Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#talabalar_ligasi #xushxabar

⚡️“Lochin” voleybol jamoasi viloyat musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 27-fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Talabalar ligasi” bellashuvlarining talaba-qizlar o’rtasida voleybol sport turi boʻyicha viloyat bosqichi musobaqasi oʻtkazildi.

Quvonarlisi, qizg‘in kechgan bahslarda Qarshi davlat universitetining “Lochin” jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi qizlarimizni tabriklaymiz! Bugun o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Talaba yigitlarga ham omad yor bo‘lsin!

👉@qarduuz 👈
👍6👏4
#xushxabar

⚡️QarDU jamoasi xalqaro matematika olimpiadasida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

➡️Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida matematika bo'yicha IV Xalqaro ochiq fan olimpiadasi (OMOUS-2024) bo‘lib o‘tdi. Xalqaro olimpiadada Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, O‘zbekiston, Bolgariya va mezbon Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari talabalari bellashdi.

➡️Ushbu olimpiadada Qarshi davlat universiteti talabalari ham faxrli ishtirok etib, individual tarzda 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo′lga kiritishdi. Shuningdek, jamoaviy hisobda ham bronza medalga sazovor bo‘ldilar.

Individual
🥈Jahongir Musurmonov,
🥈Alisher Nuraliyev,
🥉Shahboz Halimov,
🥉Shahzod Jo'rayev.

Jamoaviy 🥉
Jahongir Musurmonov, Alisher Nuraliyev, Shahboz Halimov, Sardor Shodiyev.

➡️Talabalarimiz hamda ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz! Muvaffaqiyatlar bardavom bo′lsin!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🎉7🤩2
#xushxabar
#talaba_loyihasiga_mablag‘_ajratiladi


⚡️“Yashil” startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida eng yaxshi startaplarni saralab olish maqsadida "Pitch Day" o‘tkazildi

Kuni kecha Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan hamkorlikda “Yashil startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida eng yaxshi loyihalarini saralab olish tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirishni rivojlantirish” loyihasi doirasida U-Enter Innovatsion tadbirkorlik markazi bilan birgalikda Yashil startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida talabgorlardan 258 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 20 tasi final bosqichiga yo‘l oldi.

Startaperlar tomonidan chiqindilarni boshqarishning barqaror tizimi, quyosh panellari samaradorligini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining yangi turlari, sanoatdagi chiqindi suvlarni tozalash va qayta foydalanish kabi loyihalar taklif etildi. Tanlovning yakuniy bosqichi natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan loyihalarga “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ) tomonidan loyihaning rivojlanish bosqichini hisobga olgan holda 20 million so‘mdan 400 million so‘mgacha grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Quvonarlisi, natijalarga ko‘ra Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Shahrizoda Shamsiddinovaning “Clean Water” loyihasining rivoji uchun 60 million so'm miqdorida grant mablag‘i ajratiladigan bo‘ldi. Talabamizning ilm yo‘lidagi muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lsin!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥4
#xushxabar

⚡️QarDU dotsenti Turon fanlar akademiyasi akademigi unvoniga sazovor bo‘ldi

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Orifjon Bozorovga, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gʻulom Uzoqovga hamda Qarshi davlat universiteti Sanoat muhandisligi kafedrasi dotsenti Aftandil Vardiyashviliga Turon fanlar akademiyasi akademigi unvonlari hamda “Turon fanlar akademiyasi 10 yilligi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Taqdirlash marosimida Turon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Zafar Iskandarov, QarMII professor-oʻqituvchilari va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining mamlakatimizda ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirishdagi oʻrni, yutuqlari alohida eʼtirof etildi.

🔎Xabar manbasi: QarMII axborot xizmati

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏3🎉2
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

AOKA reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-o‘rinda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi e’lon qilindi.

2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.

Baholash natijasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar orasida 1-o‘rinni egalladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍2
Qarshi davlat universiteti
“Amir Temur tarixi bilimdoni” tanlovi g‘oliblari: 1-o‘rin — Ulug‘bek Hasanov, Qarshi davlat universiteti talabasi (Ko‘kdala tumani) 2-o‘rin — Shodiya Pirnazarova, Gʻuzor tumanidagi 42-maktab o‘quvchisi 3-o‘rin — Abdulloh Bo‘riqulov, Kitob tumanidagi 3…
#xushxabar_ketidan_xushxabar

⚡️Ulug‘bekdan navbatdagi yutuq

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bo‘limlari Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan o‘tkazgan onlayn viktorina g‘oliblari aniqlandi.

“Sohibqiron Amir Temur” viktorinasining yakuniy bosqichida 50 ta test savoliga eng ko‘p va tez to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar g‘olib deb topildi.

E'tiborlisi, ushbu tanlovda viloyatimiz sharafini himoya qilgan Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Ulug‘bek Hasanov 2-o‘rinni egallab, Samsung planshetini qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/22294

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏4🤩4🎉3
#xushxabar

⚡️Universitetning 7 nafar talabasi “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-sonli qaroriga asosan, joriy yilning 23-aprel kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘z innovatsion loyihalarini taqdimot qilgan 80 nafar ishtirokchilardan 20 nafari “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi deb topildi va respublika tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, 20 nafar ishtirokchilar orasidan 7 nafari Qarshi davlat universiteti talabalari hisoblanadi.

Talabalarimizga tanlovning respublika bosqichida ham omad tilaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#Qaqnus_finalda

⚡️“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi 3-mintaqaviy yarim final bosqichi bo‘lib oʻtdi

Joriy yilning 4-may kuni Buxoro viloyati musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan navbatdagi bosqichda Qarshi davlat universitetining "Qaqnus" talabalar teatr-studiyasi Nikolay Gogolning "Tentakning yozmalari" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl bilan ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egallab final bosqichiga yoʻl oldi.

👏 Jamoa aʼzolarini gʻalaba bilan tabriklaymiz va finalda ham omad tilaymiz. Olgʻa Qaqnus!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏20👍5🔥3🎉3🤩3
#xushxabar

⚡️Universitet talabasi "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi.

Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - 1994-yilda Muborak tumanida tug‘ilgan. Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti 3-bosqichda tahsil oladi.

Hozirgi vaqtda u Muborak tumanidagi "Boʻston" mahallasida yoshlar yetakchisi lavozimida mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Talabamizni ushbu yutug‘i bilan samimiy qutlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🎉10🔥2
#Xushxabar

📌 Ta'lim krediti foizi pasaytirildi


Markaziy bank 25-iyul kuni asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qoida tariqasida: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

❗️Ma'lumot o'rnida: Ta'lim krediti yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (13,5%) qizlar uchun - foizsiz (0%) ajratiladi;

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.iss.one/OTM_Minbari
👍12👏2
#xushxabar

⚡️Mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti professori Shodmonov Nafas Namozovich "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Nufuzli mukofot muborak bo‘lsin ustoz!


👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🎉26🔥8👏8🤩5
#xushxabar

⚡️Universitet talabasi Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 12-16-sentyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti dzyudo ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi O‘g‘iloy Jumanova mamlakatimiz qo‘l jangi federatsiyasi terma jamoasi tarkibida ushbu musobaqada ishtirok etib, barcha raqibalarini mag‘lub qildi va Osiyo chempioniga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, turnirda 12 davlatdan 300 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun kurashdi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolari 9 ta oltin 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arib umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉3👏1
#xushxabar

⚡️Universitetning 3 nafar talabasi tanlovning respublikasi bosqichida qatnashadi

Kecha Qarshi davlat universitetida “Til bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlabki saralash bosqichidan yuqori ball bilan o‘tgan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan 18 nafar talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Quvonarlisi, natijalarga ko‘ra Qarshi davlat universiteti talabalari Dinara Ulashova, Dilafro‘z Yangiboyeva, Shosura Husenova tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Talabalarimizga tanlovning respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4🎉4🤩1
#xalqaro_reyting #xushxabar

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi.

Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti ushbu xalqaro reytingda yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, natijalarga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti QS Osiyo reytingida 825-o‘rinni, Markaziy Osiyo universitetlari orasida esa 55-o‘rinni egalladi.

Ushbu yuksak natija bilan universitet jamoasini chin dildan qutlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏45👍25🎉18
#xushxabar

⚡️Sifatli ta'lim: Endi universitet diplomi xalqaro darajada tan olinadi

Xabaringiz bor, 2024-yil sentyabr oyida ENQA – Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi a’zoligiga ega “IAAR” mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi Qarshi davlat universitetining ta’lim faoliyati sifati va samaradorligini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligini baholadi.

Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning “60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” bakalavr ta’lim dasturi 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dastur bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi. Ma'lumot o‘rnida, kelgusida Qarshi davlat universitetining boshqa ta'lim yo‘nalishlarini ham xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasini tabriklaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🎉19🤩8🔥4👏3
#xushxabar

14-noyabr kuni QarMII sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Keskin va shiddatli kurashlar ostida bellashuvlarda Qarshi davlat universiteti jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏2🔥1
#xushxabar

⚡️QarDU talabasi xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, 25-30-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida joylashgan Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida talabalar o‘rtasida kimyo fani bo’yicha III xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Turkmaniston, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Eron, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod talabalar qatnashdi.

Olimpiada yakkalik va jamoaviy musobaqalarni o'z ichiga oldi. Ishtirokchilar noorganik va fizik kimyo, organik va analitik kimyo bo‘yicha murakkab nazariy va amaliy masalalarni yechish bo‘yicha bellashdilar. Yakkalik bahslari “A” va “B” toifalarida o‘tkazildi.

Quvonarlisi, xalqaro olimpiadaning “B” toifadagi yakkalik bellashuvlarida Qarshi davlat universiteti kimyo ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Boboqulov Baxtishod Norpo‘latovich kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, olimpiada bilan bir vaqtda Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida o‘tkazilgan “Kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish va zamonaviy kimyoviy texnologiyalarni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgani uchun Noorganik kimyo kafedrasi dotsenti Nigora Jo‘raqulova sertifikat bilan taqdilandi.

Talabamizni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏12🔥3
#xushxabar #e'tirof

⚡️QarDU professori yurtimizning taniqli olimlari safida

Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fanlari doktori, professor Tashatov Allanazar Qarshiyevichning hayot va ilmiy faoliyat yo‘li yoritilgan biografiyasi "O‘zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasining 2024-yilgi to‘plamidan joy oldi.

O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi bir yilda bir marotaba nashr etiladi. Ensiklopediya har bir to‘plamidan 110 nafar yurtimizning eng taniqli olimlari o‘rin oladi. Ularning barchasi Uchinchi Renessans ostonasida turgan Yangi O‘zbekiston ilm-fanining asosiy ustunlaridir.

Ustoz Allanazar Qarshiyevichni ushbu yuksak e'tirof bilan chin dildan qutlaymiz!

Ma'lumot o‘rnida, ensiklopediyadan joy olgan olimlarning ma'lumotlari taniqliolimlar.uz platformasiga va wikipedia.org onlayn ensiklopediyasiga ham joylangan.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏5🎉2
#xushxabar #e'tirof

⚡️QarDU professori yurtimizning taniqli olimlari safida

Qarshi davlat universiteti qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Ostonaqulov Toshtemir Eshimovichning hayot va ilmiy faoliyat yo‘li yoritilgan biografiyasi "O‘zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasining 2024-yilgi to‘plamidan joy oldi.

O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi bir yilda bir marotaba nashr etiladi. Ensiklopediya har bir to‘plamidan 110 nafar yurtimizning eng taniqli olimlari o‘rin oladi. Ularning barchasi Uchinchi Renessans ostonasida turgan Yangi O‘zbekiston ilm-fanining asosiy ustunlaridir.

Ustoz Toshtemir Eshimovichni ushbu yuksak e'tirof bilan chin dildan qutlaymiz!

Ma'lumot o‘rnida, ensiklopediyadan joy olgan olimlarning ma'lumotlari taniqliolimlar.uz platformasiga va wikipedia.org onlayn ensiklopediyasiga ham joylangan.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10👍4🔥1
#xushxabar

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

24-may kuni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi. To‘rt kunlik bellashuvlarda respublikaning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon qildilar.

Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari, diplomlar hamda BHMning 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, tanlovning texnika yo‘nalishida Qarshi davlat universiteti talabasi Abdug‘aniyev Boburjon Akramjon o‘g‘li o‘z innovatsion loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Universitet jamoasi talabamizni samimiy muborakbod etadi va ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaydi!

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥6👏3🎉3🤩2