Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
9.26K subscribers
13.6K photos
1.51K videos
95 files
4.51K links
Download Telegram
#WinterCamp
#RaqamliAvlod

"Raqamli avlod IT oromgohi - 2023" doirasida bo'lib o'tgan darslar "Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi" huzuridagi maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilaridan iborat 200dan ortiq bolalarni qamrab oldi. Bularning orasida esa Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari ham bor edi.
   Mubina Xalilova, Irodaxon Shokirova, Dilnura Abdug'afforova, Amina Qahramonovalar o'z ijodkorlik qobiliyatlarini ikki yo'nalish: "Digital Art" va "Media"da ko'rsatishdi. Besh kun davom etgan oromgohda o‘quvchilarning qobiliyatlari yanada ortdi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#ta'ziya
O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senati a'zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Enaxon Siddiqovaning vafoti munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori, marhumaning qizi Nigora Mannopovaga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining jamoasi hamdardlik bildiradi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Mamlakatimiz va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilib, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilar!

Sizlarni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan muborakbod etaman.

Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat timsoli bo’lmish ushbu sanada yurtimiz tinchligini himoya qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz posbonlariga kuchli iroda, mustahkam sog'liq, omad va baxt yor bo’lishini tilayman!

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz.

Oilalaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin, barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin, sharafli kasbingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
#14-yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Armiyam

Bir joy bor: unda mardlar xizmat qiladi
Bu joy nomini yosh-u qari biladi.
Xizmat qilishni yoshlar orzu qiladi
Bu mening aziz va muqaddas armiyam.
Armiyada har kim ham burchin oqlolmas.
Quyonyuraklar bir kun ham yasholmas.
Noming eshitgan nomardlar tik turolmas.
Bu mening aziz va muqaddas armiyam.
Senda burchin ado etgan pahlavonlar.
Sening yuragingda yashar jasur og'lonlar.
Sen bilan yurtim tinch-u farovon.
Bu mening aziz va muqaddas armiyam.
Poyingda tiz cho'kkan mardlaring ko'pdir.
Ertangdan umidvor yoshlaring bisyor.
Men ham tuprog'ingni o'pishga tayyor.
Ostonangda turibman xushyor va sergak.
Bu mening aziz va muqaddas armiyam.

Elzod Xidirov
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni!

Vatan himoyasi. Bu shunchaki jarangdor so‘z emas. Bu so‘z zamirida katta mas'uliyat, kuch, mardlik o‘rin olgan.

Vatanni nafaqat mard o‘g‘lonlar, balki, jasoratli ayollar ham himoya qilishi tarixdan ma'lum. To‘maris, Turkon Xotun, Qurbonjon dodho kabi tarixiy siymolar so‘zimizga misoldir.

Bugun sarhadlarda jon olib jon berayotgan chegarachilar...

Harbiylar...

Yurtdoshlarimizni o‘z manziliga eson-omon yetishini ta'minlovchi temir yo‘l, avia soha...

Davlat xavfsizligi xizmati...

Bojxonachilar... 

Yo‘l patrul xizmati...
kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yuzlab ayollarimiz bor.  Ular ham erkaklar bilan yelkama- yelka turib, mardonavor tarzda yurt muhofazasiga bel bog‘lashgan. Shu bois ushbu ayyom nafaqat jasur erkaklar, balki matonatli soha vakilalariga ham tegishli, desam, mubolag‘a bo‘lmas.

Yurt himoyasi, Vatan ravnaqi yo‘lida bel bog‘lagan barcha-barchani ushbu burch ayyomi bilan muborakbod etaman.

Fursatdan foydalanib, jamoamiz erkaklari va maktabimiz yigitlarini tabriklayman! Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!

Siz borsizki, yurt qo‘rg‘onlari but, ko‘ngillar masrur.

Tilagimiz, xonadoningiz tinch, hamyoningiz to‘la, tanangiz  sog‘-salomat, yuragingizda halovat bo‘lsin.

Oltin boshingiz omon bo‘lsin!

Cheksiz hurmat va ehtirom ila
Hilola Nazirova

https://t.iss.one/qodiriy_abdulla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Хотира

Ўзбекистон халқ шоири, Сенатор Энахон Сиддиқова вафот этди

Ўзбекистон халқ шоири Энахон Сиддиқова 68 ёшида вафот этди. «Дўстлик», «Эл-юрт ҳурмати» орденлари соҳиби Энахон Сиддиқова 1954 йил 28 августда Фарғона вилояти Олтиариқ туманида таваллуд топган.

Ўтганларнинг охирати обод бўлсин! 🤲🏼

@Mening_Birinchi_Prezidentim
#14_yanvar_Vatan himoyachilari_kuni

📍Дорогие мои мальчики! Поздравляю с праздником, ибо вы будущие защитники нашей Родины!

   Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rus tili fani o‘qituvchisi Leyla Tagiyeva.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
Э Ъ Л О Н

ШЕЪРИЯТ ВА МАЪРИФАТ ШАЙДОЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

Сиз азизлар учун зуллисонайн шоир, файласуф, диншунос, тасаввуфшунос ва шарқшунос олим Жаъфар Холмўминов Муҳаммадиевич – Жаъфар Муҳаммад Термизийнинг "JAFAR KHOLMUMINOV " @Jafar_Muhammad_Termiziy
номли илмий, адабий, ижодий каналини тақдим этишдан мамнунмиз.

Мазкур канал орқали сиз аудио, видео, текст ва электрон форматда шоирнинг ҳаёти ва фаолияти ҳамда ижод олами билан яқиндан танишишингиз мумкин.

К А Н А Л
Https://t.iss.one/Jafar_Muhammad_Termizi
Forwarded from JAʼFAR KHOLMUMINOV
Жаъфар Муҳаммад Термизий

ИФТИХОРИЯ
Ватан ҳимоячиларига

Бу дунёда менинг ҳам ўз Замину Осмоним бор,
Қуёшим, Моҳитобим, Юлдузим, ўз Каҳкашоним бор.

Бу дунёда ғарибу зору ҳайрон бўлмагум ҳаргиз,
Ватандек чунки менинг ҳам муқаддас ошиёним бор.

Менинг ҳам ўз ғурурим, ифтихорим, шаъну номусим,
Менинг ҳам ўз элим, ўз миллатим, диним, забоним бор.

Менинг ҳам ўз нигоҳим, эътиқодим, фикри озодим,
Менинг ҳам ўз мақомим, ўзлигимдан юз нишоним бор.

Қуёш янглиғ Отам, ойдек Онам бошимда парвона,
Менинг ҳам ўз жигарбандим, азизим, меҳрибоним бор.

Бу дунёда менинг ҳаққу ҳуқуқим, борлиғим собит,
Менинг ҳам сарҳадим, ҳаддим, ҳудудим, посбоним бор.

Менинг ҳам Термизу, Шошу, Самарқанду Бухоройим,
Бу бепоён жаҳон ичра менинг ҳам ўз жаҳоним бор.

Менинг ҳам Хиваю Фарғонаю Кешу Намангоним,
Менинг ҳам Ўзбекистондек гўзал жаннатмаконим бор!

Кулиб, эй нотавонбин, бунчалар камситмагин зинҳор,
Менинг ҳам Жаъфар, Алпомиш каби тиру камоним бор!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🎥 Amina Qahramonova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#14-yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
Posbon akalarimga

Xalqi uchun jon fido,
Yuragida oʻt chaqnar.
Sarhadlarda doim shay,
Bizning posbon akalar.

Vatan uchun‚ xalq uchun,
Tun-u kun xizmatdadir.
Berar jonin biz uchun,
Rahmat, posbon akalar.

Ular uchun Vatan oila kabi muqaddas ‚
Asrab-avaylab uni‚ Vatanin aslo sotmas.
Alloh madadkor boʻlsin‚ har bir ezgu ishiga,
Duodadir qo‘llar posbon akalar uchun.
 
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz akalar!
Paxlavonsiz, polvonsiz
Har biringiz biz uchun.
Bizni himoya qilgan barcha yigit posbondir,
Bayramingiz muborak, er yigitlar, siz uchun!

Gulsanam Qarshiboyeva
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#14-yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🎥 Ra'noxon Negmatova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#mening_tajribam
   
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o'quvchi va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy musobaqa tashkil etildi. Bu musobaqada "Ijtimoiy va badiiy tahlil" metodlaridan foydalanildi.
         
          Diydirab yotarkan yerda ko'saklar.
          Nomard changaliga tushgan ko'saklar

          Behisob ko'saklar butun o'lkada,
          Shu qishga o'xshagan qora o'lkada.

                           Cho'lpon
      
     Sizningcha, she'r nima haqida? She'rni o'qib, qanday manzarani tasavvur qildingiz? Shoir "yerda diydirab yotgan ko'saklar" orqali qanday g'oyani ilgari surmoqda?
       📝Bu topshiriqqa ko‘plab o'quvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi. Masalan, yuqorida 10-"B" sinf o'quvchisi Mamanabiyeva Fotimaning fikri keltirilgan.

t.iss.one/qodiriy_abdulla
#Тrening

📌Hayot goxida biz xohlagan, biz o‘ylaganni emas, tayyor bo‘lmaganimiz, mutlaqo kutmaganimizni taqdim etadi. Shunda inson maqbul qaror qabul qilolmay, sarosima, tushkun kayfiyat va umidsizlik girdobida qoladi. Ishdagi omadsizlik oilaga, oiladagi kelishmovchilik ishga ta'sir etadi va xotirjamligimiz, mexnatdagi samaradorligimiz yo‘qoladi. Shunda o‘zimizdagi kechinmalarga “stress” deb nom beriladi.

Bugun Abdulla Qodiriy ijod maktabida jamoa uchun psixolog Saida Qoraboyeva tomonidan “ Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzusida trening tashkil etildi.

😒😊😉Trening psixologning qatnashchilarga turli holatlar aks etgan smayliklarni taqdim etishi bilan boshlandi. Har bir ishtirokchi o‘zi tanlab olgan holatlarning ularning ichki holatini ifodalashi ta'kidlandi. Kulayotgan, yig‘layotgan, g‘azablanayotgan smayliklar o‘z “egalari”ning qo‘lida turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Psixologiyada “Tortishish qonuni” borligini hisobga olgan holda, har kim o‘z ichki kechinmasidagi holatlarni “tortib” olishgan edi.

📍Psixolog-trener ishtirokchilarga stressli vaziyatlarda, salbiy emotsiyalar yuzaga kelganda inson o‘zini qanday boshqarishi haqida turli tavsiyalar va mashqlarni taqdim etdi.

🌈Trening davomida o‘tkazilgan jamoaviy o‘yinlar, turli qiziqarli savol-javoblardan so‘ng ishtirokchilarning ruhiy va hissiy holatlari yaxshilanib, kayfiyatlarida ko‘tarinkilik yuzaga keldi.

ABDULLA_QODIRIY_IJOD_MAKTABI
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🎥 Ziyoda Turg‘unova
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisining 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga ishlagan ijodiy ishi.
     Foydalanilgan dastur: ibis paint X.
     Ketgan vaqt: 12 soat 36 daqiqa.
     Galaxy Tab A (8.0", 2019) va barmoqlar orqali chizilgan.

t.iss.one/qodiriy_abdulla