Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#xizmat_safari

Qashqadaryoda mobil metodik guruhlar tashkil qilindi

🔰 Ushbu guruhlar taʼlim sifati past boʻlgan maktablarda asosiy muammolarni batafsil oʻrganadi.

✔️Oʻrganish va soʻrovnoma natijalari, tahlillar asosida “Yoʻl xaritasi” tuzilib, shu asosda oliy taʼlim muassasalari kafedralari tomonidan mazkur maktablarga oʻquv-metodik yordam koʻrsatiladi.

🔘 Shuningdek, vazir oʻrinbosari viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari ilmiy tadqiqotchilari bilan ham uchrashdi.

➡️ Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3509

📌 Кирилл

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xizmat_safari

Qashqadaryodagi oliy ta’lim muassasalari o‘rganilmoqda

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqotda bo‘lmoqda.

Ilk manzil Qarshi davlat universiteti bo‘lib, yangi ta’mirdan chiqqan Tibbiyot fakulteti o‘quv binosi, o‘quv laboratoriya xonalari, kutubxona va inkubatsiya markazi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil➡️https://edu.uz/uz/news/view/5164

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
#xizmat_safari

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi Kredit mobilligi (Credit Mobility) xalqaro loyihasi doirasida Janubiy Chexiya universitetiga jo‘nab ketdi.

Universitet rahbarining 10-20-iyul kunlariga mo‘ljallangan xizmat safari davomida Janubiy Chexiya universiteti rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, universitetning Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan fikr va tajriba almashish hamda ta'lim dasturlarini tayyorlashda yangi g‘oyalarni o‘rganish, tatbiq qilish masalalari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va rahbarlar uchun mo'ljallangan seminar-treningda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

👉@qarduuz 👈
👍16🔥3👏2🎉2
#xizmat_safari

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi Kredit mobilligi (Credit Mobility) xalqaro loyihasi doirasida Janubiy Chexiya universitetiga safari davom etmoqda. Xususan, QarDU rektori xizmat safari davomida Janubiy Chexiya universiteti Pedagogika fakulteti dekani, tabiiy fanlar doktori, dotsent Yelena Koldova bilan uchrashdi. Muloqotning bosh mavzusi pedagogik ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Janubiy Chexiya universiteti Pedagogika fakultetida asosan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim bakalavrlari qatorida, 30 dan ortiq mutaxassisliklar, ya’ni aniq, tabiiy va ijtimoiy – gumanitar fanlari bo‘yicha maktablarning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Uchrashuvda ushbu tajribalarni Qarshi davlat universitetida tatbiq etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Janubiy Chexiya universitetida maktab o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasi, xususan, pedagogika-psixologiya yo'nalishlarida, umumta’lim maktablarida matematika va fizika fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash, amaldagi o‘quv reja va dasturlarni qo‘llash, o‘zaro tajriba almashish, Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilarini Qarshi davlat universiteti o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Tashrif davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏1
#xizmat_safari

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda. Bugun, QarDU rektori Karlovo universiteti rektori, professor Milena Kralichkova bilan uchrashdi. Muloqotda arxeologiya sohasida hamkorlik xususida so‘z bordi. Karlovo universiteti dunyoning eng qadimiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi XIV asr o‘rtalarida Chexiya qiroli Karl IV tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda 53 ming nafardan (shundan 7 ming nafari xorijlik talabalar) ortiq talabalar 17 fakultetda tahsil olmoqda. Karlovo universiteti The Times Higher Education World University Rankings xalqaro reytinggida dunyoning 500 ta eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, universitet Oksford, Sorbonna, Boloniya va Jeneva universitetlari bilan birga Yevropa universitetlari assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.

Qarshi davlat universiteti, Termiz davlat universiteti va Karlovo universiteti rektorlari o‘rtasida samimiy ruhda kechgan muloqot davomida Yerqo‘rg‘on tarixiy arxeologik majmuasi, Nasaf (Naxshab) qadimiy manzilgohi, Surxon-Sherobod vohasi arxeologik yodgorliklarini hamkorlikda o‘rganish va ularning pasportini yaratish orqali yodgorliklarni saqlash va kelajak avlodga yetkazish, o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratish masalasi muhokama qilindi. O‘zbekistonning janubiy vohalarida joylashgan ushbu tarixiy, arxeologiya yodgorliklarini o‘rganish maqsadida qo‘shma arxeologik ekspeditsiya tuzish va uning tarkibiga arxeolog olimlar, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Arxeologik ekspeditsiyani moliyalashtirish Yevropa Ittifoqining Erasmus dasturi doirasida amalga oshirish rejalashtirildi. Muloqot yakunida yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥5
#xizmat_safari

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda. Xususan, bugun Qarshi davlat universiteti va Termiz davlat universiteti rektorlari Karlovo universiteti kutubxonasi bilan batafsil tanishib chiqishdi.
So‘ngra Karlova universiteti Arxeologiya ilmiy tekshirish markazi direktori bilan uchrashib, markazda amalga oshirilgan ishlar, ilmiy natijalar bilan o‘rtoqlashildi.

Qarshi davlat universiteti, Termiz davlat universiteti va Karlovo universiteti mutaxassis olimlari va tadqiqotchilari hamkorligida Yerqo‘rg‘on tarixiy arxeologik majmuasi, Nasaf (Naxshab) qadimiy manzilgohi, Surxon-Sherobod vohasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish, tadqiqotlar olib borish, o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🎉3🔥2
Forwarded from Edu.uz
#xizmat_safari #Qashqadaryo

Qarshi shahrida oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalari final bosqichida kuchlilar saralanmoqda.

11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qarshi davlat universitetida boʻlib, musobaqaning mini futbol, stol tennisi va stritbol bellashuvlarini bevosita kuzatdi.

Musobaqa ishtirokchilari va ularning murabbiylari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, sportchi talabalarga qulayliklarni ko‘paytirish, havo sovushi munosabati bilan ularning salomatliklariga yanada jiddiy e’tibor qaratish lozimligi alohida takidlandi.

Shu bilan bir qatorda talabalar turar joylarida issiqlik va elektr energiyasini uzliksizligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🎉3🔥1