijod asridagi ilm sahni bu
Ustoz Erkin Vohid ijod maktabi!

So‘z ketsa gar do‘stlar Namongonimdan
To‘ladi yuragim o‘zgacha hisga
Ko‘rarman ortiqroq jismi-jonimdan
Onajon diyorim ko‘p yaqin ko‘zga!

Usmon Nosirlar-u o‘shal Chustiylar
Bosgaylar bag‘ringga ilk qadamlarin
Boborahim Mashrabning ruhi kezgan
Bugun ostonangda ta'zim aylayin!

Xorijiy tillarni o‘rganib puxta,
Va yana ijodin etib namoyon.
Vatanning buguni, ertasisizda,
Ibratning yoshlari bo‘ling sog‘-omon!

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi
BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga koʻra 11-fevral kuni “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan TDSHUda “Barqaror taraqqiyotda ayollar: ilm-fan va sifatli taʼlim”  mavzusidagi III xalqaro konferensiya o'tkaziladi.

📷Axborot xatini  QR koddan olishingiz mumkin.

📞Bog‘lanish uchun telefon raqami: +998997951061

🟦Batafsil ma'lumot olish uchun havola.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Участницы и менторы из Ташкента, Нукуса и Ферганы! Во вторник, 24 января, пройдёт мероприятие по запуску программы Technovation Uzbekistan 2023 в трех городах!

Наши менторы, участницы, амбассадоры поделятся своим опытом и расскажут, что запланировано на этот сезон конкурса.  Мы познакомимся с командами и менторами. Вы сможете найти себе команду!

Начало — в 14:00, 24 января.
Адрес в Ташкенте:  Агентство инновационного развития  (ориентир, Метро Беруни)
Адрес в Нукусе: Молодежный Технопарк
Адрес в Фергане: Молодежный инновационный центр

❗️Для участия девушкам и менторам обязательна регистрация, по ссылке: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfMptaQfK4ez6zjpAENAxKiMBJ8A6MbaaAk_7HRHJZnFJo3gA/viewform?usp=sf_link

Ждем вас на открытии!

———————

📣Toshkent, Nukus va Farg‘onalik ishtirokchilar va mentorlar! Seshanba, 24-yanvar kuni, uchta shaharda Technovation Uzbekistan 2023 dasturini ishga tushirish bo‘yicha tadbir o‘tkaziladi!

Mentorlar, ishtirokchilar, ambassadorlar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, tanlovning bu mavsumida nimalar rejalashtirilgani haqida so‘zlab berishadi.  Biz jamoalar va mentorlar bilan tanishamiz. Siz o‘zingizga jamoa topishingiz mumkin!

Boshlanish vaqti — soat 14:00, 24-yanvar.
Toshkentdagi manzil:  Innovatsion rivojlanish agentligi (mo‘ljal, Beruniy metro bekati)
Nukusdagi manzil: Yoshlar Texnoparki
Farg‘onadagi manzil: Yoshlar innovatsion markazi

❗️Tadbirda qatnashish uchun ishtirokchi qizlar va mentorlar ro‘yxatdan o‘tishi shart, havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfMptaQfK4ez6zjpAENAxKiMBJ8A6MbaaAk_7HRHJZnFJo3gA/viewform?usp=sf_link

Sizlarni ochilish marosimida kutamiz!
#musobaqa_cyber_kings

🏆Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ilk bor

▪️Kibersportning CS:GO yo'nalishi bo'yicha 1-fevral chorshanba kuni  soat 15:00 da "Cyber Kings" maktab jamoasini shakllantirish uchun maktab turnir musobaqasi bo'lib o'tadi.
▪️Turnirda yutgan g'olib 5talik CS:GO bo'yicha maktabimiz sha'nini katta oyinlarda himoya qiladi.

📍Eslatib o'tamiz!
▫️Jamoa shaklida ishtirok etib bo'lmaydi. Hamma yakka holda.
▫️Bu turnir barcha uchun. (og'il bola, qiz bola).
▫️Qizlar faol bo'lishsa, alohida qizlar jamoasi
ham shakllantiriladi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli davom etadi!

Endilikda texnikum, litsey va maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari hoziroq universitetga o'qishga hujjat topshirib, muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniga egadirlar.

☑️ 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektronika muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

🔗 Mazkur havola orqali o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

📮 Savol va murojaatlar uchun:
Tel:
+998712024111
Telegram-Bot

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Дунёнинг топ университетлари грантларини қўлга киритаётган ўқувчилар
#20jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Халқаро_таълим_куни

24-YANVAR - XALQARO TA'LIM KUNI!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko'ra, 24-yanvar “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilingan.

❗️Bu yilgi Xalqaro ta'lim kuni "Inson uchun eng yaxshi sarmoya - ta'limga kiritilgan sarmoyadir" ("To Invest in People, Prioritize Education") shiori ostida nishonlanmoqda.

Ta'lim sohasini rivojlantirmasdan mamlakatni taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Zero, sifatli va uzluksiz ta'limni rivojlantirish O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

⚡️Xususan, ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident, 9 ta ijod, 171 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyat olib bormoqda.

Ularning barchasida yoshlarimizga jahon standartlari asosida ta'lim berib kelinmoqda.

#Таълим_тараққиёт_асоси #24_январь

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning qaysi kasbga moyilligini aniqlash maqsadida elektron tarzda test sinovlari o‘tkazildi.

‼️Test natijalari psixolog tomonidan tahlil qilinib, o'quvchilarga kerakli tavsiyalar berildi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Bobolar yodi

Vatanga quzg‘unlar hujum qilganda,
Mardlar o‘z ko‘ksini ayladi qalqon.
Jaloliddin bobom Jayhundan kechib,
Chingizxon qo‘shinin ayladi yakson.

Temur bobom butun jumla jahonni,
Fath etdi, ko‘tardi islom yalovin.
Men oddiy bir qizman, qalbimda har on,
Sezaman ularning kechgan olovin.

Doimo ulardek vatanga fido,
Jonim va borlig‘im, omon bo‘lsin yurt.
Ey Xudo, aylama Vatandan judo,
Vatan ila bergin baraka-yu qut.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining
7-"B" sinf ōquvchisi
Xudoyberdiyeva Najiba

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Vatanga_xizmat_muqaddas_burch

      🇺🇿Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Vatanga xizmat - muqaddas burch!" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Yuksak darajada bo‘lib o‘tgan tadbirda Qurolli Kuchlar Akademiyasining orkestr jamoasi, QKA faxriy qorovuli, maktab o‘quvchilari o‘z ijodlaridan Vatanni madh etuvchi she'rlarni ifodali aytishdi va sahna ko‘rinishi bilan chiqish qildilar.

    🥁 Bunday ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yoshlarning harbiy vatanparvarlik ruhiyatini ko‘tarishga xizmat qildi va yoshlar orasida harbiylik sharafli kasb ekanligi targ‘ib qilindi.

🤝Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla