🇺🇳 Mahalla tizimi BMT minbarida e'tirof etildi🔍 11-noyabr kuni BMTning Jenevadagi shtab-kvartirasida “Suriyaning shimoli-sharqidan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish – O‘zbekiston tajribasi – globallikdan mahalliy darajagacha” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔍Mazkur xalqaro anjumanda qurolli mojaroli hududlardan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaqinda tashkil etilgan Mintaqaviy ekspertlar kengashi faoliyati haqida ma'lumot berildi.
🔍Uch ming yillik tarixga ega mahalladagi qadriyatlar, mehr-oqibat, g'amxo'rlik, ahillik kabi xususiyatlar bugun ham o'zbek mahallalarini bezamoqda. Ayniqsa, boshiga ish tushgan insonga yordam qo'lini cho'zishga o'zini burchli deb biladi o'zbek xalqi.
🔍O'zbekiston mahallalari uyushmasi xalqaro bo'limi mudiri
Ayubxon Fayzullayev O'zbekistondagi mahalla tizimi, Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan unikal tizim – "mahalla yettiligi" xususida ma'lumot berdi.
#Mahallalaruyushmasi #BMT✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube