Qashqadaryo mahallalari
638 subscribers
3.19K photos
871 videos
1.42K links
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun:
@qashqadaryo_mahalla
@uzmahallalaribot
Download Telegram
Qarshi shahrida yangi qozonxona ishga tushirildi

Shaharning "Buyuk Turon" mahallasida Prezidentning PQ-2010-sonli qarori asosida, joriy yilda mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan zamonaviy markaziy qozonxona foydalanishga topshirildi.

Loyihaga ko‘ra, 1-sonli qozonxonaga quvvati 1200 mVt bo‘lgan ikkita yuqori texnologiyali isitish qozonlari o‘rnatilib, 3,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i tortildi.

Ushbu markaziy tizim mahalladagi 10 ta ko‘p qavatli uylarni qamrab olish uchun mo‘ljallangan va ayni payt qozonxona orqali 8 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 320 ta xonadon issiqlik bilan ta’minlanmoqda.

Qolgan 2 ta ko‘p qavatli uyga ichki tarmoqlarni ulash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov "Buyuk Turon" mahallasida bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi. Issiqlik tizimi, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

🔸Qarshi shahri

🔹Rasmiy telegram kanal
https://t.iss.one/qashqadaryo_mahallalari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Haftada biz

🔍Abdulla Qodiriy mahallasi "yettiligi" yangi binoda ish boshladi

🔍Toshkent metropoliteni kuniga 1mln yo'lovchiga xizmat ko'rsatmoqda

🔍AQShda robotaksi odam hayotini saqlab qoldi

🔍O'zbekiston 2024-yilda 22 223 ta elektromobil import qildi

🔍Toshkent sitiga avtomobilda kira olmaysiz

🔍Aktauda samolyot qulashi oqibatida 38 kishi halok bo'ldi

🔍Samarqand mahallalarining yil sarhisobi

🔍Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh nimasi bilan xavfli?

#Mahallalaruyushmasi #haftada_biz

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 2024-yil sarhisobi!

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎄Aziz yurtdoshlar!

👍 O'zbekiston mahallalari uyushmasining ahil jamoasi barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin yurakdan tabriklaydi!

🔍Yangi yil har bir oilaga baxt, farovonlik va quvonch olib kelsin. Do'stlik va mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkam bo'lsin. Mahallalarimiz ravnaqi, tinchlik va osoyishtalik bardavom bo'lishini tilaymiz.

💫 Kelgusi yil sizning ezgu maqsadlaringiz ro'yobga chiqadigan, yangi yutuqlar va imkoniyatlarga boy yil bo'lsin!

Kirib kelayotgan yangi 2025-yil muborak bo'lsin!

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil arafasida ehtiyojmand oilaga yangi uy tuhfa qilindi

Yangi yil arafasida Qarshi shahar "Gungon" mahallasi hududida o‘zgacha xursandchilik kuzatildi. "Qilichchek qo‘rg‘oncha" MFYda yashovchi tadbirkorlar tashabbusi va ko‘magi bilan boquvchisini yo‘qotgan, voyaga yetmagan uch nafar farzandning onasi Sitora Qarshiyevaga zamonaviy qulayliklarga ega uy-joy qurib berilib, foydalanishga topshirildi.

Yangi uyni topshirish marosimida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, nuroniylar, diniy idora xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etdi. Qur’on tilovat qilinib, yangi xonadonga tinchlik-xotirjamlik, fayz va baraka tiladi.

Yangi uy 7 sotix yer maydonida barpo etilib, oilaning barcha ehtiyojlariga mos ravishda jihozlangan.

Mahalla faollari ushbu xayrli ishni amalga oshirgan tadbirkorlarga minnatdorlik izhor etib, bunday tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

🔸Qarshi shahri

🔹Rasmiy telegram kanal
https://t.iss.one/qashqadaryo_mahallalari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qorbobolar karvoni»

🔹Rasmiy telegram kanal
https://t.iss.one/qashqadaryo_mahallalari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda bayram arafasida 10 ta yangi korxona ishga tushirildi

🔹Rasmiy telegram kanal
https://t.iss.one/qashqadaryo_mahallalari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil bayrami munosabati bilan Qarshi shahrida bezatilgan archa atrofida konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

🔸Qarshi shahri

🔹Rasmiy telegram kanal
https://t.iss.one/qashqadaryo_mahallalari