Qashqadaryo.adliya.uz
1.51K subscribers
17.5K photos
2.22K videos
11 files
11.5K links
Murojaat va takliflaringizni https://t.iss.one/Qashqadaryo_adliya_onlayn_bot ushbu botga yuboring.
Download Telegram
#Adliya_tayinlov

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Salohiddin Samadovich Nuriyev tayinlandi.

Salohiddin Nuriyev 1981-yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligining Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Salohiddin Samadovich Nuriyevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zoxidov Djaxongir Erkinovich tayinlandi.

Djaxongir Zoxidov 1987-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Djaxongir Erkinovich Zoxidovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#Adliya_tayinlov

Multimedia markaziga yangi rahbar tayinlandi

Sevara Urinbayeva joriy yilning 1-avgust kunidan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining multimedia boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Urinbayeva Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Multimedia boʻlimi faoliyati aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini va savodxonligini oshirishga qaratilgan boʻlib, aholini qiynab kelayotgan huquqiy masalalar boʻyicha ishonchli va obyektiv axborot manbasi, eng asosiysi fuqarolar bilan samarali har tomonlama aloqa oʻrnatish mexanizmidir.

Multimedia boʻlimi huquqiy mavzularda audio va videokontentlar tayyorlab kelmoqda. Xususan, boʻlim tomonidan yoʼlga qoʻyilgan “Mahalla huquqshunosi”, “Huquqshunos oshxonasi”, “Isteʼmolchi advokati”, “Suhbatdosh”, “Tergovchi kundaligi” va boshqa bir qator loyihalar oʻz muxlislariga ega. Shuningdek, ijtimoiy roliklar, hayotiy hikoyalarga asoslangan syujetlar ham tayyorlanadi. Video mahsulotlar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib oʻringa ega.

Adliya vazirligi jamoasi S. Urinbayevani yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i lavozimiga Shoxidaxon Yuldasheva tayinlandi.

Sh. Yuldasheva adliya organlari tizimida 18 yillik ish tajribasiga ega. Oliy ma'lumotli yurist, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega, 1-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Furqat Tojiyev tayinlandi.

F.Tojiyev Adliya vazirligi tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega, oliy ma'lumotli yurist, 1-darajali adliya maslahatchisi.

@adliyangiliklari