Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
4.13K subscribers
10.5K photos
1.33K videos
93 files
3.9K links
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi. “Bizga jadid bobolarimiz kabi g’arb ilm-fani yutuqlari bilan birga milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” Sh.Mirziyoyev
🗳️ Online qabulxona: @aqodiriyijodmaktabi_bot
Download Telegram
#sayohat_taassurotlari
#Samarqanddagi_taassurotlarim

Toʻrtinchi yanvar kuni men uchun sayohat kuni boshlandi. Oddiy sayohat emas, balki tarixiy va maroqli safar boʻldi. Gapni nimadan boshlashni ham bilmayman. Chunki Samarqand shahriga qilgan sayohatimiz menda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Samarqand haqiqatdan ham boqiy va koʻhna shahar ekan. Samarqand koʻchalari toza va  chiroyli edi. Osmoni musaffo, bayrogʻimizdagi havorang kabi tiniq edi. Odamlari mehmondoʻst,sodda,koʻngli ochiq va bolajon xalq ekan. Samarqandda bulardan tashqari milliy buyumlar sotadigan doʻkonlariga-yu,bizni aslida kimligimizni eslatib turuvchi va faxrlanish kerak boʻlgan ajdodlarimiz qurdirib ketgan qadimiy yodgorliklarga ishqim ketdi. Poyezddan tushiboq Samarqand shahriga birinchi marotaba oyoq qoʻyishim bilan men gʻaroyib bir hisni tuydim. Bu faxrlanish va xursandchilik tuygʻulari edi. Rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan bu sayohatga biz uchun toʻrtta zamonaviy avtobuslar qoʻyilgandi. Bizni oʻzining mazali ovqatlari bilan mehmon qilgan Zafar restorani boʻldi. Tunimiz sokin va xavfsiz oʻtishi uchun bizga eshiklarini ochgan "Grand Hotel Sogdiana" mehmonxonasidir.  Sayohat tashkilotchilariga chin qalbimdan rahmat aytmoqchiman. Shu bilan birga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga ham cheksiz tashakkur bildiraman. Biz ularning qilganlarini faqatgina yaxshi oʻqishimiz, namunali xulqimiz bilan va yurtimizni dunyoga tanitish bilan oqlashimiz mumkin. Shaxsan men Samarqandga borib bilmaganlarimni bilib,bilganlarimni jonli ravishda koʻrib keldim. Biz u yerda Amir Temur maqbarasiga,Registon maydoniga, Samarqand cityga borib aylanib keldik. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrlarini va Bibixonim,ularning onalari qabri yotgan maqbarani ziyorat qildik.Bulardan tashqari Amir Temurning suyukli ayollari Bibixonim uchun atab qurdirgan masjid va maqbarasiga sayohat qildik. Samarqandning yorqin yulduzi boʻlmish Mirzo Ulugʻbek muzeyiga va rasadxonasiga ham tashrif buyurdik.Men har bir yodgorlikka eʼtibor bilan qaradim. Ularning koʻpchiligi bitta meʼmorchilik usuli,yaʼni darvoza peshtoqiga boʻrttirib naqsh oʻyish sanʼati qoʻllanilgandi. Bundan tashqari har bir binoda albatta arabcha yozuvlar bilan bezak berilgan edi. Ajdodlarimiz qurdirgan binolar naqshiga,haybatiga,goʻzalligiga qarab toʻymaysan kishi. Taassurotlarim nihoyatda koʻp,ammo ularni taʼriflash uchun  qalam ojiz. Lekin yonimga keling. Siz bilan har bir joydan olgan maʼlumotlarim va bilimlarim bilan boʻlishaman.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf oʻquvchisi Uralova Shabnam.
#sayohat
#ichki_turizm

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishdi. O‘quvchilar qadimiy va navqiron Samarqand shahrida ziyoratda boʻlishdi.

Ziyorat chogʻida Goʻri Amir maqbarasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va muzeyi, Xoja Doniyor maqbarasi va shifobaxsh buloq  suvi, Registon maydonini aylanishdi.

U yerdagi XV asr darsxonlarining koʻrinishlaridan turli taassurotlarga ega bo‘lishdi. Bibixonim masjidi, Birinchi prezidentimiz qabri, Shoxi Zindadagi jamiki maqbaralar(Amir Temurning opa-singlisi dafn etilgan xonaqoh va Qusam ibn Abbos maqbaralari)ni ziyorat qilishib, kun yakunida yangi zamonaviy uygʻunlikda qad rostlagan "Samarqand city"dagi sayrdan ko‘ngillari yayradi.

Yosh avlod ziyoratlar ruhiy poklanishga sabab bo‘lishini o‘zlarida his qilishdi. Shuningdek,, Vatanning har bir qarich go‘shasi naqadar muqaddas ekanligini anglashdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram                     Facebook
#sayohat
#ichki_turizm

Samarqand sayohatidan fotolavhalar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram                     Facebook
#sayohat
#ichki_turizm

Samarqand sayohatidan fotolavhalar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram                     Facebook
#sayohat

⚡️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bir qancha o’qituvchi hamda o’quvchilari Samarqand va Buxoro viloyatini sayohat qilib qaytishdi.

Bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan birgalikda tashkil etilgan ekskursiyaning asosiy maqsadi “Xotira va qadrlash kuni”da yurtimizdagi qadimiy joylarni ziyorat qilish, tarix haqidagi bilimlarini amaliyotda ko’rish edi.


🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#incheon_ta'lim_festivali
#sayohat

🏫Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 21.05.2024-yil kungi №56-AF sonli buyrug‘iga asosan o‘quvchilar o‘rtasida “Incheon ta’lim festivali” joriy yilning 6-8-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan edi va ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlangandilar.

Tanlov g'oliblari orasida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Hoshimjonova Gulruxsor ham o'rin olgan bo'lib, joriy yilning 21-oktabr kuni Koreya Respublikasiga uchib ketdi. Ayni paytda o'quvchimiz boshqa g'olib o'quvchilar jamoasi bilan
Koreyaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilmoqda hamda bilim almashish maqsadida turli o'quv treninglariga qatnashmoqda.

🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:
Telegram
Facebook
Instagram