Qashqadaryo.adliya.uz
1.51K subscribers
17.5K photos
2.23K videos
11 files
11.5K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, viloyat hokimi Murodjon Azimov, hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, yoshlar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bino Adliya vazirligi mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida toʻliq kapital rekonstruksiya qilindi.

Mehmonlar oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, oʻquv xonalari, kutubxona, ovqatlanish hamda axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur oʻquv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda oʻz aksini topgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

ADLIYA KO'MAGI BILAN FUQARONING 8 YILLIK TA'TIL PULLARI UNDIRILDI

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryodagi xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati bilan ham  tanishdi.

Davlat xizmatini ko'rsatishda markazlashtirilgan tartibda ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, xavflarni minimallashtirish maqsadida tashkil etilgan Situatsion markazda  tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#adliya_xabari

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Ayollarni Reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining vaqtincha boshpanalariga joylashtirilgan ayollar huquqiy himoya ostiga olingan edi.

Bugun markazining vaqtincha boshpanalariga joylashtirilgan ayollar va ularning farzandlariga yangi yil sovg'alari ulashildi.


Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining "Matonat" filmi "Oltin Humo" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Kuni kecha boʻlib oʻtgan "Oltin xumo – 2024" kinotaqdimotida "Matonat" filmi "Hakamlar hay’atining maxsus sovrini" bilan taqdirlandi.

"Oltin xumo" milliy mukofoti O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019-yildan beri har yili gʻoliblarga taqdim etib kelinadi. Mukofot kino sohasidagi eng yorqin yutuqlarni taqdirlash va oʻzbek kinematografiyasidagi zamonaviy tendensiyalarga haqqoniy baho berish maqsadida ta’sis etilgan.

Ma’lumot uchun: "Matonat" hujjatli filmida denovlik nogironligi bor ayol Dilorom Yoʻldosheva haqida hikoya qilinadi.

Film 2024-yil 18-oktyabr kuni “Kino san’ati saroyi”da premyera qilindi. Filmda Adliya vazirligining "Madad" ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida Dilorom Yoʻldoshevaning oddiy hunarmanddan tadbirkorga aylanish jarayonlari aks ettirilgan.

Film taqdimotidan soʻng Dilorom Yoʻldosheva BBCning 2024-yilda dunyoning ilhomlantiruvchi va ta’sirli 100 ayoli roʻyxatiga kiritildi.

2024-yil 13-dekabr kuni Dilorom Yo‘ldosheva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.

📹 Filmni tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya__xabari

YАNGI YILDA YАNGI REJALAR

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Imomberdiyev tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatishning yangicha yondashuvlarini joriy etish, fuqarolarga davlat xizmatlaridan, xususan onlayn tarzda foydalanish qulayligi yuzasidan tushuntirishlar berilishi lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida markaz rahbarlari davlat xizmati ko‘rsatilishi samaradorligi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_xabari

Qashqadaryo viloyati
adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari tomonidan barcha tuman (shahar) adliya bo‘limi rahbar xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilmoqda.

Dastlab, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatishning yangicha yondoshuvlarini joriy etish, fuqarolarga davlat xizmatlaridan, xususan onlayn tarzda foydalanish qulayligi yuzasidan tushuntirishlar berilishi lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish tushuntirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@qashqadaryoviloyatadliya