#sayohat_taassurotlari
#Samarqanddagi_taassurotlarim
Toʻrtinchi yanvar kuni men uchun sayohat kuni boshlandi. Oddiy sayohat emas, balki tarixiy va maroqli safar boʻldi. Gapni nimadan boshlashni ham bilmayman. Chunki Samarqand shahriga qilgan sayohatimiz menda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Samarqand haqiqatdan ham boqiy va koʻhna shahar ekan. Samarqand koʻchalari toza va chiroyli edi. Osmoni musaffo, bayrogʻimizdagi havorang kabi tiniq edi. Odamlari mehmondoʻst,sodda,koʻngli ochiq va bolajon xalq ekan. Samarqandda bulardan tashqari milliy buyumlar sotadigan doʻkonlariga-yu,bizni aslida kimligimizni eslatib turuvchi va faxrlanish kerak boʻlgan ajdodlarimiz qurdirib ketgan qadimiy yodgorliklarga ishqim ketdi. Poyezddan tushiboq Samarqand shahriga birinchi marotaba oyoq qoʻyishim bilan men gʻaroyib bir hisni tuydim. Bu faxrlanish va xursandchilik tuygʻulari edi. Rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan bu sayohatga biz uchun toʻrtta zamonaviy avtobuslar qoʻyilgandi. Bizni oʻzining mazali ovqatlari bilan mehmon qilgan Zafar restorani boʻldi. Tunimiz sokin va xavfsiz oʻtishi uchun bizga eshiklarini ochgan "Grand Hotel Sogdiana" mehmonxonasidir. Sayohat tashkilotchilariga chin qalbimdan rahmat aytmoqchiman. Shu bilan birga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga ham cheksiz tashakkur bildiraman. Biz ularning qilganlarini faqatgina yaxshi oʻqishimiz, namunali xulqimiz bilan va yurtimizni dunyoga tanitish bilan oqlashimiz mumkin. Shaxsan men Samarqandga borib bilmaganlarimni bilib,bilganlarimni jonli ravishda koʻrib keldim. Biz u yerda Amir Temur maqbarasiga,Registon maydoniga, Samarqand cityga borib aylanib keldik. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrlarini va Bibixonim,ularning onalari qabri yotgan maqbarani ziyorat qildik.Bulardan tashqari Amir Temurning suyukli ayollari Bibixonim uchun atab qurdirgan masjid va maqbarasiga sayohat qildik. Samarqandning yorqin yulduzi boʻlmish Mirzo Ulugʻbek muzeyiga va rasadxonasiga ham tashrif buyurdik.Men har bir yodgorlikka eʼtibor bilan qaradim. Ularning koʻpchiligi bitta meʼmorchilik usuli,yaʼni darvoza peshtoqiga boʻrttirib naqsh oʻyish sanʼati qoʻllanilgandi. Bundan tashqari har bir binoda albatta arabcha yozuvlar bilan bezak berilgan edi. Ajdodlarimiz qurdirgan binolar naqshiga,haybatiga,goʻzalligiga qarab toʻymaysan kishi. Taassurotlarim nihoyatda koʻp,ammo ularni taʼriflash uchun qalam ojiz. Lekin yonimga keling. Siz bilan har bir joydan olgan maʼlumotlarim va bilimlarim bilan boʻlishaman.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf oʻquvchisi Uralova Shabnam.