Qashqadaryo.adliya.uz
1.51K subscribers
17.5K photos
2.22K videos
11 files
11.5K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.
Download Telegram
#adliya_xabari

Uyma-uy yurish orqali aholi muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Adliya vaziri A.Tashkulov shu kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz  shahar adliya bo‘limi hamda Shahrisabz tuman adliya bo'limlarida uyma-uy yurish orqali aniqlangan huquqiy muammolar va ularning bartaraf etilishi holatlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida  adliya bo‘limi xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlari tinglandi.

Xususan, Shahrisabz tuman adliya bo'limi tomonidan oʻrganish davomida   6097 ta xonadon o'rganildi, shundan 707 ta huquqiy muammo aniqlandi, 509 tasi joyida hal etildi. Masalan, Shahrisabz tuman adliya bo'limi, YXKM, FHDY, DXM xodimlari tomonidan birgalikda "Chuqun" MFYda uyma-uy yurish orqali 21 ta xonadon o'rganilgan,  shundan 5 tasida huquqiy muammo aniqlangan.

Aniqlangan tizimli muammolar hamda ular bilan manzilli ishlash borasida  adliya vaziri o'z tavsiyalarini berib o'tdi.
#Adliya_xabari

Adliya
vaziri  Yakkabog' tumanida farmon ijrosi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Tashqulov Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani adliya bo'limida bo'lib, tuman adliya bo'limi, FHDY, YXKM hamda DXM xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Adliya vaziri tomonidan adliya bo'imlari bilan bir qatorda MFY xodimlariga ham ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni  qo‘llab-quvvatlash masalalarida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ADLIYA_MAHALLADA

⚖️ Qarshi tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirlari o’tkazilmoqda!!!

📝 Qarshi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari

Senatorlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunni maʼqulladi

Joriy yilning 15-avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qonun bilan:
▫️ bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etishni va taʼqib etishni (bulling) taqiqlash hamda qonunga binoan bolalarni himoya qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda;
▫️ zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari belgilanmoqda;
▫️ bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Qonun bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga murosasiz munosabatda boʻlish va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i lavozimiga Shoxidaxon Yuldasheva tayinlandi.

Sh. Yuldasheva adliya organlari tizimida 18 yillik ish tajribasiga ega. Oliy ma'lumotli yurist, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega, 1-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Furqat Tojiyev tayinlandi.

F.Tojiyev Adliya vazirligi tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega, oliy ma'lumotli yurist, 1-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqil_vatan_barchamizniki

1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“gi qaror va „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari“ toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston SSR nomi ham Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirildi. 1-sentyabr Oʻzbekistonning mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya